Kontent qismiga oʻtish

Stol tennisi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stol tennisi
XXXIII Olimpiada oʻyinlarida
ArenaParis Expo Porte de Versailles
Sanalar27-iyul – 10-avgust 2024-yil
No. of events5
Ishtirokchilar172
← 2020
2028 →

Parijdagi 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida stol tennisi musobaqalari 27-iyuldan 10-avgustga qadar Parij Expo Porte de Versailles koʻrgazma va konferensiya markazida oʻtkazildi[1][2]. Erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan jami 172 nafar stol tennischilar ushbu oʻyinlarda beshta yoʻnalish boʻyicha medallar uchun (erkaklar oʻrtasida yakkalik, ayollar oʻrtasida yakkalik, erkaklar oʻrtasida jamoaviy, ayollar oʻrtasida jamoaviy va aralash bahslar) kurash olib bordilar. Avvalgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ham aynan ushbu tartibdan foydalanilgan. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari dasturidan ilk bor oʻrin olgan aralash juftlik musobaqalari muvaffaqiyatli tarzda oʻtkazilganidan soʻng, bu yoʻnalish ikkinchi marotaba Yozgi Olimpiada oʻyinlarining stol tennisi dasturida saqlanib qoldi[3].

Parijda oʻtkazilayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida stol tennisi dasturidan oʻrin olgan erkaklar va ayollar oʻrtasida teng taqsimlangan 172 ta kvota oʻrinlari mavjud. MOQ ushbu musobaqalarda jami beshta yoʻnalish boʻyicha (erkaklar va ayollar oʻrtasida yakkalik bahslari, erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslar hamda aralash juftlik musobaqalari) sportchilarning medallar uchun kurash olib borishlarini belgilab qoʻygan[4]. Mezbon davlat Fransiya vakillari erkaklar va ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslarda toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etdi, yakkalik yoʻnalishida erkaklar va ayollardan faqat 1 nafarsa hamda aralash juftlik yoʻnalishida ishtirok etdi[5][6][7].

Ishtirokchi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]
D Dastlabki bosqich ¼ Chorak final ½ Yarimfinal F Final
Schedule[8]
Musobaqa↓ / Sana → Shan 27 Yak 28 Du 29 Se 30 Chor 31 Pay 1 Ju 2 Shan 3 Yak 4 Du 5 Se 6 Chor 7 Pay 8 Ju 9 Shan 10
Erkaklar yakkalik D ¼ ½ F
Erkaklar jamoaviy D ¼ ½ F
Ayollar yakkalik D ¼ ½ F
Ayollar jamoaviy D ¼ ½ F
Aralash juftlik D ¼ ½ F

Medallar uchun bahslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Medallar jadvali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

  *   Mezbon davlat (Fransiya)

OʻrinMOQOltinKumushBronzaUmumiy
1 Xitoy5106
2 Shvetsiya0202
3 Yaponiya0112
4 Shimoliy Koreya0101
5 Fransiya*0022
 Janubiy Koreya0022
Jami (6 davlat)55515

Medal sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa davomida
Bahs Oltin Kumush Bronza
Erkaklar yakkalik
batafsil
Fan Zhendong
Xitoy bayrogʻi Xitoy
Truls Möregårdh
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya
Félix Lebrun
Fransiya bayrogʻi Fransiya
Erkaklar jamoaviy
batafsil
 Xitoy
Fan Zhendong
Ma Long
Wang Chuqin
 Shvetsiya
Anton Källberg
Kristian Karlsson
Truls Möregårdh
 Fransiya
Simon Gauzy
Alexis Lebrun
Félix Lebrun
Ayollar yakkalik
batafsil
Chen Meng
Xitoy bayrogʻi Xitoy
Sun Yingsha
Xitoy bayrogʻi Xitoy
Hina Hayata
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Ayollar jamoaviy
batafsil
 Xitoy
Sun Yingsha
Wang Manyu
Chen Meng
 Yaponiya
Hina Hayata
Miwa Harimoto
Miu Hirano
 Janubiy Koreya
Shin Yu-bin
Jeon Ji-hee
Lee Eun-hye
Aralash juftlik
batafsil
 Xitoy
Wang Chuqin
Sun Yingsha
 Shimoliy Koreya
Ri Jong-sik
Kim Kum-yong
 Janubiy Koreya
Lim Jong-hoon
Shin Yu-bin