John William Ashe
John William Ashe | |
---|---|
Ashe 2009-yilda | |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti | |
Mansab davri 17 sentyabr, 2013-yil – 16 sentyabr, 2014-yil | |
Oʻtmishdoshi | Vuk Jeremić |
Vorisi | Sam Kutesa |
YUNISEF Prezidenti | |
Mansab davri 2012-yil | |
Oʻtmishdoshi | Sanja Štiglic |
Vorisi | Jarmo Viinanen |
Antigua va Barbudaning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 1995-yil – 2004-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
20-avgust 1954-yil Sent-Jons, Antigua va Barbuda |
Vafoti |
22-iyun 2016-yil (61 yoshda) Dobbs Ferry, Nyu-York, AQSh |
Fuqaroligi | Antigua va Barbuda |
Istiqomat joy(lar)i | Dobbs Ferry, Nyu-York, AQSh |
Alma mater |
Pensilvaniya universiteti (magistratura, falsafa doktori, bioenergetika) Nova Scotia texnika universiteti (magistratura, elektr muhandisligi) Sankt-Meri universiteti (Halifax) |
John William Ashe (1954-yilning 20-avgusti – 2016-yilning 22-iyuni) Antigua va Barbudalik diplomat va siyosatchi edi. Ashe 2013-yil sentyabrdan 2014-yil sentyabrgacha davom etgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasi prezidenti boʻlgan[1]. Shuningdek, Ashe 2012-yilda YUNISEF Ijroiya kengashining prezidenti boʻlgan. Ashe 1995-yildan 2004-yilgacha Antigua va Barbudaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili sifatida xizmat qilgan.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashe Sent-jons shahridagi, Antigua orolida tugʻilgan[2]. Ashening ota-onasi oʻrta maktabni tugatmagan. Uning otasining bobosi imzo qoʻyganda „X“ belgisidan foydalangan va onasi esa Barbadosdagi qul plantatsiya egalari avlodlaridan biri edi. Shu sababli, Ashe oilasida birinchi boʻlib universitetda oʻqigan[3]. Ashe Sent Mery universiteti (Halifax) va Nova Scotia texnika universitetini bitirgan[4]. 1989-yilda Ashe Pensilvaniya universitetidan bioenergetika boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan[5][6][7][8].
Siyosiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yildan 1995-yilgacha Ashe Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi oʻz mamlakatining doimiy vakolatxonasida ilmiy attashe, maslahatchi sifatida ishlagan. 1995-yildan 2004-yilgacha Ashe Antigua va Barbudaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagidagi doimiy vakilining oʻrinbosari boʻlgan. Ashe 2005-yilning 11-22-aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida boʻlib oʻtgan barqaror rivojlanish boʻyicha komissiyaning oʻn uchinchi sessiyasi raisi sifatida xizmat qilgan[manba kerak].
2009-yil aprel oyida Ashe Kyoto protokoliga binoan I tomonlarning keyingi majburiyatlari boʻyicha „Ad Hoc“ ishchi guruh (AWG-KP) raisi etib saylandi va Kopengagenda boʻlib oʻtgan 2009-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasining yakuniy bosqichidagi muzokaralarni nazorat qilish mas’uliyatini oldi[9]. 2011-yil oxiriga kelib, Ashe barcha 33 Lotin Amerikasi va Karib havzasi guruhi aʼzo davlatlari tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasi prezidenti uchun yagona nomzod sifatida koʻrsatilgan[10]. Shu tufayli saylov oʻtkazish talab qilinmagan, saylovda daʼvogarlik qilgan oʻzidan oldingi Vuk Jeremićdan farqli o'laroq, Ashe 2012-yilgi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti saylovida raislik qilish uchun saylov oʻtkazishga majbur boʻlmagan[11].
Ashe biologik xilma-xillik va choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyalari, Bazel konvensiyasi va Monreal protokoli doirasida budjet va maʼmuriy masalalar boʻyicha muzokaralarga boshchilik qildi. Ashe Birlashgan Millatlar taraqqiyot dasturi, Birlashgan Millatlar aholishunoslik fondi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) ijroiya kengashlarida xizmat qildi. Shuningdek, Ashe oʻz mamlakatining Jahon savdo tashkilotidagi elchisi boʻlib, Jahon savdo tashkiloti va barqaror rivojlanish masalalari boʻyicha vazirlik mas’uliyatiga ega edi[manba kerak].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashe 2016-yilning 22-iyunida Nyu-Yorkning Dobbs Ferry shahridagi uyida oʻlik holda topilgan. Westchester okrugi, Nyu York tibbiy ekspertizaning xabar berishicha, Ashe jarohatlar (xususan, travmatik asfiksiya) va hiqildoqning sinishi tufayli vafot etgan[12][13].
Ashe oʻzidan keyin rafiqasi Anilla Cherian va ikki farzandini qoldirgan[14][15][16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „General Assembly opens its 68th session with long-term development a prime goal“. United Nations News Centre (17 September) (2013). Qaraldi: 2015-yil 6-oktyabr.
- ↑ Aaron Morrison - Special to the Miami Herald. „Antiguan Assembly head increases Caribbean prominence at U.N.“ (en). bradenton.com. The Bradenton Herald (2013-yil 25-sentyabr). — „Born in St. John’s to Arnold and Beryl Ashe, both deceased, John is one of seven siblings.“. Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ „UN General Assembly General Debate of the [node:field-ga-session]th Session - President of the UNGA (Opening)“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-sentyabr.
- ↑ „WEDDINGS;Anilla Cherian and John Ashe“ (en). The New York Times (1996-yil 2-iyun). — „He graduated from St. Mary's University in Nova Scotia and the Technical University of Nova Scotia, from which he received a master's degree in electrical engineering. He also holds master's and Ph.D. degrees in bioengineering from the University of Pennsylvania.“. Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ „WEDDINGS;Anilla Cherian and John Ashe“ (en). The New York Times (1996-yil 2-iyun). — „He graduated from St. Mary's University in Nova Scotia and the Technical University of Nova Scotia, from which he received a master's degree in electrical engineering. He also holds master's and Ph.D. degrees in bioengineering from the University of Pennsylvania.“. Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ Aaron Morrison - Special to the Miami Herald. „Antiguan Assembly head increases Caribbean prominence at U.N.“ (en). bradenton.com. The Bradenton Herald (2013-yil 25-sentyabr). — „...after having earned a Ph.D. in bioengineering in 1989 from the University of Pennsylvania.“. Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ UNIS. „Press Releases: Biographical Note, John William Ashe of Antigua and Barbuda Fifth Committee Chairman [self-created biography in a UNIS press release on committee appointment“]. United Nations Information Service (Vienna, 14 September) (2005). Qaraldi: 2015-yil 6-oktyabr.[yaxshiroq manba kerak]
- ↑ „1st Implementation Cycle - Policy Session“. 2009-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-dekabr.
- ↑ „Antigua and Barbuda's ambassador Dr John Ashe releases two key negotiating texts ahead of key climate change talks“. 2011-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 8-aprel.
- ↑ „Antiguan endorsed as president of 2013 UN General Assembly“. Caribbean360 (2011-yil 2-dekabr). 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Vuk Jeremic is standing for the presidency of the UN General Assembly“. The Economist (2012-yil 7-iyun). Qaraldi: 2016-yil 28-aprel.
- ↑ Neumeister, Larry. „Coroner: Ex-UN official died when barbell fell on his neck“. Associated Press (2016-yil 23-iyun). 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-iyul.
- ↑ Steven Visser & Rob Frehse, John Ashe, ex-U. N. leader indicted last year, dies, CNN (June 23, 2016)
- ↑ „John Ashe, Ex-U.N. General Assembly President in U.S. Bribery Case, Dies: Lawyer“ (en). Reuters (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ Sengupta, Somoni „John Ashe, Ex-Diplomat Accused in U.N. Corruption Case, Dies at 61“ (en). cnn.com. CNN (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2016-yil 23-iyun.
- ↑ „AP: Ex-UN official chief from Dobbs Ferry dies amid bribery case“ (en). lohud.com. The Journal News (2016-yil 23-iyun). — „Ashe died at his home in Dobbs Ferry, according to Sgt. Vincent Ingani, of the Dobbs Ferry Police Department“.
- 20-avgustda tugʻilganlar
- 1954-yilda tugʻilganlar
- 22-iyunda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Vikipediya:Manbasiz taʼkidli maqolalar
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidentlari
- Antigua va Barbudalik siyosatchilar
- Antigua va Barbudalik diplomatlar
- Pensilvaniya universiteti bitiruvchilari