Kontent qismiga oʻtish

Abu Saxiy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Abu Saxiy masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Chilonzor tumani
Manzil Bunyodkor prospekt, 156Б

Chilonzor,

Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Islom, sharqona ikki minorali va oʻzbek milliy meʼmorchiligi
Binokorlik 20202022
Soʻngi imom Abduqahhor Yunusov
Umumiy maydoni 0,3 gektar
Oʻlchami 65x40
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 45 metr
Gumbaz yoʻgʻonligi 8.5х8.5
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 2x63 metr,
Qurilish materiali Oq marmar, gʻisht
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Abu Saxiy masjidi — Toshkent viloyati Chilonzor tumanida joylashgan yirik masjidlardan biri. Masjid Oʻzbekistondagi yirik savdo majmuasi boʻlmish «Abu Saxiy» bozorining yonida qurilgan. 2022-yilning 8-aprel kuni masjidning ochilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu yirik jome masjidi 3 ming kishiga moʻljallangan. Masjid ichi juda keng bo‘lib, ikki qavat va yer ostki qismdan (yertoʻla) iborat hamda 35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar ushlab turadi[1][2].

Masjidni tashqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payg‘ambarimiz alayhissalomning yoshlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berishga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullar[3]. Masjid qurilishi ikki yil mobaynida davom etgan[4]. Shuningdek, masjidning pastki qismida ayollar uchun ham alohida namozxona va tahoratxona ishga tushirilgan.

Imom-xatib: Maqsudali Qosimov