Kontent qismiga oʻtish

Anʼom surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Anʻom surasidan yoʻnaltirildi)
Aʼrof    6–sura   Moida
Anʼom surasi — سورة الأنعام
Qurʼon nusxalaridan biridagi Anʼom surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 165, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 6, qora rangda - Anʼom surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 55, 3. Rukuʼsi soni - 20; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:6, 3. Nozil boʻlish tartibi:55, 4. Rukuʼsi:20, 5. Oyati:165, 6. Porasi (Juzi):7-8 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Chorvalar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 128–150[4]
Juz 7-8
Sura raqami 6
Oyatlar soni 165
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 20[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 3055
Harflar soni 12418
Nozil boʻlish tartibi 55[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Aʼrof surasi  Keyingisi 6 Oldingisi  Moida surasi
Nozil boʻlish tartibi
Saffot surasi   Keyingisi 55 Oldingisi  Hijr surasi
                                   

Anʼom surasi (arabcha: سورة الأنعام, nomining maʼnosi — Chorvalar[8][9]) — Qurʼonning 6-surasi. Makkiy suralardan biri, 165 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 128–150[10]-sahifasida va 7-8-juzida joylashgan. 55-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada soʻz eʼtiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu eʼtibori bilan Madinada nozil boʻlgan Baqara, Ol-i Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning oʻziga xos belgilari — roʻza, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida soʻzlanmaydi. Balki unda eʼtiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va paygʻambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida boʻladigan hisob-kitob borasida soʻz yuritiladi.

«Anʼom»dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, maʼbudlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u paygʻambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning zurriyotidan boʻlgan bir qancha paygʻambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb taʼkidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning oʻz qoʻlida ekanligi yana bir bora eslatib oʻtiladi. Boshqa suralar boʻlinib-boʻlinib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada dafʼatan toʻla nozil boʻlgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u «Anʼom» — «Chorvalar» deb ataladi.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

Anʼom surasi

Keyingisi: Aʼrof surasi 6-sura — arabcha matni Oldingisi: Moida surasi