XIV Toshkent xalqaro kinofestivali
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali (2022) | |
---|---|
Mezbon davlat | Oʻzbekiston |
Sana | 14-18-sentabr 2022-yil |
Shior | „Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun“ |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod saroyi |
Shaharlar | Toshkent |
Ishtirokchilar |
Oʻzbekiston |
Avvalgi | XIII Toshkent xalqaro kinofestivali |
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali – „Ipak yoʻli durdonasi“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali 14-18-sentyabr kunlari boʻlib oʻtdi. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali „Tinchlik, maʼrifat va taraqqiyot uchun“ shiori ostida boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq kinematograflari ishtirok etdi. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etildi.
Ochilish marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 14-sentabr kuni Toshkentda „Ipak yoʻli durdonasi“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[1]. Marosim avvalida kinofestival mehmonlari Takeshi Kitano, Armand Assante, Burak Oʻzchivit, Sergey Bezrukov, Nurgul Yashilchay, Timur Bekmambetov, Tavakkel Musilim, Umesh Mexra kabi koʻplab taniqli kino yulduzlar maxsus „qizil yoʻlak“dan oʻtishdi. Shuningdek, oʻzbek yulduzlari Yoqub Ahmedov, Shohida Ismoilova, Naimaxon Poʻlatova, Mehri Bekjonova, Ulugʻbek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Rasulxon Qodirxonov, Umid Iskandarov va boshqalar ham qizil yoʻlakdan oʻtishdi.
Bu yilgi „Ipak yoʻli durdonasi“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning taniqli kinoijodkorlari qatorida afsonaviy amerikalik aktyor Armand Assante ham boʻlib, u nafaqat boʻlajak kinofestivalning faxriy mehmoni, balki ochilish marosimining boshlovchisi ham boʻladi[2].
Tadbirda 500 ga yaqin kinoijodkorlar, aktyor va aktrisalar, rejissyor va kinooperatorlar, prodyuser va kinotanqidchilar, kinoshunos olimlar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida taniqli estrada yulduzlari ishtirokida shou-konsert va teatrlashtirilgan chiqishlar taqdim etildi. Tadbirni yoritish uchun dunyoning 40 davlatidan ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdi.
Atoqli hind kinorejissyori Umesh Mehraga Toshkent xalqaro kinofestivali statuetkasi tantanali ravishda topshirildi.
Xalqaro tadbir doirasida jahonga mashhur kino ishlab chiqaruvchilarning 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi. Bundan tashqari, kinofestival kunlarida kino ishlab chiqarish, taʼlim, filmlar namoyishi, film yaratish jarayoni bilan bogʻliq 20 dan ortiq keng koʻlamli tadbirlar oʻtkaziladi.
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida BDKI Sanʼat fakulteti dekani, professor Valeriy Arxipov tomonidan mahorat darsi oʻtkaziladi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro kinofestivali – ishtirokchilar soni jihatidan eng yirik kinofestivallardan. Filmlar rasmiy va informatsion dastur asosida namoyish etiladi. 1968-yildan „Tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun“ shiori ostida oʻtkazilgan.
Festival doirasi kino sanoati rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir qatorda milliy kino sanoati endi shakillanayotgan davlatlar ham qatnashadi. Festival davomida matbuot konferensiyalari, ijodiy bahslar oʻtkaziladi. Kinofestival 1988-yil (10-festivaldan boshlab)dan konkursli tarzda oʻtqazib kelinmoqda va 5 xil mukofot taʼsis etilgan: eng yaxshi film uchun bosh sovrin „Oltin semurgʻ“, eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun „Kumush semurgʻ“, eng yaxshi ayol roli uchun „Oltin lola“, eng yaxshi erkak roli uchun „Oltin archa“, milliy anʼanalar saqlangan filmlar uchun „Xoʻja Nasriddin“ sovrinlari. Birinchi bosh sovringa „Hech qayerga sayohat“ nomli hind filmi sazovor boʻlgan. Toshkent xalqaro kinofestivali „xalqaro“ maqomiga ega boʻlib, barcha xohlovchi davlatlar qatnashishi mumkin. 1992-yil XI Toshkent xalqaro kinofestivali „Assalomu alaykum“ shiori ostida oʻtkazildi. Bosh sovrin Avstraliya rejissyori Mark Noferinga („Spotvud“) filmi uchun berildi. XII Toshkent xalqaro kinofestivali 1997-yil Chingiz Aytmatov raisligida oʻtkazilib, bosh sovrin „Alvido, azizim“ (Janubiy Koreya) filmiga nasib etgan. „Ipak yoʻli durdonasi“ XIII Toshkent xalqaro kinofestivali 2021-yilning 28-sentyabr – 3 oktyabr kunlari „Tinchlik, taraqqiyot va maʼrifat“ shiori ostida oʻtkazilgan.
Mojaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent „Ipak yoʻli durdonasi“ kinofestivalida Nurgül Yeşilçay va Burak Özçivit sabab boʻldi. Oʻsha paytda sahnaga 9 ta aktyor sahnaga chiqqan edi. Nurgül Yeşilçay va Burak Özçivit muhlislari bilan uchrashuvning yarmini koʻchada nishonlashdi. Qayta-qayta chaqirgandan keyin bir burchagidan Nurgül Yeşilçay chiqdi va boshlovchi mikrofonini olib „Salom, yaxshimisizlar“ dedi. Va sahna ortiga chiqib ketdi. Sahnadagilarni sovgʻa-salomlar bilan oʻrniga kuztib qoʻyishdi. Nurgul sahnaga chiqdi va boshlovchining tojini kiydirdi. Shou endi boshlandi keyin sahnaga toʻstdan Serdar Gökhan chiqdi, mikrofonni olib
„Tomoshabinlar mendan havfa bo'lmanglar, ikkalasi oyog'i yerdan uzilganlar biz bilan o'tirishdan or qiladi, aslida ular bizning safimizda bo‘lishga noloyiq. Siz odamning qiyofasiga qarab baho bermang, uning kimligini xatti-harakatlari bildirib turadi. Biz ortiq bu ikkisining ahmoqona tomoshasini ko‘rib, haqoratni jimgina yutib keta olmaymiz. Biz bu yerni hoziroq tark etamiz“
-dedi. Qolgan 9 turk artisti va Turkiya elchixonasi xodimlari sahnani tark etdi. Nurgül Yeşilçay ham sahnada ortiq qolmadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi“. 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
- ↑ „XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga amerikalik aktyor Armand Assante ishtirok etdi“.
- ↑ „Valeriy Arxipov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi“.
- ↑ „Toshkent kinofestivalida mojaro: Nurgul Yashilchoy va Burak O‘zchivit sabab turk aktyorlari va elchixonasi vakillari tadbirni tark etdi“ (O'zbekcha) (2022-yil 16-sentyabr).