Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi
Andijon viloyat o'lkashunoslik muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1934-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Abdurauf Fitrat koʻchasi 259-uy |
Direktor | Shaxlo Abdullayeva |
Andijon viloyatI oʻlkashunoslik muzeyi — Andijon shahrida joylashgan muzey. Viloyatning qishloq xoʻjaligi sohasida erishgan yutuqlari asosida shakllangan koʻrgazmalaridan tashkil topgan (1934). Muzeydan Fargʻona vodiysida hayot kechirgan xalqlar tarixi, madaniyati, vodiyning tabiati, tabiiy boyliklari, xalq xoʻjaligi yutuqlari, viloyatning mehnat va iqtisodiy aloqalarini aks ettiruvchi koʻrgazmalar, muhim tarixiy hujjatlar va ashyoviy dalillar, 300 ga yaqin tasviriy sanʼat namunalari, 1000 dan ziyod amaliy sanʼat buyumlari va boshqa bir qancha eksponatlar oʻrin olgan. Muzeyda, shuningdek, oʻlka tabiati, moddiy-maʼnaviy madaniyati, tarixini oʻzida aks ettirgan 30 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi (2000). Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyining Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa, Ulugʻnor, Jalaquduq va boshqa tumanlarda ham boʻlimlari mavjud. Muzey 1982-yilda barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy binoga koʻchirib oʻtkazilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1934-yilda Jomiy meʼmoriy majmuasi hududida, oʻsha paytda bozor sifatida foydalanilgan madrasa binosida sovet hokimiyati Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyini tashkil etishga qaror qiladi. 1970-yilda binoda O‘zbekiston Davlat adabiyot muzeyi filiali ochiladi. Keyinchalik Andijon viloyati Asaka tumanida Andijon viloyati adabiyot va sanʼat muzeyi, 1995-yilda esa madrasa binosida Andijon viloyati adabiyot va sanʼat muzeyining xalq amaliy sanʼati bo‘limi (keyinchalik ushbu boʻlim bosh binoga aylantiriladi) tashkil etiladi. O‘lkashunoslik muzeyi esa alohida binoga ko‘chirilib, Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeyi filialiga aylantiriladi[1][2][3].
Muzeyning boʻlimlari va filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andijon viloyati tarix va madaniyat muzeyi bosh binosi;
- Oʻlkashunoslik muzeyi;
- Tasviriy sanʼat kafedrasi;
- Zahiriddin Bobur uy-muzeyi;
- Abdulhamid Cho‘lpon memorial muzeyi;
- Zokirjon Habibiy memorial muzeyi.
2023-yilda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati „O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlari“ turkumidagi Andijon davlat tarix va madaniyat muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan eksponatlar toʻgʻrisida kitob-albom tayyorlash ishlari boshlanganini eʼlon qiladi. Muzey xodimlari esa ushbu kitob-albom uchun yaratilgan bir qancha maqolalar muallifi hisoblanishadi[4].
Muzey kolleksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh bino
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon viloyati oʻlkashunoslik muzeyi kolleksiyasi dastlab XX asrning birinchi yarmida Fargʻona vodiysi hududidan oʻrin olgan Elatan, Shoʻrtepa, Lumbitepa, Gʻayrattepa aholi punktlarida olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan arxeologik topilmalar va eksponatlar, mahalliy aholi, jumladan, andijonlik hunarmandlar tomonidan taqdim etilgan sanʼat asarlari bilan toʻldirilgan. Eksponatlar orasida gilam va so‘zanalar, kulollar yasagan buyumlar, yog‘och va metall o‘ymakorligi buyumlari mavjud boʻlgan. XX asrning boshlarida andijonlik hunarmandlar tomonidan yaratilgan ko‘rpalar to‘plami muzeyning faxri bo‘lib, unga o‘rta asrlarda yozilgan sheʼrlardan misralar tikib ishlangan.
Muzey kolleksiyalaridan, shuningdek, Imom az-Zamaxshariyning „Tafsiri Kashshof“ qoʻlyozma jildlari, Shayx Abu Tolib al-Makkiyning „Quvtul kulub“ kompozitsiyasi, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy qoʻlyozmasi, 1937-yilda xattot va rassom Mirzo Ibrohim Subxiy tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalar ham oʻrin olgan boʻlib, ular muzey qoʻlyozmalari fondida jamlanadi. Muzeyda Boburiylar va temuriylar davrida foydalanilgan tangalardan tashkil topgan numizmatik kolleksiya ham mavjud. Shuningdek, kolleksiyada Qoraxoniylar davriga oid nodir tanga boʻlib, unga Qurʼon suralari zarb qilingan[5].
Oʻlkashunoslik muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻlkashunoslik muzeyi kolleksiyasida 66 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Ular orasida arxeologik topilmalar, Fargʻona vodiysining zamonaviy ustalari tomonidan yaratilgan asarlar, taxidermiya usulida ishlangan haykallar ham bor. Muzey fondida to‘plangan barcha eksponatlar Farg‘ona viloyati hududidan topilgan yoki oʻsha hududda tayyorlangan[6].
Tasviriy sanʼat kafedrasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tasviriy sanʼat kafedrasi Qal’a tarixiy majmuasida joylashgan boʻlib, 1880—1881-yillarda chor Rossiyasi harbiylari buyrugʻi bilan harbiy qal’a sifatida barpo etilgan. Ekspozitsiyada XX asr oʻzbek rassomlarining 103 ta asari, jumladan, Malik Nabiyev, Obid Bakirov, Xasan Saidovlarning sanʼat namunalari keltirilgan[7].
Zahiriddin Bobur uy-muzeyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zahiriddin Muhammad Bobur uy-muzeyida Agra va Kobuldagi Bobur jasadi qoldiqlari dafn etilgan qabrdan keltirilgan tuproqlar mavjud. Muzey kolleksiyasidan Temuriylar va Buyuk Moʻgʻullar davriga oid eksponatlar, shuningdek, Bobur va uning qizi Gulbadan begim ijodidan namunalar hamda „Boburnoma“dan oʻrin olgan miniatyuralarning noyob nusxalari joy olgan[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi;
- Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi;
- Qo‘qon o‘lkashunoslik muzeyi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Андижон вилоят тарихи ва маданияти давлат музейи“ (uz). Государственный музей истории и культуры Андижанской области.
- ↑ uza.uz. „Укрепляется международное сотрудничество“ (uz). Uza.uz (2022-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ admin. „Андижанский областной государственный музей истории и культуры“ (ru-RU). Сайт народных ремёсел Узбекистана (2020-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ Society. „30 слов на маленькой монете и другие артефакты древности. О чем расскажут сокровища музея в Андижане?“ (ru). Society. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Редчайшие экспонаты музея Андижана войдут в новую книгу серии «Культурное наследие Узбекистана»“ (ru). Darakchi. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Андижанский краеведческий музей, Андижан“. www.advantour.com. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Государственный музей истории и культуры Андижанской области“. Telegram. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
- ↑ „Мемориальный парк и дом-музей Бабура“. meros.uz. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |