Kontent qismiga oʻtish

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi (Toshkent)

Koordinatalari: 41°26′14″N 69°17′26″E / 41.43722°N 69.29056°E / 41.43722; 69.29056
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Chilonzor
Manzil Soʻgalli ota mahallasi[1]
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Oʻzbekiston hukumati[2]
Homiylar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Binokorlik 2018-yil 3-fevral2019-yil 10-may
Soʻngi imom Ismoilxon Muhammad Yusuf[3]
Maqomi Faoliyat yuritmoqda
Umumiy maydoni 2 gektar
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 20 metr
Qurilish materiali Gʻisht, beton, sement, yogʻoch, temir, alyumin
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona
Madrasa

41°26′14″N 69°17′26″E / 41.43722°N 69.29056°E / 41.43722; 69.29056

Toshkentdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — 2018—2019-yillarda qurib bitkazilgan masjid. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 1989—1993-yillardagi raisi, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sharafiga nomlangan.

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Soʻgalli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va koʻrkam qilib qurish boʻyicha topshiriqlar bergan. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon oʻrni ham masjid binosiga qoʻshilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, oʻquv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar joy olgan. Yoʻl boʻyidagi Soʻgalli ota maqbarasi taʼmirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, koʻkalamzorlashtirilgan.