Kontent qismiga oʻtish

Mexiko shahri

Koordinatalari: 19°25′10″N 99°8′44″W / 19.41944°N 99.14556°W / 19.41944; -99.14556
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Мехикоdan yoʻnaltirildi)
Mexiko
Skyline of Mexiko
Mexikoning bayrogʻi
Bayroq
Mexikoning rasmiy gerbi
Gerb
19°25′10″N 99°8′44″W / 19.41944°N 99.14556°W / 19.41944; -99.14556
Federal nom Federal okrug
Mamlakat Meksika
Hukumat
 • mer Marselo Ebrard
Zichligi 5950 kishi/km2
Mexiko xaritada
Mexiko
Mexiko

Mexiko (ispancha: Ciudad de México) — Meksika davlatining poytaxti. BMTning WUP 2003 maʼlumotlariga koʻra jahon miqyosida Tokyo shahridan keyin aglomerasiya boʻyicha 2-oʻrinda. Mexiko shahri hududida 9 millionga yaqin kishi yashamoqda. Mexiko shahri poytaxt boʻlishi bilan birgalikda Meksikaning siyosiy, iqtisodiy, sanoat va madaniy markazidir. Shaharning umumiy maydoni 1500 km2 atrofida.

Mexiko — Meksikaning poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Meksika togʻligining janubiy qismida, 2240 m balandlikda. Iklimi subtropik iqlim, oʻrtacha temperaturasi yanvarda 12°, iyulda 16°, eng issiq oy (aprel)da 18°. Yillik yogʻin 750 mm. M.da tez-tez changli boʻronlar va zilzilalar boʻlib turadi. Suv taʼminoti qiyin. Aholisi 8,6 mln. kishi (2000). M. atrofidagi shaharlar bilan jahonda eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri — Katta M.ni tashkil qiladi.

M. — Gʻarbiy yarim sharning eng qad. shaharlaridan. Shaharga 1325-yil atstek indeyslari tomonidan Tenochtitlan nomi bilan muhim savdo yoʻlida qalʼa sifatida asos solingan. 16-asr boshlariga kelib jahonda eng yirik shaharlardan biriga aylandi. 1521-yilda is-pan mustamlakachilari tomonidan shahar vayron qilingach, uning oʻrnida Yangi Ispaniya maʼmuriy markazi boʻlgan M. bunyod etilgan. 1821-yildan mustaqil Meksika poytaxti.

M. — transport yoʻllari tuguni. Xalqaro havo yoʻllarining yirik markazi. Metropoliten qurilgan. M. — Lotin Amerikasining yirik sanoat shaharlaridan biri. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining ʻ/2 qismi M.ga toʻgʻri keladi. 20-asrning 50-yillarigacha M.da oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikoʻvchilik, poyabzal, farmatsevtika sanoati korxonalari boʻlgan. 50-yillardan boshlab AQSH sarmoyasi hisobiga elektrotexnika, metallsozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigish ("Ford" va "Jeneral motore" korxonalari), neft kimyosi sanoatlari rivojlandi. M. yaqinida qurilish materiallari, sement zavodlari qurilgan. M. — mamlakatning yirik savdo va moliya markazlaridan.[1]

Birodar shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
 PER Arequipa, Peru
Andoza:Country data the People's Republic of China Pekin, Xitoy
 Lebanon Beyrut, Livan
 GER Berlin, Germaniya
 COL Bogota, Kolumbiya
 ARG Buenos Aires, Argentina
Andoza:Country data the United States Chikago, AQSh
 PER Kusko, Peru
 TUR Istanbul, Turkiya
 GUA Gvatemala shahri, Gvatemala
 RUS Kaliningrad, Rossiya
 PER Lima, Peru
Andoza:Country data the United States Los Anjeles, AQSh
 ESP Madrid, Ispaniya
 PAN Panama shahri, Panama
 MEX Dolores Hidalgo, Guanajuato, Meksika.
 MEX Cholula, Puebla, Meksika.
 BRA Rio de Janeyro, Braziliya
 El Salvador San Salvador, El Salvador
Andoza:Country data the United States Xyuston, AQSh
 Chile Santyago, Chili
 BRA San Paulu, Braziliya
 CAN Toronto, Kanada
 JPN Nagoya, Yaponiya
 South Korea Seul, Janubiy Koreya
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil