Yulduz Rizayeva
Yulduz Rizayeva | |
---|---|
Tavalludi |
26-dekabr 1926-yil |
Vafoti |
11-yanvar 2003-yil (76 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | aktrisa, muharrir, tarjimon |
Janr | drama, tarixiy drama |
Turmush oʻrtogʻi | Isoq Isroilov |
Bolalari |
Qizi: Shahnoza Oʻgʻillari: Rustam, Hotamjon |
Mukofotlari |
Yulduz Akromovna Rizayeva (1926-yil 29-dekabr, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR — 2003-yil 11-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. „Tohir va Zuhra“ filmidagi Zuhra roli bilan tanilgan.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yulduz Rizayeva 1926-yil 29-dekabrda Fargʻonada Akrom ota va Nasima aya[1] xonadonida tavallud topgan[2][3]. Oilada besh farzandning toʻngʻichi boʻlgan[1]. Aktrisa 10 yoshida boʻlganida otasi 34 yoshida fojiali tarzda vafot etgan[4]. Shunda keyin temir yoʻl chiptalari sotiladigan devonxonada ishchi boʻlib ishlaydi[1]. Maktabni tamomlagandan keyin Toshkent kinostudiyasi qoshidagi kinoaktyorlar maktabiga oʻqishga kiradi va bu maktabni 1946-yilda tugatadi[5]. Shu yildan boshlab kinostudiya aktrisasi boʻlib ishlay boshlagan. Soʻngra Toshkent tibbiyot institutida ikki yil tahsil olgan, ammo sanʼatga qiziqishi tufayli oʻqishni tugatmagan[6]. 1948-yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatrshunoslik fakultetiga oʻqishga kirib[4], 1953-yilda ushbu institutni bitirgan[2]. 1954-yilda Toshkent kinostudiyasida muharrir[2], 1960-yilda Oʻzbekfilm kinostudiyasida dublyaj guruhi muharriri va tarjimon sifatida faoliyat olib borgan[3][4][7].
Yulduz Rizayeva 2003-yil 11-yanvarda Toshkentda vafot etgan[5][8].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush oʻrtogʻi Isoq Isroilov[9][10]. Qizi Shahnoza, oʻgʻillari Rustam, Hotamjon[11][12][13].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yulduz Rizayeva Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist unvoni, SSSR kinematografiyasi a’lochisi nishoni[2], 1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni[5][14][15] bilan taqdirlangan[3].
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960—2000-yillarda yuzlab tarjima loyihalar muallifi, lablashtiruvchi muharrir[4] hamda dublyaj aktrisasi boʻlib faoliyat olib bordi[6]. „Sangam“, „Siyovush haqida doston“, „Qirol Lir“, „Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi“, „Omadli jentelmenlar“[6], „Sadoqat“, „Gamlet“[4] kabi filmlarga muharrirlik qilgan. Yulduz Rizayeva rejissyor Grigoriy Kozinsev tomonidan „Gamlet“ filmida Ofeliya roli uchun sinovdan oʻtishga taklif etilgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli aktrisa bu rolni rad qilgan[6].
Filmofgrafiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1945 – Tohir va Zuhra – Zuhra (bosh rol)[2]
- 1946 – Xoʻja Nasriddin sarguzashtlari – Zulfі
- 1948 – Fargʻona qizi – Dіlbar (bosh rol)
- 1954 – Opa-singil Rahmonovalar – Komіla[16] yoki Kamola[17] (bosh rol)
- 1957 – Sluchay v pustine (Choʻl ishi) – epіzodik rol (titrda nomi koʻrsatilmagan)
- 1962 – Sen yetim emassan – militsiya xodimi
- 1969 – Zaveshchaniye starogo mastera (Keksa ustaning vasiyati) – militsiya kapitani, inspektor[18]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 98.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Юлдуз Ризаева“ (rus tilida). kino-teatr.ru (2019-yil 20-aprel). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Rizayeva Yulduz Akramovna“. arboblar.uz. 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Afsonaviy aktrisa Yulduz Rizayevani yod etib („Yodnoma“ koʻrsatuvi, Oʻzbekiston tarixi telekanali) YouTubeda
- ↑ 5,0 5,1 5,2 „Yulduz Rizayeva“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati gazetasi, №3 (3688) 2-bet (2003-yil 17-yanvar). 2024-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 102.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 86.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 95.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 94.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 100.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 90.
- ↑ Boqiy sevgi afsonasi 2015, s. 101.
- ↑ „Tohir va Zuhra“ — kino durdonasi 2016, s. 18.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat, maʼrifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar hodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. Xalq soʻzi gazetasi, №172 (1953) 1-bet (1998-yil 28-avgust). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yetti yilligi munosabati bilan fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat, maʼrifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar hodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati gazetasi, №35 (3471) 1-bet (1998-yil 28-avgust). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ „Юлдуз Ризаева“ (rus tilida). kinorium.com. 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
- ↑ „Tohir va Zuhra“ — kino durdonasi 2016, s. 22.
- ↑ „Юлдуз Ризаева“ (rus tilida). kinopoisk.ru. 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyul.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hamidulla Akbarov. Boqiy sevgi afsonasi, 1-kitob, Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015 — 248-bet. ISBN 978-9943-03–679-6.
- Hamidulla Akbarov. „Tohir va Zuhra“ — kino durdonasi, 2-kitob, Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2016 — 276-bet. ISBN 978-9943-27–817-2.