Kontent qismiga oʻtish

Vigilan kodeksi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻarbdagi birinchi arab raqamlari.

Vigilan (Albelden) kodeksi, toʻliq nomi (lotincha:Codex Conciliorum Albeldensis seu Vigilanus) — turli hujjatlarning Ispaniyadagi Vestgotlar davriga oid suratli toʻplami. Tuzuvchilar toʻplagan matnlar orasida Toledo Kengashlarining qonunlari, Vestgotlar haqiqati, ayrim ilk davrdagi papalar farmonlari va Muqaddas Otalarning yozuvlari, tarixiy yozuvlar (masalan, Albelda yilnomasi[1] va Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayoti), jamoat va cherkov qonunlaridan parchalar hamda taqvim bor.

Yozuvchilar: Serracino, Vigila va Garsiya Vigila tomonidan tasvirlangan.

Qoʻlyozmani tuzuvchilar Riojadagi avliyo Martin cherkovidagi uch nafar rohib boʻlgan: rassom toʻplam nomi berilgan Vigila, uning doʻsti Serracino va shogirdi Garsiya. Toʻplamni tuzish 976-yilda yakunlangan, uning asl nusxasi Escorialda saqlanadi (Escorialensis d I 2 kabi). U davrda Albelda Pamplon qirolligining madaniy-maʼrifiy markazi boʻlgan. Toʻplamning qoʻlyozmalarida nafaqat qadimgi vestgotlarning qonun chiqaruvchi qirollari — Hindasvint, Rekkesvint va Egikilarni shuhratini taratgan, balki Navarraning zamonaviy hukmdorlari: Sancho II va uning rafiqasi Urraca, uning ukasi Vigera qiroli Ramiro Garces ham ulugʻlangan.

Kodeks boshqa foydali maʼlumotlardan tashqari Gʻarbiy Evropada arab raqamlarining birinchi eslatmasi va tasvirini (noldan tashqari) oʻz ichiga oladi[2]. Ular 900-yillar atrofida Ispaniyadagi mavrlar orqali paydo boʻlgan.

Gʻarbdagi birinchi arab raqamlari.
Oʻrtada Sancho, chapda Urraca, oʻngda Ramiro

Suratlar uslubi noyob boʻlib, vestgotlar, Mosarab va Carolingian sanʼatini umumlashtirgan. Oʻzaro birikkan naqshlarda Karoling va Italiya-Vizantiya taʼsiri koʻrinadi[3]. Vigila kodeksining bir nusxasi hisoblanuvchi va 992-yilda turli rassomlar tomonidan San-Millan de la Cogogliada yasalgan Codex Aemilian kodeksida esa Vizantiya taʼsiri oʻrniga koʻproq Carolingian taʼsirini koʻrish mumkin[4].

  1. Also Epitome Ovetense.
  2. Florian Cajori. A history of mathematical notations, 1993 — 50-bet. ISBN 0-486-6766-4. 
  3. Guilmain, "Interlace, " 215.
  4. Guilmain, "Forgotten, " 36-37.