Kontent qismiga oʻtish

Xolid ibn Valid masjidi (Asaka)

Koordinatalari: 40°N 72°E / 40°N 72°E / 40; 72
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xolid ibn Valid masjidi
Xolid ibn Valid
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Asaka shahri
Manzil Imom al-Buxoriy ko'chasi
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 1991-yil 23-aprel—2014-yil
Soʻngi imom Abdurazzoq Farmonov
Maqomi Ishlaydi
Umumiy maydoni 0,8 gektar
Oʻlchami 80x60
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 36 metr
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 2x45 metr,
Qurilish materiali Marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Sayt [www.tavhid.uz Rasmiy sayt]
Qoʻshimcha maʼlumotlar Masjid imomi — Shahobiddin Parpiev

40°N 72°E / 40°N 72°E / 40; 72

Xolid ibn Valid masjidi — Andijon viloyati Asaka shahrining eng gavjum va markaziy hududida joylashgan „Xolid ibn Valid“ jome masjidining poydevori birinchi bor 1991-yilning 23-aprel sanasida qoʻyilgan. Ushbu jome masjidining qurilish ishlari Asaka tumani aholisi tomonidan, hashar yo‘li bilan 13 yil davomida barpo etilgan.

Masjid 2004-yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Adliya vazirligi tomonidan rasmiy roʻyxatdan oʻtkazildi. Qurilish va taʼmirlash ishlari 2005-yildan boshlab 13 yil davom etgan[1].

Ushbu masjidning nomi ittifoqchi va taniqli sarkarda Xolid ibn Valid sharafiga nomlangan. Xolid ibn al-Validning asli kelib chiqishi Qurayshning Makka qabilasidan edi. Uning urug‘i dastlab Muhammad payg‘ambarga qarshi chiqqan. Ammo biroz vaqtdan keyin u islom dinini qabul qilgandan soʻng, Xolidning harbiy mahorati tufayli Islom dinidagi mavqeyi tezda oshib borgan va „Allohning qilichi“ laqabini olgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda esa „Xolid ibn Valid“ jome masjidi zamonaviy jihozlar bilan, zamon talabiga mos tarzda jihozlandi. Masjid binosi uch qavatli qilib, pishtgan gʻishtdan barpo etilgan. Uni bezatish vaqtida ularning bezagi sifatida har xil usulda yotqizilgan koʻp rangli gʻishtlardan foydalanganlar. Uch qavat binoning barcha derazalari uchli ravoq shaklida yasalgan. Namoz oʻquvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida uch tomonda kirish eshiklari joylashtirilgan. Foydalanishga topshirilgan barcha yordamchi xizmatlar zamonaviy komponentlar bilan jihozlangan. Masjid hovlisi yorqin marmar tosh bilan oʻralgan, uning burchaklarida zamonaviy mustahkamlovchi inshootlar qad rostlagan. Ushbu inshootlar minoralar shaklda boʻlib, uchta sathda qilingan. Ular masjid binosining 4 tomoniga joylashtirilgan. Shuningdek, binoning ustki qismi koʻk rangdagi naqshli gumbazlar bilan bezab chiqilgan. Masjid binosining asosiy zali baland shiftli boʻlib, u yerga katta havo oqimi kiradi. Xonani yanada yorugʻ va bu katta xonani yanada kengroq koʻrsatish maqsadida koʻp sonli derazalar ham oʻrnatib qoʻyilgan. Aholiga qulay boʻlishi uchun hojatxona va tahoratxonalar ham foydalanishga topshirilgan[2].

Xolid ibn Valid masjidining umumiy maydoni 2400 kvadrat metrni tashkil qiladi[2].