Goʻzal masjidi
Masjid | |
Goʻzal masjidi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Mahalla | Goʻzal |
Tuman | Yashnobod |
Manzil | Sokin koʻchasi[1] 50-uy[2] |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschilari | mahalliy aholi |
Binokorlik | 1997-yil—1998-yil 2022-yil—2023-yil |
Maqomi | Ishlaydi |
Gumbazlar soni | 4 |
Gumbazlar soni | 4 |
Qurilish materiali | Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir |
Holati | Faoliyat yuritmoqda |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Goʻzal masjidi Vikiomborda |
Goʻzal masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Goʻzal mahallasi joylashgan jomeʼ masjidi. Masjidning yangi qurilayotgan binosi ushbu hududdagi yirik masjid bo'lishi kutilmoqda[3]. 2013-yil 27-may sanasida Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sobiq ittifoq davrida ushbu mahalla hududida masjid boʻlmagan. Yoshi ulugʻ keksalar mahalla choyxonasining bitta xonasida namoz oʻqib kelishgan. Hayit namozlarini ham boshqa uzoqroq mahallalardagi masjidlarga borib oʻqishgan. 1997-yili mahalla faollari Qulmuhammad Mirzajonov va mahalla oqsoqoli Qozoqboy ota tashabbusi bilan hashar uyushtirilib, mahallaning yangi masjidi qurilgan. 1998-yil 12-noyabrda esa Toshkent viloyati Adliya boshqarmasidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Mahalla hududi 2011-yilda Toshkent viloyati Zangiota tumanidan Toshkent shahar Hamza tumaniga (hozirgi Yashnobod tumani) oʻtganligi sababli 2013-yil 27-mayda № 07/13/152-son bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasidan qaytadan roʻyxatdan oʻtkaziladi. Masjid tahoratxonasining binosi taʼmirga muhtoj holga kelganligi bois 2007-yili yangi tahoratxona binosi qurilgan. 2008-yili masjid xonaqohining chap tomonidan yozgi ochiq ayvon qurildi[4].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Toshkent avtomobil halqa yoʻli „Iltifot“ bekatidan Sokin koʻchasiga 200 metr masofada mahallaning janubiy qismida joylashgan[4][1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 [https://geodzen.com/uz/tashkent/sokin „улица Сокин Ташкент“]. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 „Информация о компании“ (ru). Qaraldi: 24-dekabr.
- ↑ „Гўзал жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 „«Гўзал» жоме масжиди“ (uz). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.