Kontent qismiga oʻtish

Yom (yoʻldagi manzil)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yom (moʻgʻ.: Өртөө, Örtöö, nazorat punkti) pochta tizimi yoki ta'minot nuqtasidagi xabarchi tizimi. Oʻqtoy Xon tomonidan keng qoʻllangan va kengaytirilgan. Keyingi Buyuk xonlar va xonlar tomonidan ham qoʻllangan.[1]

Toʻxtash punktlari moʻgʻul qoʻshinlari xabarchilari uchun oziq-ovqat, boshpana va zaxira otlar bilan ta'minlangan. Oʻqtoy Xon Yomga alohida e'tibor bergan. Chunki moʻgʻul qoʻshinlari tez yurgan, shuning uchun ularning xabarchilari kuniga 200-300 km masofani bosib oʻtishi kerak edi.[1] Tizim axborot almashish va razvedka jarayonini tezlashtirish uchun ishlatilgan.

Bu tizim Oltin Oʻrda parchalanganidan keyin Chor Rossiyasida saqlanib qolgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yom nomi koʻpgina gʻarb tillari uchun rus tilidan ehtimol moʻgʻulcha "Yam" (Vazirlik yoki idora) tarzida qabul qilingan. Biroq Moʻgʻul imperiyasida pochta tizimi ham, alohida nazorat punktlari ham "Örtöö" (klassik moʻgʻul tilida "Örtege") deb nomlangan.

Yomlar bir-biridan ma'lum masofada, odatda 32-64 km atrofida joylashgan alohida bekatlar zanjiri tarzida ishlagan. Bir xabarchi bekatga kelib, oʻz ma'lumotlarini boshqa xabarchiga beradi. Shu orada dam oladi va boshqa xabarchi hujjatni keyingi xabarchiga topshirish uchun keyingi stantsiyaga yoʻl oladi. Shunday qilib, har bir xabarchi charchamasdan ma'lumot yoki hujjatlar doimo harakatda boʻlishiga erishilar edi. Har bir oraliq bekatda zaxira otlar, oziq-ovqat va boshpana boʻlar edi.[1]

Moʻgʻul imperiyasini boshqarishning eng asosiy vositalaridan biri sifatida Yom tizimining ishlashi Yaso yozma qonuni bilan tartibga solingan. Xabarchilar ham, bekat nazoratchilari ham kengaytirilgan imtiyozlarga ega edilar. Hatto hamma uchun Yom talablari boshqa shaxsiy burch va manfaatlardan ustun boʻlgan, kerak boʻlganda uni qoʻllab-quvvatlash shart edi. Bunday qoʻllab-quvvatlash imperiya ichidagi qat'iy tartib-intizom tufayli amalga oshirildi. Bu esa koʻpincha Pax Mongolica deb nomlanuvchi yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi shakllanishiga olib keldi.

Dastlab, tizim savdogarlar uchun ham bepul edi. Ushbu imkoniyatning suiiste'mol qilinishi Möngke Xonni tijoriy foydalanuvchilardan xizmatlar uchun pul toʻlashni talab qilishiga olib keldi.

Xizmat Yevropalik sayohatchilar, jumladan, Jovanni da Pian del Karpin, Rubruklik Uilyam, Marko Polo va Pordenonlik Odorik tomonidan batafsil tasvirlangan. Bu tarixdagi birinchi pochta tizimi boʻlmasa-da (ilgarilari Fors va Rim imperiyalarida ham mavjud edi), u hajmi va samaradorligi boʻyicha misli koʻrilmagan edi.

Har bir xabarchining payzasi boʻlar edi.[2] Payza odatda aylana yoki toʻrtburchaklar shaklida oʻyilgan metall marjon edi. Bu ular Xon xabarchilari ekanligining ramzi edi.

Chor Rossiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Orlovskiy Yamchisi

Bu tizim Oltin Oʻrda parchalanganidan keyin chor Rossiyasida tezkor hukumat aloqa vositasi sifatida, keyinroq pochta sifatida saqlanib qolgan. U yam duty [ru] shaklida amalga oshirilib, toʻlovlar shahar va qishloq aholisidan undirilgan. Yamskoy prikaz tomonidan nazorat qilingan. Yom xizmatini bajaradigan xizmatchi yamshchik deb ataldi. Rossiyaning koʻplab yirik shaharlarida yamshchiklar joylashtirilgan va Yamskaya sloboda [ru] deb nomlangan butun va qishloqlar (slobodalar) mavjud edi. Eski yoʻllar boʻyida joylashgan ba'zi qishloqlar oʻz nomlarida "yam" soʻzini saqlab qolishgan. Masalan Yam-Tyosovo.

  • Gavrilov-Yam Rossiyadagi shahar. Yom pochta stansiyasi tarmogʻi nomi bilan atalgan
  1. 1,0 1,1 1,2 Weatherford, Jack. Genghis Khan and the Making of the Modern World. New York: Three Rivers Press, 2004. ISBN 0-609-80964-4. Weatherford, Jack (2004). Genghis Khan and the Making of the Modern World. New York: Three Rivers Press. ISBN 0-609-80964-4.
  2. „Paiza at www.mongoliacenter.org“. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.