Kontent qismiga oʻtish

Novza masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Novza masjidi
Novza
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Chilonzor tumani
Manzil Bunyodkor shoh ko'chasi 31
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, zamonaviy-sharq va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 20112021
Soʻngi imom Jaloliddin Hamroqulov
Umumiy maydoni 0,2 gektar
Oʻlchami 30x45
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 25 metr
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 2x50 metr, 2x45 metr
Qurilish materiali Marmar, oq gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Novza masjidi — Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra masjid XIX asrning oxirlarida qurilgan[1].

Masjidning „Novza“ deb nomlanishligining sababi, o‘tmishda Bo‘zsuv soyining bir irmog‘iga to‘g‘on qo‘yilib, balandlikdagi ekinzor dalalarga nov orqali suv chiqarilgan ekan. Shu munosabat bilan ushbu novga yaqin-atrofdagi yerlarni, keyinchalik bu yerda qurilgan masjidni ham „Novza“ deb atay boshlagan[2].

Maʼlumki, mazkur masjid „haj“ va „umra“ safariga otlanayotgan ziyoratchilar uchun so‘nggi kuzatish maskani ham hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda ayollar uchun alohida tahoratxonalar ham bo‘lishi hisobga olingan[3].

Imom-xatib: Jaloliddin Hamroqulov [4]