Zamonbobo madaniyati
Zamonbobo madaniyati - Oʻzbekistonda jez davri urugʻ jamoasi madaniyati (mil. av. 2ming yillikning birinchi yarmi). Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani markazidan 15 km shim.gʻarbda joylashgan Zamonbobo (nomi shundan) koʻli sohilidagi makon (mayd. 170 m²) va qabriston (44 qabr) oʻrganilgan. Qabristonda Ya. Gʻulomov (1950—51, 1953—54), A. Askarov (1961, 1964) arxeologik qazish ishlari olib borgan. Qabilalar yarim yertoʻla, yengil chaylalarda yashagan. Yertoʻla oʻtov shaklida, ustunlari chuqurchalarga oʻrnatilgan, usti qamish bilan yopilgan va somonli loy bilan suvalgan. Oʻchoq va don saqlanadigan oʻralar devor yaqinida boʻlgan. Qabrlarda murdalar yakka, juft, ayrim holda uchtadan (erkak, ayol, bola) yonboshlatib koʻmilgan. Qazilmalarda sopol siniklari, chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar — yaproqsimon paykonlar, pichoqsimon tosh parchalar, surma toshlar, jez oyna, pichoq, kurakchalar, lazurit, aqiq, feruza, serdolik, jilvir toshdan ishlangan munchoklar, oltin marjon topilgan. Sopol idish (tagi tekis va dumaloq xum, xumcha, toʻgʻri burchakli suvdon, tovoqcha)lar naqshsiz boʻlib, asosan, qoʻlda, ayrimlari charxda yasalgan. Ularning deyarli barchasi yupqa, jarangdor, baʼzilari qizil angob bilan boʻyalgan. Chaqmoqtoshdan ishlangan qadama oʻroqlar, yorgʻuchoq boʻlaklari, hovoncha dastalar va koʻmirga aylangan bugʻdoy, arpa donlari, sigir, qoʻy, echki suyaklarining topilishi, 3. m. davrida qabilalar ibtidoiy dehqonchilik va oʻtroq chorvachilik bilan shugʻullanganligidan dalolat beradi. Hosildorlik maʼbudasining kichik sopol haykalchasiga moʻlkoʻlchilik ramzi sifatida eʼtiqod qilingan boʻlsa kerak. Badaxshon toshidan ishlangan munchoq, Jan. Turkmanistondagi qabilalarning sopol idish va b. buyumlari 3. m. qabilalarining qoʻshni qabilalar bilan iqtisodiy hamda Odamlar yashagan turar joy. Zamonbobo madaniyati: 1 — paykon; 2 — qadama oʻroq; 3—4 — suyak bigizlar; 5 — tosh oʻzak; 6—7 — pichoqsimon ttlastinkalar; 8 — toʻgʻnogʻich boshi; 9 — urchuqbosh; 10 — kurakcha; 11 — 18 — tosh munchoqpar; 19 — maʼ19 buda tanasi; 20 — sopol siniqlari. Madaniy aloqada boʻlganligini koʻrsatadi. Bu rnda neolit davrida Kaltaminor madaniyatiga mansub qabilalar yashaganligi ham aniqlandi. Keyinchalik 3. m. oʻrnida Andronovo madaniyati tarqalgan.
Ad.Gulyamov Ya. G., Islamov U., Asqarov A. A., Pervobitnaya kultura i vozniknoveniye orashayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |