Xolid ibn Valid masjidi (Toshkent)
Masjid | |
Xolid ibn Valid masjidi
| |
Xolid ibn Valid masjidi, 2009-yil. | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Daha | Yangiobod |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy[2] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschilari | mahalliy aholi |
Homiylar | Qatar elchisi (2004-yilgi qurilish) |
Binokorlik | 1966-yil 1978-yil—1979-yil 2004-yil 2022-yil—2023-yil |
Soʻngi imom | Ismoiljonov Isroiljon Ismoiljon oʻgʻli[3][2] |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 4 |
Gumbazlar soni | 4 |
Qurilish materiali | Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
| |
Xolid ibn Valid masjidi (Toshkent) Vikiomborda |
41°26′9″N 69°35′53″E / 41.43583°N 69.59806°E
Xolid ibn Valid masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Yangiobod dahasida joylashgan jomeʼ masjidi. Masjid ushbu hududdagi yirik masjid hisoblanadi[3]. 1998-yil 14-avgust sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1966-yilda Toshkentda roʻy bergan zilzila oqibatida hozirgi Yashnobod tumanidagi 21-portsyezd sovxoz yeridan yer ajratilgan boʻlib, aholi koʻchib kelgandan keyin Chilonota qabristonida kichik mahalla masjidi qurilgan. Mazkur masjid 2004-yilga qadar „Yangiobod“ masjidi deb yuritilgan. 2004-yildan boshlab Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tavsiyayasiga binoan masjidga islom tarixidagi koʻzga koʻringan sahobiy va lashkarboshi „Sayfulloh“ („Allohning qilichi“) laqabli sahoba Xolid ibn Valid nomi berilgan[4].
1978-yilda Toshkentning Labzak, Minor va Qashqar mahallari hududiga davlat muassasalari va koʻp qavatli uylar qurilishi natijasida mahalliy aholi bilan birga hududdagi mavjud masjid hom-ashyolari ham koʻchirib keltirilib, „Yangiobod“ masjidini kengaytirib qayta qurish ishlari boshlangan. 1979-yilda mahalla ahlining saʼy-harakatlari bilan masjid qurib bitkaziladi[4].
Qayta qurish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2004-yilga kelib masjid taʼmirtalab boʻlib qolgan edi. Yangiobod maxalla fuqarolarinin5g iltimosiga binoan qaytadan taʼmirlandi. Masjid qurilishi asosan mahalliy aholi sarmoyasi va oʻsha vaqtdagi Quvayt davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Al Kandariyning shaxsiy mablagʻlari evaziga amalga oshirildi. Masjidda zamonaviy bezak ishlari amalga oshirilib koʻrkam holatga keltirildi[4].
2022-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yilda masjidni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari boshlandi. Masjidning asosiy binosining janubiy qismidagi boʻsh yer hamda janubiy qismidagi ayvon qayta qurilib, 3 qavatli bino barpo etildi va bu bino asosiy honaqoh binosi bilan tutashtirildi.
Ramazonda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 29-iyul hijriy sana boʻyicha 1434-yil Ramazon oyining 20-kuni ushbu masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, u kishi ishtirokida masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[5]. Shuningdek, 2014-yil 16-iyul hijriy sana boʻyicha 1435-yil Ramazon oyining 19-kuni yana bir bor Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashrif buyurib, masjid ahliga ramazon maʼruzasini tashkil qilingan[6].
Imomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidda 1994-yildan 1999-yilgacha Anvar qori Tursunov masjid bosh imom xatibi boʻlib ishlagan[7][8][9][10]. 2000-yildan 2012-yil 19-yanvarga qadar Rahimberdi Rahmonov masjidning bosh imomi boʻlib faoliyat yuritgan[11][12].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod dahasi Chilon ota koʻchasi[1] 17-uy manzilida joylashgan. Masjidning janubiy vs sharqiy qismida Chilon ota qabristoni joylashgan. Shimoliy qismida aholi uylari, gʻarbiy qismida esa hozirda buzib tashlangan hammom hududi va issiqlik qozonxonasi joylashgan.
Gallireya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Asosiy binoning shom paytidagi koʻrinishi. 2009-yil.
-
Honaqohning ichki qismi.
-
Masjid asosiy binosi kun botish mahalida, 2009-yil.
-
Honaqohga tutashgan ayvon. 2009-yil. Hozirda yopiq ayvon shaklida.
-
Masjid koʻrsatkichi
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 [https://geodzen.com/uz/tashkent/chilonota „улица Чилонота Ташкент“] (ru). geodzen.com. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Ҳолид ибн Валид жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „«Холид ибн Валид» жоме масжиди“ (oʻzbek). Vakillik.uz. 2023-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-noyabr.
- ↑ Islom uz YouTubeda
- ↑ Islom uz YouTubeda
- ↑ „Anvar qori Tursunov vafot etdi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Анвар қори Турсунов (1958-2018)“ (uz). ziyo.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Anvar qori Tursunov bugun, 13-iyun kuni tongda vafot etdi“ (uz). daryo.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Anvar qori Tursunov bugun tongda vafot etdi“ (uz). xs.uz. Xalq soʻzi. 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Тошкент шаҳрининг янги бош имом хатибининг таржимаи ҳоли“ (uz). azon.uz. 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Toshkent shahrining yangi bosh imom xatibining tarjimai holi“ (uz). zamin.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.