Kontent qismiga oʻtish

Alex Quaison-Sackey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alex Quaison-Sackey

Quaison-Sackey 1964-yil
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 19-prezidenti
Mansab davri
1964-yil – 1965-yil
Avvalgisi Carlos Sosa Rodriguez
Keyingisi Amintore Fanfani
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ganadagi vakili
Mansab davri
30-iyun 1959-yil – 1965
Prezident Kwame Nkrumah
Avvalgisi Daniel Chapman
Keyingisi Fred Arkurst
Tashqi ishlar vaziri (Gana)
Mansab davri
1965-yil – 1966-yil
Prezident Kwame Nkrumah
Avvalgisi Kojo Botsio
Keyingisi Joseph Arthur Ankrah
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-avgust 1924-yil
Winneba
Vafoti 21-dekabr 1992-yil(1992-12-21)
(68 yoshda)
Akkra
Millati Gana
Siyosiy partiyasi Xalq Konvensiyasi partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Elsie Annie Blankson
Bolalari Egya, Nana, Awo, Kweku Bondzie, Nenyi (Nii) and Yaaba
Istiqomat joy(lar)i Akkra
Kasbi diplomat

Alex Quaison-Sackey (1924-yil, 9-avgust - 1992-yil, 21-dekabr) — ganalik diplomat bo'lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining prezidenti lavozimini egallagan birinchi qora tanli afrikalik edi.

Hayoti va ta'liimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quaison-Sackey Gananing markaziy mintaqalaridan biri bo'lgan Winnebada tug‘ilgan[1]. Quaison-Sackey o‘rta ta’limni Ganada Markaziy mintaqasining Cape sohilidagi Mfantsipim maktabida olgan va Akkra yaqinidagi Achimota kollejida tahsil olgan. So‘ngra Quaison-Sackey Buyuk Britaniyaga yo‘l oladi. Oksford universitetining Exeter kollejida falsafa, siyosat va iqtisod bo‘yicha tahsil oldi. Uni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Gananing dastlabki tashqi ishlar xizmati xodimlaridan biri etib tayinlanganidan keyin, London iqtisodiyot maktabida xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohalarida ham ta’lim oldi[2].

Diplomatik faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quaison-Sackey 1959-yil 30-iyundan 1965-yilgacha Gananing Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi ikkinchi elchisi va doimiy vakili bo‘lib ishlagan[3]. Quaison-Sackey 1964-yildan 1965-yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining raisi lavozimini egallab, bu mansabga tayinlangan birinchi qora tanli afrikalik bo‘ldi. Shu davrda Quaison-Sackey 1961-1965-yillarda Gananing Kubadagi elchisi va 1962-1964 yillarda Meksikadagi elchisi vazifalarini ham bajargan. 1965-yilda Quaison-Sackey Gana tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi, ammo bu lavozimda bor-yo‘g‘i bir necha oy ishladi, chunki 1966-yil fevralida prezident Nkrumah hokimiyatdan ag‘darilgach, u ham lavozimidan chetlashtirildi. Quaison-Sackey yana 1978-yilda leytenant general Fred Akuffo boshchiligidagi Oliy Harbiy Kengash tomonidan Qo‘shma Shtatlardagi elchi etib tayinlangan[1].

Quaison-Sackey Kwame Nkrumahning Xalq konvensiyasi partiyasi hukumatida tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Alex Nkrumah bilan Shimoliy Vyetnam safariga borganida, hukumat 1966-yil 24-fevralda leytenant general Joseph Arthur Ankrah boshchiligidagi Milliy ozodlik kengashi, harbiy to‘ntarish natijasida ag‘darilgan[1].

Quaison-Sackey 1992-yil 21-dekabrda Akkradagi „Korle Bu Teaching Hospital“da o‘pka emboliyasi tufayli 68 yoshida vafot etdi[1].

Quaison-Sackeyning ota-onasi Alex Emmanuel Sackey (1902-1972) va Alberta Quaisonlar edi. Alex Elsie Annie Blanksonga (1927-2003) turmushga chiqdi[4]. Ularning olti farzandi bor edi - marhum Egya, marhum Nana, Awo, Kweku Bondzie, Nenyi (Nii) va Yaabalar. Ularning nevaralari - Kwesi Awenate, Kodwo, Nana, Egya, Selasie va Sena.

Keyinchalik Quaison-Sackey 1963-yil may oyida Praeger tomonidan nashr etilgan „Africa Unbound: Reflections of an African Statesman“ nomli kitobida Gananing dastlabki kunlaridagi diplomatik masalalar bilan bog‘liq tajribalari haqida yozgan[5]. Ushbu kitobda Quaison-Sackey o‘zining „Negr“ - „Qoralik sifatining qabul qilinishi va tasdiqlanishi" tushunchasini tavsiflaydi. Bu barcha qora tanli xalqlarning qardoshlik ma’naviy aloqalarida psixologik tushuncha bo'lib qoladi“[6].

Oldingisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidentlari
1964–1965-yillar
Keyingisi
Oldingisi
Daniel Chapman
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ganadagi vakili
1959–1965-yillar
Keyingisi
Fred Arkurst
Oldingisi
Gananing Kubadagi elchisi
1961–1965-yillar
Keyingisi
Oldingisi
Gananing Meksikadagi elchisi
1962– 1964-yillar
Keyingisi
Oldingisi
Gananing AQShdagi elchisi
1978–80
Keyingisi
Siyosiy idoralar
Oldingisi Gana Tashqi ishlar vaziri
1965–1966-yillar
Keyingisi
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Alex Quaison-Sackey, Ghanaian Official, 68“. The New York Times (1992-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.
  2. „ALEX QUAISON-SACKEY (GHANA) ELECTED PRESIDENT OF THE NINETEENTH SESSION OF THE GENERAL ASSEMBLY“. Biography on Official Website. United Nations. Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.
  3. „Permanent Mission of Ghana to the United Nations - Past Ambassadors“. United Nations. 2009-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-aprel.
  4. „Alex Quaison Sackey“. Genealogy. [Ancestry.com]. Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.
  5. Quaison-Sackey, Alex. Africa Unbound: Reflections of an African Statesman. New York: Praeger, 1963 — 180-bet. Qaraldi: 2010-yil 18-aprel. [sayt ishlamaydi]
  6. Hellman, Geoffery T.. „The Talk of the Town "Ambassador from Ghana"“. archives. The New Yorker (1963-yil 3-avgust). Qaraldi: 2010-yil 18-aprel.