Kontent qismiga oʻtish

Yakka Porson

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yakka porson
Manzilgoh Beruniy tumani, Qoraqalpogʻiston
Turi Qalʼa
Uzunlik 54 m
Hudud 74 m × 54 m
Balandligi 2 m
Tarix
Quruvchi Afrigʻiylar
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan 6—8-asrlar
Makon qaydlari
Arxeologlar S.Tolstov
Y.Nerazik

Yakka porson – mil. 8-asrga oid qadimiy yodgorlik. Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani sharqida (Burgut qalʼa choʻllarida) joylashgan. Xom gʻishtdan qurilgan mustahkam istehkom. Yakka Porsonni 1959-yil Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi oʻrgangan. Topilmalar orasida teri va yogʻochga bitilgan qadimiy xorazmiy yozuv xarakterlidir. Afrigʻiylar davriga oid yodgorlik[1].

Yakka Porson oʻzining umumiy joylashuvi boʻyicha Teshik qalʼaga oʻxshaydi: uning binolari qalin devorlar bilan oʻralgan, baland gumbaz bilan qoplangan kvadrat zaldan iborat.

Yakka Porson yodgorligining devorlari mudofaasi minoralar bilan mustahkamlangan, kirish eshigining yon tomonida ikkita uzun minora joylashgan.. 9 metr masofada bunyod etilgan qoʻsh devor mulkni himoya qilgan[2]. 1940-yilda S. P. Tolstov 6-8-asrlarning eng qadimgi inshootlaridan biri boʻlgan Yakka Porsonni kashf etadi. 1959-yilda Afrigʻiylar tarixi boʻyicha tadqiqotchi Y. Y. Nerazik qazishma ishlarini boshlab yubordi va hozirgacha uzilishlar bilan arxeologik tadqiqotlar davom etmoqda.

Qal’a majmuasi katta devorlari boʻlgan loy gʻishtdan qurilgan ulkan markaziy bino va sakkiz xonadan, shu jumladan gumbazli markaziy xonadan iborat edi. Uning atrofida turli xil turar-joy va savdo binolari joylashgan. Qal’aga asosiy kirish janubda joylashgan. Qal’aning oʻlchami 74 m × 54 m boʻlgan toʻrtburchak shaklida boʻlib, balandligi ikki metrli platformada joylashgan[3].

Yodgorlik katta xandaq bilan oʻralgan edi (uning kengligi 20 metrdan, chuqurligi esa 2 metrdan oshadi). Qal’a goʻyo toʻrtburchak sunʼiy koʻl oʻrtasida turgan orolga oʻxshaydi. Xoʻjalik xonalardagi qazishma ishlari qal’aning 5—8-asrlarda mavjud boʻlganligini koʻrsatdi. Bu yerdan sopol buyumlar va hayvon suyaklaridan tashqari, yogʻoch va suyakdan yasalgan koʻplab uy-roʻzgʻor buyumlari, turli mato va gilamlarning qoldiqlari, poyabzal qoldiqlari topilgan. Eng qimmatli topilma qadimgi xorazm tilida teriga yozilgan hujjat parchasi boʻldi[4].

Yakka Porson yodgorligini oʻrganish chogʻida arxeologlar jamoasi koʻp hollarda kulolchilik charxisiz tayyorlangan qoʻpol idishlarni topdilar. Bu esa qal’a hududida hunarmandchilikning pasayishini koʻrsatadi.

  1. „Караваны идут в Хорезм“. Historic.ru. Qaraldi: 2019-yil 28-avgust.
  2. Хмельницкий С. Г. Между Кушанами и Арабами. Архитектура Средней Азии V—VIII вв. Берлин—Рига: GAMAJUN, 2000 — 288-bet. 
  3. Nasiba S. Baimatowa. 5000 Jahre Architektur in Mittelasien, Lehmziegelgewölbe vom 4./3. Jt. v. Chr. bis zum Ende des 8. Jhs. n. Chr. Philipp von Zabern, Mainz 2008 — 252-258-bet. ISBN 978-3-8053-3906-3. 
  4. „Городище Якке парсан.“. silkadv.com. Qaraldi: 16-oktabr 2023-yil.