Kontent qismiga oʻtish

Shveysariya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Y Swistirdan yoʻnaltirildi)
Shveysariya Konfederatsiyasi
Schweizerische Eidgenossenschaft (olm.)

Confédération suisse (frs.)
Confederazione Svizzera (ital.)
Confederaziun svizra (rum.)
Confoederatio Helvetica (lot.)

Shior"Unus pro omnibus, omnes pro uno"
Madhiya: Schweizerpsalm
(Cantique suisse)
(Salmo svizzero)
Location of Shveysariya
Poytaxt Poytaxti yo'q. Ko'p odamlar Bern deb hisoblashadi
Eng katta shahar Zürich
Rasmiy til(lar) nemis, fransuz, italyan va retroman
Hukumat Federativ Respublika
• 
1-avgust
Maydon
• Butun
41 285 km2 km2
• Suv (%)
4.2
Aholi
• 2016-yilgi roʻyxat
8,401,120 (99-oʻrin)
• Zichlik 202 kishi/km2
Pul birligi Frank (1 frank = 100 rappen)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma CH
Telefon prefiksi 41
Internet domeni .ch

Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, fransuzcha: Suisse, italyancha: Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nemischa: Schweizerische Eidgenossenschaft , fransuzcha: Conferderation Suisse, italyancha: Confederazione Svizzera) – Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 41 285km². Aholisi 10 mln. kishi (2023). Yuridik jihatdan Poytaxti yoʻq. Poytaxt sifatida Bern shaxri foydalaniladi. Maʼmuriy jihatdan 23 kanton (ulardan 3 tasi yarim kantonlar)ga boʻlinadi. Dunyodagi kambagʻallik darajasi eng past boʻlgan davlat hisoblanadi[1][2].

Shveysariyada 4 ta davlat tili bor: nemis, fransuz, italyan va retromancha tillari. Shveysariyaning birinchi davlat tili nemis tilidir. Chunki bu tilda 5 millionga yaqin aholi soʻzlashadi. Lekin ular shevada soʻzlashishadi. Bu degani ular shveysarcha-nemischa gaplashishadi. Shveysariyada 50 dan ortiq sheva turi bor. Bundan tashqari fransuz, italyan tillari ham aholi tomonidan shevalashtirilgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya – federal parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1874-yil 29-mayda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat va hukumat boshligʻi – prezident, u Federal majlis tomonidan Federal kengash (hukumat) aʼzolaridan 1 yil muddatga saylanadi va qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali (Milliy kengash va Kantonlar kengashi) Federal majlis, ijrochi hokimiyatni prezident va Federal kengash (hukumat) amalga oshiradi. Har bir kanton oʻz konstitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega.

Hududining katta qismida Alp togʻlari joylashgan (bal. 4634 m gacha, Dyufur togʻi). Mamlakat markazida Shveysariya yassitogʻligi, shimoliy gʻarbida Yura togʻlari bor. Iqlimi nam, moʻtadil iqlim boʻlib, Jenevada yanvar oyining oʻrtacha temperaturasi 0°, iyul oyining oʻrtacha temperaturasi 19°. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 800–2500 mm. shahrida daryo koʻp. Reyn (Aare irmogʻi bilan) daryosi, Rona, Inn, Tichino daryolarining yuqori oqimi shahridan oqib oʻtadi. Jeneva, Boden va boshqalar koʻllar bor. Togʻ qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Mamlakat hududining 24% i oʻrmon. Yassitogʻlik va togʻlarda kengbargli hamda ignabargli daraxtlar oʻsadi, baland togʻlar subalp va alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Alp togʻlarida muzliklar bor (2 ming km²ga yaqin). Hayvonot dunyosi boy. Togʻlarda sut emizuvchilardan yovvoyi echki, suvsar, quyon, sugʻur, ayiq, tulki va boshqalar, parrandalardan burgut, karqur, togʻchumchuq, daryo va koʻl qirgʻoqlarida baliqchi qush uchraydi, suvlarda turli xil baliqlar bor. Togʻlarda turizm, alpinizm, sportning qishki turlari bilan shugʻullanish uchun sharoitlar yaratilgan. Shveysariya milliy bogʻi, koʻplab rezervat va buyurtma qoʻriqxonalar bor.

Aholisi olmon-shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar, italyan-shveysariyaliklar va reto-romanlardan iborat. Italyan, nemis, ispan, fransuz, portugal va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar – nemis, fransuz, italyan va reto-roman tillari. Aholining 67,7% shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlarning aksariyati katolik va protestantlar. Yirik shaharlari: Syurix, Bazel, Jeneva, Bern, Lozanna.

shahrida yashagan odamlarning qadimiy qarorgohlari paleolit davriga mansub. Shveysariya haqidagi birinchi yozma manbalar mil. av. 2-asrga oid. Oʻsha davrda shahrining katta qismiga gelvetlarning kelt qabilalari kelib oʻrnashgan (shahrining qadimiy nomi – Gelvetsiya shundan kelib chiqqan). 496—536 yillarda Shveysariya hududi Franklar davlati tarkibiga kirdi. 7-asrda aholini xristian diniga kiritish nihoyasiga yetdi. 10-asrda shahrining sharqiy, 1032—34 yillarda gʻarbiy qismi „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 13-asr oʻrtalarida Gabsburglarga qarshi boshlangan kurash natijasida Shvits, Uri, Untervalden kantonlari 1291-yil 1-avgustda oʻzaro „abadiy ittifoq“ tuzib, „Muqaddas Rim imperiyasi“ doirasida Shveysariya konfederatsiyasiga asos soldi, 1499-yilda esa amalda mustaqil davlatga aylandi. 1513-yil 13 kantondan iborat federatsiya sifatida toʻliq shakllandi (1798-yilgacha mavjud boʻlgan). 1648-yilgi Vestfaliya sulhiga binoan Shveysariya suveren davlat deb tan olindi. 16-asrda shahrida reformatsiya harakati tarqaldi. 18-asr oxirida shahrida sanoat va savdo birmuncha rivojlandi. 1798—1803-yillar Shveysariya hududida Gelvetsiya respublikasi mavjud boʻldi. 1814— 15 yilgi Vena kongressi shahrining hozirgi davrdagi chegarasiga yaqin boʻlgan chegarani belgilab berdi va uni abadiy betaraf davlat deb eʼlon qildi. 19-asrning 30—40-yillari siyosiy tuzumni demokratlashtirish va mamlakatni markazlashtirish harakati avj oldi. 1848-yilgi konstitutsiya boʻyicha Shveysariya kantonlarning uncha mustahkam boʻlmagan ittifoqidan yagona federativ davlatga aylandi. 1va Ikkinchi jahon urushi yillari Shveysariya oʻz betarafligini tasdiqladi. Shveysariya hududida turli xalqaro tashkilotlar joylashgan. Shveysariya 2002-yildan BMT aʼzosi. 1991-yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 1-avgust – Konfederatsiya tashkil etilgan kun (1291); 1899-yildan beri nishonlanadi.

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya demokratikxristian partiyasi, 1935-yil tashkil etilgan; Shveysariya demokratlari partiyasi; Shveysariya „koʻkatparvarlar“ partiyasi, 1983-yil asos solingan; Shveysariya radikaldemokratik partiyasi, 1848-yil tuzilgan; Shveysariya sotsialdemokratik partiyasi, 1888-yil tashkil etilgan; Shveysariya liberal partiyasi, 1913-yil asos solingan; Shveysariya xalq partiyasi, 1971-yil sentabrda Shveysariya dehqon, hunarmand va byurgerlar birlashgan partiyasi (1919) hamda Shveysariya demokratik partiyasi (1944) negizida tuzilgan; Shveysariya ozodlik partiyasi, 1985-yil tashkil etilgan; Shveysariya mehnat partiyasi, 1944-yil Shveysariya KP (1921) va soʻl sotsialistlar guruhi birlashishi natijasida tuzilgan. Shveysariya kasaba uyushmalari birlashmasi, 1880-yilda tashkil etilgan.

Shveysariya – intensiv qishloq xoʻjaligiga ega boʻlgan yuksak rivojlangan industrial mamlakat; jahondagi yirik moliya markazlaridan va kapital eksport qiluvchilardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 25%, qishloq xoʻjaligi niki 2,9%, moliya va sugʻurtaniki 25,4% ni tashkil etadi.

Sanoatida mashinasozlik va metallsozlik yetakchi tarmoq hisoblanadi. Mashinasozlik sanoati metall ishlovchi aniq stanoklar, temirpress asbobuskunalari, elektrotexnika buyumlari ishlab chiqaradi. Jahonda ishlab chiqariladigan soatning U2qismi shahriga toʻgʻri keladi. Kimyo, farmatsevtika, toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, qogʻoz, poligrafiya, oziqovqat (pishloq, shokolad va konsentratlar) sanoati rivojlangan. Toshtuz va qurilish materiallari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 60,4 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (ʻ/2qismi GESlarda, 2/5qismi AES larda).

Qishloq xoʻjaligining asosi chorvachilik (asosan, sut chorvachiligi) hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 3/4 qismi chorvachilikka toʻgʻri keladi, qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Dehqonchilikda bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Tokchilik rivojlangan. Togʻlarda yogʻoch tayyorlanadi.

Transportning turli xillari mavjud. Transport yoʻlilar hammasi elektrlashtirilgan boʻlib, ularning uz. 5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 71,1 ming km. Kanat va osma yoʻllar ham bor. Reyn daryosi va koʻllarda kemalar qatnaydi. Eng yirik porti – Bazel shahri Syurix va Jenevada xalqaro aeroportlar bor. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan (yiliga oʻrtacha 7 mln. kishi kelibketadi).

Shveysariya chetga mashinasozlik va metallsozlik mahsulotlari, jumladan, soat, aniq priborlar, ximikat, toʻqimachilik mollari, kiyimkechak, oziq-ovqat va boshqalar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, xom ashyo, jihozlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSH va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – shveysariya franki.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya vrachlar untlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Lezen, Lugano, Davos, Montryo va boshqalar shaharlarda mashhur kurortlar bor. shahrida taʼlimning yagona tizimi yoʻq. Har bir kanton oʻzining maktab qonuni va boshqaruviga ega. Lekin barcha kantonlar uchun 6—7 yoshdan 15—16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Asosiy (boshlangʻich) maktablar har bir kantonda qabul qilingan sistemaga qarab 7, 8 yoki 9 yillik boʻlib, ular 2 bosqichdan iborat (4+3, 4+4 yoki 4+5). Oʻrta maktablar 2 turkumli boʻlib umumtaʼlim va ixtisoslashgan maktablarga boʻlinadi. Hunartexnika oʻquv yurtlari, tijorat, maʼmuriy, texnika, qishloq xoʻjaligi va badiiy maktablar, oʻqituvchilar gimnaziyalari mavjud. Oliy taʼlim tizimiga universitet va institutlar kiradi. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Syurix universiteti, Jeneva, Bazel, Bern untlari, Syurix va Lozannadagi federal texnologiya institutlari, SanktGallendagi iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar maktabi.

Shveysariya ilmiytadqiqotlarga Shveysariya milliy fondi (1952) rahbarlik qiladi. Yirik kutubxonalari: Bazel universiteti kutubxonasi (2 mln.dan ortiq asar), Shveysariya milliy qutubxonasi (Bern shahrida, 1,5 mln.dan ortiq asar). shahrida 600 muzey bor. Yiriklari: Syurixdagi tarix muzeyi, Bazel, Bern, Jeneva va Syurixdagi sanʼat muzeylari, Lozannadagi nafis sanʼat muzeyi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Bazler saytung“ („Bazel gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1977-yildan), „Berner saytung“ („Bern gazetasi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1979-yildan), „Blik“ („Nigoh“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1959-yildan), „Veltvoxe“ („Jahon hafta ichida“, nemis tilidagi haftanoma, 1933-yildan), „Tages ansayer Syurix“ („Syurix kundalik sharhi“, nemis tilidagi kundalik gazeta, 1893-yildan), „Tribyun de Lozann – maten“ („Lozanna minbari – tong“, fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1862-yildan). Shveysariya telegraf agentligi (ATS) 1894-yilda tashkil etilgan; yirik gaz. nashriyotlarining aksiyadorlik jamiyati. Shveysariya radioeshittirish va televideniye jamiyati, yarim tijorat tashkiloti. shahrida radioeshittirishlar 1923-yildan, muntazam telekoʻrsatuvlar 1958-yildan boshlangan.

Adabiyoti nemis, fransuz, italyan, retoroman tillarida rivoj topmoqda; tiliga koʻra qardosh boʻlgan qoʻshni mamlakatlardagi adabiyot bilan bogʻlangan. Nemis tilidagi adabiyot qadimiy xalq qoʻshiqlari, afsonalarga boy (Vilgelm Tell haqidagi afsonalar, tarixiy xronikalar). Maʼrifatchilik oqimi davrida A. Geller va buyuk pedagog I. G. Pestalotssi ijodida milliy xususiyatlar oʻz aksini topdi. Fransuz yozuvchisi J. J. Russo hayoti va ijodi ham Shveysariya bilan bogʻlangan. 1848-yilgi inqilobdan soʻng nemis tilida ijod qiluvchi I.Gotxelf, G. Keller, K. F. Meyer kabi yozuvchilar ijodida realizmni ravnaq topishiga imkon yaratildi; 19-asr fransuz tilidagi adabiyotning mashhur vakili R. Tepferdir. Shu yozuvchilarning ijodi tufayli Shveysariya adabiyoti birinchi marta chet elga tanildi. 20-asrning 1-yarmida nemis tilida yozuvchi R. Valzer, Ya. Byurer, fransuz tilida yozuvchi Shveysariya F.Ramyu kabi adiblar oʻz asarlarida dolzarb ijtimoiy muammolarga murojaat qildilar. Ular urushdan keyingi davrdagi realistik adabiyotni yanada yuksaltirish uchun zamin yaratdilar. Nemis tilida ijod qiluvchi M. Frish va F.Dyurrenmatt asarlari milliy adabiyotni Yevropa madaniyatining boyligi darajasiga olib chiqsi. 1960—70 yillarda nemis tilida yozuvchi V. M. Diggelman, A. Mushg, O. F. Valter kabi adiblar roman va hikoyalarida, A.Martining sheʼriy toʻplamlarida nemis tilidagi shveysar adabiyotining realistik anʼanalari zamonaviy tasviriy vositalar bilan uygʻunlashib ketgan. Fransuz tilida yozuvchi J. Alda, F. Jakotte, J. Shesseke, italyan tilida yozuvchi F.Kyeza, retoroman tilida yozuvchi K. Birt, A. Peyer, S. Kens kabi adiblar mashhur.

Shveysariyaning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik „Karolinglar uygʻonish davri“ sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va Olmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya. Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P. A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-yillari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-yillardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-yillarda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi „Kodak“ firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi „Bashariyat uyi“ (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi „Le Pari“ kinoteatri, 1971, meʼmor M. J. Soje].

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shveysariya hududidan topilgan ilk tasviriy sanʼat yodgorliklari mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub (qarang Laten madaniyati). Myunster (hozirgi Myustair)dagi SanktIogann cherkovidagi devoriy rasmlar 9-asrga oid boʻlib, monumental rangtasvirning qadimiy yodgorligi hisoblanadi. 13—15-asrlarda gotika haykaltaroshligi va rassomligi, kitob miniatyurasi, vitraj hamda dastgoh sanʼati rivojlandi. 16-asrda rassomlar N. ManuelDeych, U. Graf va kichik X. Ley ijodi diqqatga sazovor. G.Asper, yil Amman va T. Shtimmer 16-asr kitob miniatyurasi ustalaridir. Bazelda kichik X. Xolbeyn uzoq vaqt faoliyat yuritdi. 17-asr Shveysariya sanʼatida barokko uslubi yaqqol koʻzga tashlanadi. 18-asrda koʻp shveysariyalik sanʼat ustalari Fransiyada taʼlim olganligi va ishlaganligi sababli, oʻsha davr Shveysariya tasviriy sanʼati Fransiya taʼsiri ostida boʻldi. Shu davr rangtasvirida pastel va miniatyura portreti (J.Ye. Liotar), manzara (S. Gesner), tarixiy va maishiy (I. L. Aberli, 3. Freydenberger) janrlarda koʻplab asarlar yaratiddi; ayniqsa, A. Graf va I. G. Fyusli (asosan, Angliyada ishlagan) ijodi diqqatga sazovor. 19-asr boshida tasviriy sanʼatda klassitsizm va romantizm deyarli rivojlanmadi (rassomlar X. L. Fogel, X. Xeys, grafikachi R.Tepfer ijodi). 19-asr oʻrtalarida realistik manzaralar (A. Kalam), mehnatkash xalq hayoti ifodalangan maishiy kartinalar (F. Buxser, A. Anker) yaratildi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida simvolizm va „modern“ uslubida ijod qilgan A. Beklin shuhrat qozondi; F. Xodler ijodi milliy tarix mavzusiga bagʻishlandi. Bu davrda Shveysariya sanʼatida impressionizm, postimpressionizm, simvolizm oqimlari avj oldi (shveysariyalik rassomlardan F. Vallotton, T. Steynlen Fransiyada ishladilar, A. Jakometti ijodi ham fransuz maktabi bilan bogʻliq).

Birinchi jahon urushi yillari Shveysariya sanʼatida ekspressionizm yoʻnalishi rivojlandi. 60—70-yillar Shveysariya sanʼatida Yevropa sanʼati oqim va yoʻnalishlari koʻzga tashlandi. Xalq sanʼatida yogʻoch oʻymakorligi, kulollik, toʻqimachilik, charm va metall buyumlar tayyorlash rivojlangan.

Shveysariya xalq musiqa sanʼatida Alp togʻlarida yashovchi togʻlilarning oʻziga xos janri – yodl va choʻpon kuylari ajralib turadi. Musiqa asboblari – alp burgʻusi va shveysar hushtagi. Professional diniy musiqa taxminan 10-asrda vujudga kelgan. SanktGallen monastiri Yevropa musiqa markazi boʻlgan. 13-asrdan dunyoviy musiqa sanʼatini tarqatuvchi minnezingerlar faoliyat koʻrsatgan. 16-asrda polifoniya musiqasi ustalari X. Kotter, L. Zenfl, L. Burjua ijod qildilar. 17-asrda shahar musiqa birlashmalari tuzila boshladi. 18-asr oxiri – 20-asrda xor va musiqa jamiyatlari tuzildi, musiqa taʼlimi rivojlandi (kompozitor va pedagoglar X. G. Negeli, I. F. Xegar, X. Xuber, ritmik tarbiya tizimi asoschisi E. JakDalkroz). 20-asrda F. Andre, V. Burkxard, G. Dore, F. Marten, K. F. Seminn, 20-asr 2-yarmida G. Xolliger, V. Fogel, Yu. Vittenbax, R. Mozer kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. shahrida 10 dan ortiq simfonik orkestr, bir qancha opera truppalari, xor jamoalari va kamercholgʻu ansambllari, Bazel musiqa akademiyasi, Jeneva, Syurix, Bern, Lozannada konservatoriyalar bor.

Shveysariya teatr sanʼati xalq rasmrusumlari asosida vujudga kelgan va fransuz, nemis, italyan tillarida rivojlanmoqda. 16-asrda reformatsiyaning katolitsizmga qarshi kurashini aks ettiruvchi pyesalar yaratilgan. 1512-yil birinchi dunyoviy pyesa – „Tell toʻgʻrisida oʻyin“qoʻyilgan. Fastnaxtshpil janri keng tarqalgan; bunda voqelikni haqqoniy aks ettirish siyosiy satira bilan uygʻunlashib ketgan. 1738-yil Jenevada birinchi professional truppa tashkil boʻldi va u fransuz dramaturglarining pyesalarini sahnalashtirdi. Lozanna (1781), Jeneva (1782 va 1789), Shatlen (1786) va boshqalar shaharlarda teatr binolari qurildi. 1801-yil Sankt-Gallenda professional teatrga asos solindi. 1879—1951-yillar Jenevada „Granteatr“ faoliyat koʻrsatdi. 1908-yil Syurixda „Pfauenteatr“ drama teatri (keyinchalik „Shaushpilxauz“) ochildi va shahrining yetakchi milliy teatriga aylandi. 1938—61 yillarda bu teatrga taniqli rejissor Oskar Velterlin rahbarlik qildi va teatrlarda B. Brext, F. Dyurrenmatt, A. Chexov va boshqalarning pyesalari qoʻyildi. shahridagi boshqa mashhur teatrlar: Lozannadagi „Pti shen“ va „Bolye“, Jenevadagi komediya, „Nuvo teatr de posh“ va „De Rosh“ teatrlari, Syurixdagi Noymarkt teatri, Bazeldagi teatr, Bern, Lyutserndagi teatrlar. Shveysariya teatrining yetakchi arboblari: O. Eberle, X. Gnekov, L. Lindtberg, teatr rassomi G.Otto.

Birinchi toʻla metrajli badiiy film („Konfederatsiyaning vujudga kelishi“, rejissor E. Xarder) 1924-yilda yaratilgan. Shu yili Syurixda „Prazens“ kinofirmasi tashkil etildi. 1930—40 yillarda hujjatli filmlar rejissorlari A. Veksler, E. Layzer ishlari, rejissor L. Lindtbergning vatanparvarlik ruhidagi badiiy filmlari („Oʻqchi Vipf“, 1938; „Soʻnggi imkoniyat“, 1945) ajralib turadi. 1950-yillarda „Batrak Uli“ (1954), „Pishloq pishiruvchilar“ (1958; ikkalasining rejissor F. Shneyder), „Odeon kafesi“ (1958, rejissor K. Fryu) filmlari ekranga chiqdi. 60-yillargacha shahrida kino, asosan, nemis tilida boʻlgan. Fransuz tilida ijod qiluvchilar orasida hujjatli filmlar rejissor Shveysariya Dyuvanel va hujjatli filmpamfletlar muallifi A. Brandt mashhur. 1968-yil rejissorlar A. Tanner, K.Goretta, J. L. Rua, M. Sutter va J. J. Lagranj (keyinchalik oʻrniga N. Yersen boʻldi).

„Beshlar guruhi“ga birlashdilar va voqelikni boʻyab berishga qarshi chiqdilar. Ular oʻz filmlari („Salamandra“: 1971; „Afrikadan qaytish“, 1975; „Dunyo oraligʻi“, 1975, barchasining rejissor A. Tanner; „Taklif“, 1972, rejissor K. Goretta)da oddiy kishilar turmushini, hayot qiyinchiliklarini koʻrsatdilar. 1970—80 yillarda rejissorlar R. Lissi, T. Kyorfer, D. Shmid mashhur boʻlgan. Syurixda Shveysariya kinomarkazi faoliyat yuritadi. 1946-yildan Lokarnoda xalqaro kinofestivallar oʻtkaziladi.

  1. André Holenstein; André Holenstein. „Die Hauptstadt existiert nicht“. UniPress - Forschung und Wissenschaft an der Universität Bern (2012). Qaraldi: 2019-yil 16-avgust.
  2. Holenstein, André. Die Hauptstadt existiert nicht (German). — Berne: Department Communication, University of Berne, 2012. — Т. UniPress — Forschung und Wissenschaft an der Universität Bern, № 152: Sonderfall Hauptstatdtregion. — С. 16—19. — DOI:10.7892/boris.41280.

Oʻzbekiston – Shveysariya munosabatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]