Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniya Shishkova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yevgeniya Shishkova
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Евгения Васильевна Шишкова
Toʻliq ismi Yevgeniya Vasilevna Shishkova
Davlat Rossiya
MDH
Sovet ittifoqi
Tavalludi 18-dekabr 1972-yil (1972-12-18) (52 yosh)
Leningrad, Rossiya, Sovet Ittifoqi
Boʻyi 147 sm
Sherigi Vadim Naumov[1]
Oldingi murabbiylari Natalya Pavlova
Lyudmila Velikova
N. Pirogova
Yakunlagan 1998

Yevgeniya Vasilevna Shishkova (ruscha: Евгения Васильевна Шишкова; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — figurali uchish boʻyicha rossiyalik murabbiy va sobiq sportchi. Turmush oʻrtogʻi Vadim Naumov bilan 1994-yilda jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Soʻngra, 1995-1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finalida ham gʻolib boʻlgan[2].

Naumovning murabbiyi 1985-yilda Yevgeniya Shishkovani oʻzining shogirdi Vadim Naumov bilan tanishtiradi. Murabbiy ularning birgalikda konkida uchishlarini xohlardi. Naumov dastlab bu gʻoyani rad etdi, chunki u oʻzining sheriklarini oʻzgartirishni xohlamadi. Biroq, bir qancha sinovlardan soʻng Naumov va Shishkova birga ishlashga rozi boʻlishadi. Ular 1987-yildan birga qatnasha boshlaganlar[3].

1991-yilda Shishkova va Naumov Yevropa chempionatida oʻzlarining birinchi bronza medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, jahon chempionatida 5-oʻrinni egallashdi. Keyingi mavsumda ular Olimpiya oʻyinlarida oʻzlarining birinchi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. 1992-yili Fransiyaning Albertvil shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiyadada qatnashib, beshinchi oʻrinni egalladilar[4].

Shishkova bilan Naumov 1993-yilgi jahon chempionatida qatnashib, jahon miqyosida oʻzlarining birinchi medali — bronzani qoʻlga kiritdi. Keyingi yili bu juftlik 1994-yilda Norvegiyaning Lillehammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiyada oʻyinlarida 4-oʻrinni egalladi. Ular mavsumni jahon chempioni boʻlish bilan yakunladilar[5].

Shishkova va Naumov 1995-yilda dunyo miqyosida oʻzining uchinchi medali — kumushni qoʻlga kiritishdi. 1991-1995-yillarda esa juftlik beshta Yevropa medalini ham qoʻlga kiritishga muyassar boʻldi. 1996-yilning fevral oyida ular 1995-1996-yillardagi Chempionlar seriyasi finalida oltin medalga sazovor boʻldi (keyinchalik bu final nomi Grand-Pri finali deb oʻzgartirildi)[6].

1996-yilda oʻtkazilgan jahon chempionatida Shishkova bilan Naumov qisqa dasturdan keyin uchinchi oʻrinni egalladi. Uzoq dasturda toʻrt nafar hakam oltin medal sohiblari Marina Eltsova bilan Andrey Bushkovga birinchi oʻrin uchun ovoz berdi. Toʻrt nafar hakam esa Shishkova va Naumov juftligini yoqlab ovoz berishiga qaramay, qolgan besh hakamning past baholari tufayli ular shohsupaning 4-oʻrinida qoldi[7].

Shishkova bilan Naumov 1998-yildagi Qishki Olimpiyada terma jamoasiga kirmagan. Ular 1998-yilda ISU musobaqasidan chiqib ketishga va professional tarzda konkida uchishga qaror qilishadi. Bu juftlik 1998-yilning aprel oyida boʻlib oʻtgan professional jahon chempionatida g‘olib chiqadi. Keyin ular Konnektikut shtatining Simsberi shahridagi Xalqaro konkida uchish markazida murabbiylikni boshlashadi. Ular 2017-yili fevral oyida Boston konkida uchish klubiga ko‘chib o‘tishadi[8][9].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shishkova va Naumov 1995-yilning avgustida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida turmush qurishdi. Ular 1998-yilda esa Konnektikutning Simsberi shahriga borib joylashadilar. Ularning oʻgʻil farzandi Maksim Naumov 2001-yilning avgust oyida tugʻilgan boʻlib, hozirda figurali uchish bo'yicha Amerika Qoʻshma Shtatlari uchun erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida qatnashadi[10].

Musobaqaning asosiy nuqtalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Chempionlar seriyasi (Grand-Pri)

Naumov bilan:

Xalqaro
Tadbir 89-90 90-91 91-92 92-93 93-94 94-95 95-96 96-97 97-98
Qishki Olimpiya oʻyinlari[11] 5 4
Jahon chempionati 5 5 3 1-chi 2 4
Yevropa chempionati 3 3 3 2 3 5
GP finali 1-chi 5
Rossiya GP kubogi 2
GP NHK kubogi 1-chi 2
GP Skate America 2
GP Skate Canada 1-chi
Muz ustida raqslar 1-chi
Yaxshi niyat oʻyinlari 3
Internationaux de Paris 1-chi
Moskva yangiliklari 5
Millatlar kubogi 2 1-chi
Nebelhorn kubogi 2
NHK kubogi 1-chi 1-chi
Skate America 3 1-chi 2
Skate Canada 2
Milliy
Rossiya chempioni. 1-chi 3 1-chi 3
Sovet chempionati 1-chi[12] 2
  1. „ru:Шишкова Евгения Васильевна“ [Evgenia Vasilievna Shishkova] (ru). solovieff.ru.
  2. „ru:Шишкова Евгения Васильевна“ [Evgenia Vasilievna Shishkova] (ru). fskate.ru.
  3. „Russian newlyweds collect $30,000 toward new house“. Toronto Star. The Canadian Press (1995-yil 5-noyabr).[sayt ishlamaydi]
  4. Wilner, Barry. „Russians Win Pairs, Americans Get Bronze“. Associated Press (1996-yil 20-mart). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Johnson, Paul H.. „Focused On Their Future; Russian Pair Is Skating Into Professional Ranks“. Hartford Courant (1998-yil 6-iyul). 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Aldrich, Ian „The Big Question: How to be a Champion Figure Skater; The training, endurance, and expenses of champions“. Yankee (january–february 2008). 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  7. Hine, Tommy. „Different Holiday On Ice“. Hartford Courant (2006-yil 23-dekabr). 2012-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Evgenia Shishkova & Vadim Naumov“. 2007-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Walker, Elvin. „Maxim Naumov continues a family tradition“. IFS Magazine (2016-yil 11-mart). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  10. Zeghibe, Doug. „Coaching Announcement“. Skating Club of Boston (2017-yil 10-fevral). 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „Evgenia SHISHKOVA / Vadim NAUMOV“. International Skating Union. 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  12. Elfman, Lois. „Shishkova, Naumov navigate parent-coach balance“. IceNetwork.com (2016-yil 14-iyul). 2018-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.