Kontent qismiga oʻtish

Zaynab binti al-Horis

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zaynab binti al-Horis
Vafoti 629
Turmush oʻrtogʻi Sallom ibn Mishkam ibn al-Hakam (Banu Nodir urugʻidan)
Bolalari Xorija ibn Sallom ibn Mishkam
Otasi al-Horis ibn al-Horis
Onasi Layla bint Saʼlaba

Zaynab bint al-Horis (arabcha: زينب بنت الحارث‎) (629-yilda vafot etgan) – Haybar jangidan keyin Muhammadga suiqasd uyushtirishga uringan yahudiy[1] ayol[2].

Zaynab binti al-Horisning oilasi asli yamanlik boʻlgan, keyinchalik esa Haybarda qoʻnim topgan. Otasi al-Horis ibn al-Horis va ikki ukasi Marhab ibn al-Horis va Yosir ibn al-Horis jangchi va shoir boʻlgan[3][4]. Otasi unga Abu Zaynab kunyasini berganligi bois u oilada toʻngʻich farzand boʻlgan boʻlishi mumkin[5].

Yoz oylarida paygʻambar Muhammad tomonidan Madinadan surgun qilingan Banu Nodir qabilasining 625 nafar aʼzolari Haybarga yetib kelishadi[4] va shu yerda qoʻnim topishadi. Ular orasidan jangchi shoir Sallom ibn Mishkam an-Nodiriy Zaynabga uylangan edi[4][6]. Baʼzi manbalarda Sallom va Zaynabning Xorija ismli oʻgʻillari borligi ham aytiladi[7]. Biroq al-Voqidiy Salamning oʻgʻli Amr 627-yilning bahorlarida[8], ikkinchi oʻgʻli al-Hakam esa 628-yilning yozida tugʻilgan deya maʼlumot beradi[8].

Haybar qamali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad 628-yilning iyun oyida Haybarni qamal qiladi. Zaynab boshqa ayollar va bolalar bilan birga al-Xatiba qal’alariga toʻsiqlar oʻrnatadi, uning eri Sallom esa Natot hududidan turib Muhammadning askarlariga qarshilik koʻrsatishga buyruq beradi. Sallomning oʻzi jangning birinchi kunida jangda halok boʻladi, Zaynabning ukasi al-Horis Haybar mudofaasini oʻz zimmasiga oladi[5].

Toʻqqiz kundan keyin Ali ibn Abu Tolib Naim qal’asini bosib olishga muvaffaq boʻladi. Zaynabning otasi musulmonlarni yakka kurashga chaqiradi va Ali Horisni oʻldirishidan oldin ularning bir nechtasini ham oʻldirdi. Keyin Marhab ibn al-Horis ukasi uchun qasos olish maqsadida oldinga qadam tashlaydi, ammo qonli jangdan keyin Ali ham uni oʻldiradi. Keyin Marhabning ukasi Yosir Marhabdan qasos olish uchun yugurib chiqadi. Biroq uni Zubayr ibn al-Avvom oʻldiradi[4]. Shundan keyin umumiy jang boshlanadi. Musulmonlar Zaynabning ukasi al-Horisni oʻldirganlaridan keyin yahudiylar magʻlub boʻladilar. [5][9]

Keyingi oʻn kun ichida tinch aholi, Zaynab bir qancha qurol-yarogʻlar va xazinalar al-Xatiba qal’alariga xavfsiz ravishda olib kelinganiga guvoh boʻladi. Musulmonlar Natot va al-Shiqq hududlaridagi qal’alarni egallab oladilar. Kuchsiz qal’alar zabt etilganidan keyin tinch aholi tunda boshqa qal’aga koʻchiriladi. Nihoyat, bosqinchilar al-Xatibaning uchta qal’asiga ham hujum qilishadi. Oʻrtada kuchli jang boʻlmaydi, ammo himoyachilar qamalga uzoq muddat dosh bera olmaydilar, chunki Muhammad ularning suv taʼminotini uzib qoʻyadi. Shunday qilib, Haybar qal’asi ham Muhammadga taslim boʻladi[5][10].

Muhammadga suiqasd

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haybar tomondan boshliqlar taslim boʻlish shartlarini muhokama qilish uchun Muhammadning oldiga borganlarida, askarlar qurol-yarogʻ, xazinalar va asirlarni yigʻish uchun qal’alarga boradilar. Zaynab esa Muhammadning eng yaxshi koʻrgan taomi nima ekanligini surishtiradi. Muhammad qoʻzichoq yelkasini yoqtirishini eshitib, oʻz suruvidagi qoʻzichoqni (baʼzi manbalarga koʻra echki deb aytiladi) soʻyib, yelkasiga zahar surib, uni qovuradi. Sulh boʻyicha muzokaralar tugagach, Zaynab Muhammadning huzuriga kirib, oʻzi tayyorlagan taomni sovgʻa sifatida unga tortiq qiladi[3][6]. Muhammad qoʻzichoq yelkasidan bir luqma olib, uni chaynaydi, lekin yutmaydi. U bilan birga boʻlgan Bishr ibn al-Baro ham goʻshtdan biroz oladi va uni chaynab yutib yuboradi. Shu payt Muhammad: „Bu suyak menga zaharlanganligini aytdi“, deb goʻshtni tupurib yuboradi[4].

Zaharlangan Bishr esa oʻrnidan turolmay, rang-roʻyi yashil tusga kiradi[8]. Musulmonlar bir boʻlak goʻshtni itning oldiga tashlab qoʻyishadi, it uni yeb, darhol oʻladi[3].

Keyinchalik qoʻzichoq yelkasining Zaynab tomonidan zaharlanganini bilgan musulmonlar uni oʻldirish kerakmi deya soʻrashganlarida, Muhammad yoʻq deb javob beradi[6][4] va Zaynabni omon qoldiradi.

Zaharlangan qoʻy goʻshtini yegan Bishr ibn al-Baro umrining oxirigacha falaj boʻlib qoladi. U vafot etgach, oradan qariyb bir yil oʻtib, Zaynab Bishrning qarindoshlariga topshiriladi. Ular esa Bishr ibn al-Baro uchun qasos olishadi va uni oʻldirishadi[3][11][8].

  1. We Refuse to be Enemies: How Muslims and Jews Can Make Peace, One Friendship at a Time. Simon and Schuster, 20 April 2021. ISBN 978-1-951627-63-8. 
  2. Muhammad: A Very Short Introduction. Oxford University Press, 24 March 2011. ISBN 978-0-19-955928-2. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Muhammad ibn Saʼd. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 2. Translated by S. Moinul Haq (1972). Delhi: Kitab Bhavan.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Muhammad ibn Ishaq. The Life of Muhammad. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Haykal, Muhammad Husayn (1933). The Life of Muhammad. Translated by Ismail Raji al-Faruqi (2005). Kuala Lumpur: Islamic Book Trust.
  6. 6,0 6,1 6,2 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. The History of al-Tabari Volume 8: The Victory of Islam. Translated by Michael Fishbein (1997). Albany: State University of New York Press.
  7. Ilan, T. (2011). Lexicon of Jewish Names in Late Antiquity: Part IV: the Eastern Diaspora, 330 BCE – 650 CE. Tübingen: Mohr-Siebeck.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Muhammad in Umar al-Waqidi. The Life of Muhammad. Translated by Rizwi Faizer, Amal Ismail & AbdulKader Tayob (2011). Abingdon, Oxon. & New York: Routledge.
  9. Dinet, E., & Ibrahim, S. Ibn. (1916). The Life of Mohammad the Prophet of Allah. Paris: The Paris Book Club.
  10. Al-Mubarakpuri, S. R. (2002). The Sealed Nectar. London: Dar-us-Salam Publishers & Distributors.
  11. Abu Dawud 34:4498