Xoja Ahmad maqbarasi
Xoja Ahmad maqbarasi | |
---|---|
Xoja Ahmad maqbarasi. 2015-yilgi rasm | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti № 603 |
Turi | Maqbara |
Meʼmoriy uslubi | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Joylashuvi | Samarqand, Oʻzbekiston |
Manzili | Shohi Zinda koʻchasi 1-uy |
Texnik holati | |
Material | Pishiq gʻisht |
Xoja Ahmad maqbarasi |
Xoja ahmad maqbarasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr 60-yillari); Shohizinda xazirasining yuqori hovlisi (toʻri)da joylashgan. Maqbara peshtoqgumbazli, toʻrtburchak tarhli (7,6x3 m) xonadan iborat boʻlib, xona oʻrtasida 4 ta nomsiz sagʻana boʻlgan. Bino ichi, gumbaz osti tuzilishi 12-asr meʼmorligi uslubini eslatadi. Old tomondagi peshtogʻi rangli sirkori koshinlar bilan bezatilgan, suls va kufiy xatidagi kitobalar va bezaklar mahorat bilan uygʻunlashtirilgan. Oʻymakori bezaklar orasida „… amali usta Faxr Ali…“ yozuvi saqlangan. Xoja Ahmad nomi bitilgan yozuv qismi saqlanmagan. Tamgʻoch Bugʻroxon vaqfnomasi shu manzidda Ahmad muqassis – qissagoʻy maqbarasi borligini qayd qilgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqbara XIV asrda qurilgan binolar ichida eng qadimgisi sanaladi. Maqbara yoʻlakning oxirida joylashgan. Binodagi bagʻishlov yozuvida maʼlum bir Xoja Ahmad nomi tilga olingani bu shaxs maqbarada dafn etilgan, degan taxminga sabab boʻlgan. Biroq, bu shaxs marhum(lar)ning otasi yoki bobosi boʻlishi mumkin, chunki yozuvning oʻrta qismi yoʻqolgan. Maqbaraga dafn etilgan shaxsning vafot etgan sanasi yoki qurilgan sanasi saqlanib qolmagan. Katta ehtimol bilan maqbara yirik dindor shaxsga tegishli.
Maqbaraning fasadi janubga qaragan. Bino islom ma’naviyati va uning tarixida ulkan xizmatlari singan shayx Xoʻja Ahmad nomi bilan bogʻliqdir. Maqbaraning ravoqli peshtoqi tarixiy va badiiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Oʻymakor koshin qoplamining foni asosan feruza rangli boʻlib, ustiga oq boʻyoq bilan husnixat qilib muqaddas Qur’on oyatlari bitilgan. Xuddi shu yerda gul nusxa bezak ichida me’mor Faxri Alining nomi mayda harflar bilan jimjimador qilib yozilgan. Oyatlarning ikki yoniga koshin bilan hoshiya qilingan. XX asr boshida Xoʻja Ahmad maqbarasini qiyshayib qolgan peshtoqigina saqlanib qolgan edi. XX asrda Sankt-Peterburgda maqbarani demontaj qilish va uni qayta tiklashga urinishlar boʻlgan, ammo mahalliy hokimiyat bunga qarshi chiqqan. 1922-yilda arxeolog Mixail Masson tashqi devorlarni qazib, qayta tikladi, oʻyilgan marmar qabr toshlarini tozaladi va xilxonani ochdi. Maqbarani tashqi devori 1922-yilda qayta tiklanib, tom qismi yopildi. 1962-yilda Xoʻja Ahmad maqbarasining peshtoq qismi toʻgʻrilanib, noyob qoplamasi tozalandi va mustahkamlandi. Uning peshtoq qismida bitilgan yozuvlarning birida shunday deyiladi: „Iroqning shohi-yu, Chinni malikasi boʻlsangda baribir bir kun kelib, qora tuproq boʻlmogʻing muqarrardir“. Buning zamirida katta maʼno borkim, insonlarni faqat hayotlik davlarida yaxshiliklar qilishga daʼvat qilinadi.
XX asrning 90-yillarida taʼmirlash va qazish ishlari davomida maqbaraning shimoliy devori tomoni 10 m gacha tozalangan. Qazish ishlari natijasida gumbazli tunnel (eni va balandligi 1,5 m) topilgan. Bu Ibn Batuta XIV asrning 30-yillarida yozib qoldirgan shimoldan janubga qarab yoʻl koʻchasi ostidan qazilgan shahar kanalining bir qismidir[1].
Bu kanal janubiy darvozadan bir xil chiziq boʻylab yotqizilgan zamonaviy suv oʻtkazgichi paydo boʻlgunga qadar butun majmuani suv bilan taʼminlagan.
Oʻlchamlari:
Tashqi tomoni 7,6×6,3 m
Ichki tomoni 4,88×4,83 m
Maqbaraning peshtoq qismi hamda ustki gumbazi qayta tiklangan, kirish eshigini samarqandlik mohir usta Nasrullo oʻrnatgan[2].
Ichki qismi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbaraning ichki qismi ganch gips bilan bezatilgan, bir vaqtlar gul naqshli rasmlar bilan bezalgan edi.
Xilxona
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maqbaraning poydevori boʻlmagan, yer usti qismi devorlari bilan konstruktiv bogʻlanmagan holda qurilgan. 1922-yilda ushbu maqbara poydevori oʻrganilganda, Oʻrta Osiyodagi birinchi haqiqiy maqbara ilgari topilgandek qabr toshlari bilan emas, balki yogʻoch tobutlarda ikki skelet bilan topilgan[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Maqbara lavhasi
-
Binoning devoriy bezaklari
-
Peshtoq qismi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 159-bet. ISBN 978-9943-357-47-1. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ Qulmatov Sh, Berdimurodov A. Samarqand yodgorliklari. Самарканд: Имом Бухорий халкаро маркази, 2017 — 49-bet. ISBN 978-9943-4783-8-1.
- ↑ „Ансамбль мавзолеев Шахи-Зинда в Самарканде“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi – SAMARQANDNING TARIXIY OBIDALARI VA MUZEYLARI BOʻYIChA EKSKURSIYA MATNLARI, 2010
- OʻzME
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |