Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy
Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (arabcha: عبد الكريم بن محمد السمعاني— Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy — Toʻliq ismi Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113-1167)) — Muhaddis, tarixchi va adabiyotshunos.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sam’oniy 1113 yil Marvda tug‘ulgan. Ajdodlari butun islom olamida mashhur muhaddis, faqihlar bo‘lishgan. Marvdagi mashhur olimlardan saboq olgan. Dastlabki, sayohatini amakisi Ahmad ibn Mansur Sam'oniy bilan birga, Nishopurga qilgan. So‘ngra Xuroson, Movarounnahr, Iroq, Hijoz, Suriya va Tabariston shahri bo‘ylab uzoq safarda bo‘lgan. 8 yil Bag‘dodda yashagan, u yerdan 2 marta Makkaga haj qilgan. Ray, Hamadon, Damashq, Kufa, Basra, Tus, Quddusda bo‘lgan. Sayohati davomida olimlar bilan uchrashib, ulardan saboq olgan. 1143-44-yillarda Marvga qaytib, Amidiya madrasasida dars bergan.[1]
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyingi yillarda o‘g‘li Abdurrahmon bilan O‘rta Osiyo shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. U fiqh, hadis, arab tili tilshunosligi, grammatikasi, adabiyotiga doir 50 dan ziyod asar yozgan. Uning ayniqsa tarix va geografiyaga doir asarlari qimmatlidir.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning „Al-ansob“ („Nisbalar kitobi“)da Xuroson va Movarounnahrda yashagan yuzlab muhaddislar, mufassirlar, faqihlar haqida noyob maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, allomaning „Ad-daʼvatu-n-nabaviyya“ („Payg‘ambar duolari“) asari ham musulmonlar orasida keng tarqalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 595.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |