Kontent qismiga oʻtish

Asaka (shahar)

Koordinatalari: 40°38′0″N 72°14′0″E / 40.63333°N 72.23333°E / 40.63333; 72.23333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asaka, Uzbekistandan yoʻnaltirildi)
Asaka
shahar
40°38′0″N 72°14′0″E / 40.63333°N 72.23333°E / 40.63333; 72.23333
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Andijon viloyati
{{{tuman_turi}}} Asaka (tuman)
Hukumat
Asos solingan 1924
Ilk eslatilishi X asr
Avvalgi nomlari Assake
Zelensk (1924–1937)
Leninsk (1937–1991)
Qachondan beri shahar 1991
Maydon 91 km2 (35 kv mi)
Iqlim turi kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2023)
120 000
Milliy tarkib oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99874
Avtomobil kodi 60
Asaka xaritada
Asaka
Asaka

Asaka (1937—1991-yillarda Leninsk) — Andijon viloyatidagi shahar (1937-yildan). Asaka tumanining maʼmuriy markazi. Andijon — Toshkent temir yoʻlidagi Asaka stansiyasidan 4 km. Margʻilon, Fargʻona va Andijonga boradigan avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Asakadan Andijon shahrigacha 16 km. Shahar adirlar yoqalab oqayotgan Shahrixonsoy sohilida, dengiz sathidan 495 m balandlikda joylashgan. Uning yon atrofini paxta dalalari, yon-bagʻirlarini bogʻlardan iborat adirlar oʻrab turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 26, G, yanvarniki — 2,9°. Viloyatning Andijondan keyingi yirik industrial shahri. Aholisi 52,8 ming kishi (2000).

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (professor T. Shirinov) „Asaka“ nomini Fargʻonada miloddan avvalgi 6-5-asrlarda yashagan sak qabilalari bilan bogʻlaydi. Chunki bu qabila baʼzi joylarda „assakenlar“ nomi bilan ham yuritilgan. Ularda „asvaka“ — ot, „assaka“ — otliqlar maʼnosini bildirgan. Arxeolog B.Matboboyev yuqoridagi fikrni vodiyning sharqiy qismida topilgan toshlardagi otlar tasviri bilan asoslashga harakat qilgan va shu joylarda nasldor otlar yetishtirilgan degan fikrni ilgari surgan. Toponomist olim S.Qorayev Asaka tumanidagi „Axtachi“ qishlogʻi nomi moʻgʻulcha boʻlib, ot tabibi (sinchi), otboqar degan maʼnoni bildirishini taʼkidlab, yuqoridagi mulohazalarni birmuncha tasdiqlaydi. Shularga asoslanib Asaka shahrining 60 yilligi (1997-yil) munosabati bilan katta yoʻl yoqasidan shaharga kiraverishdagi maydonda tulpor otning ramziy haykalchasi qoʻyildi.

Asaka shahrining qadimgi davr tarixi bilan bogʻliq arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Umuman Asakaning qadimgi tarixi Fargʻona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qadimgi shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bogʻliq. Asaka 19-asr tarixchisi Avaz Muhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ va „Tarixi Xoʻqand“ asarlarida tilga olingan. Uning yozishicha, Asaka shahri hududida Xudoyorxon qal’a qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham boʻlgan. 18-asr oxirida qurilgan Shahrixonsoy ka-nali shaharning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 1899-yil Toshkent — Andijon temir yoʻl qurilishi munosabati bilan Asakaga uz. 4 km li temir yoʻl shoxobchasi oʻtkazildi. Shundan soʻng Asakada yevropalik, xususan rus va mahalliy boylar sanoat korxonalarini qura boshladilar. 20-asr boshlarida Asakada 2 ming kishi yashagan. Paxta tozalash va yogʻ zavodlari boʻlgan. Aholining asosiy qismi mayda hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 1946-yilda motor taʼmirlash zavodi qurib bitkaziddi. Yogʻ-moy zavodida issiqlik elektr markazi ishga tushdi. Urushdan keyingi yillarda Asaka yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xoʻjaobod gaz koni munosabati bilan Asaka shahar sanoat korxonalari salmogʻi ortdi. Yuqoridagi konlarni maxsus uskuna va texnika jihozlari bilan taʼminlovchi omborxonalar qurildi. Polvontosh — Asaka gaz kuvuri yotqizildi (1947). 60-yildan shahar sanoati korxo-nalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi. 70 −90-yillarda toʻqimachilik korxonasi (hozirgi „Asakatoʻqimachi“ aksiyadorlik jamiyafti), paxta tozalash zavodlari, elektrotenika, avtomobil tuzatish korxonalari qurildi.1994-yil noyabrda „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasi inshootlari qurilishi bosh-lanib, korxona 2 yilda ishga tushirildi: 1996-yil 19-iyulda zavodning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov, DEU korporatsiyasining Prezidenti Kim U Jung janoblari tashrif buyurdilar. Korxonadan jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yoqilgʻini kam sarf-laydigan ixcham, chiroyli, qulay boʻlgan „Damas“, „Tiko“, „Neksiya“ avtomobillari chiqarila boshladi (qarang Avtomobil, Asaka avtomobil zavodi). „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasining salmogʻi Asaka shahri sanoat korxonalari mahsulotlarining 92,3% ga, Andijon viloyat sanoat korxonalari mahsulotlarining 55,2% ga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari shaharda „OʻzDEUavto“ qoʻshma korxonasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi „OʻzDong-Vong“ qoʻshma korxonasi, „Anzis“ zavodi, shuningdek Italiya bilan hamkorliqda makaron ishlab chiqaruvchi „FAM“ qoʻshma korxonasi bor. Asakada hammasi boʻlib 12 yirik sanoat korxonasi ishlaydi; 510 dan ziyod kichik va oʻrta biznes bilan shugʻullanuvchi xususiy firma faoliyat koʻrsatadi (2000). Asaka sanoati rivojlanishi bilan birga har jihatdan qayta qurilmoqda: yangi koʻchalar ochilmoqda, yoʻllar qurilmoqaa. Xonobod-Asaka suv quvuri yotqizildi. Shaharda Toshkanboy Egamberdiyev nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Bogʻning eng toʻrida Asakada yashab oʻtgan avliyolardan Xoja Abdulloh Tugʻdor qabri oʻrnida maqbara qurildi. Bu joy ziyoratgoh, muqaddas maskan hisoblanadi. Ziyoratgoh yaqinida Shahrixonsoyning bosh toʻgʻoni joylashgan. Shu yerdan Oxun-boboyev soyiga, Asaka tashlamasi kanali va bir necha ariqlarga suv taqsimlanadi. Asakada 2000-yilda maishiy xizmat kasb-hunar kolleji qurilib ishga tushdi. 1999/2000 oʻquv yilida 10 umumiy taʼlim maktabi, gimnaziya, akademik litsey, kol-lejda 12 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi; 22 bolalar bogʻcha va yaslilari, 4 kasalxo-na, salomatlik markazi, poliklinika va ambulatoriya ishladi. Shaharda 2 kinoteatr, madaniyat uyi, 2 klub, 15 kutubxona, 3 stadion bor. 16 fuqarolar yigʻini tashkil etilgan (2000-yil). Asaka — Andijon, Asaka — Fargʻona yoʻnalishida avtobus qatnaydi. „Asaka oqshomi“ shahar gaz. chiqadi. Asaka teatri — 1932-yil havaskor yoshlarning „Koʻk koʻylak“ truppasi aso-sida tashkil etilgan. 1935—1939-yillar viloyat musiqali drama teatri deb nom-langan. Teatr jamoasi turli davrlarda ishlagan sanʼatkorlar: Zulunbek Mamadaliyev (rejissyor), Gʻanijon Toshmatov, Yusufjon Dadajonov, Qahramon Yoʻlchiyev, Gʻulomjon Roʻziboyev (musiqa rahbarlari), Mamanurqori Dolixoʻjayev, Abduraim Matkarimov, Halimaxon Dadajonova (aktyorlar), Tursunxon Akbarova, Oyshaxon Usmonova, Habibaxon Oxunova, Tursunboy Yusupov (xonandalar), Shirmonxon Gʻoziyeva, Oydin Akbarova (raqqosalar) va boshqa Repertuarlarida „Halima“, „Nurxon“, „Gulsara“, „Farhod va Shirin“ kabi mumtoz sahna asarlari bor edi. 1939-yil teatr jamoasi tarqatib yuborildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda yana shakllandi va „Neftchilar“ klubida faoliyat koʻrsatdi. 1959-yilda teatr „xalq teatri“ga aylanti-rildi.[1]

Oktabr inqilobiga qadar shahar oʻrnida Assake qishlogi boʻlgan. 1898-yilda qadar esa bu manzilgoh oʻrnida 1898-yilgi Andijon qoʻzgʻolonining markaziga aylangan qishloq boʻlgan[2],[3].

1924-1937-yillarda shahar, bolshevik rahbar Zelenskiyning nomiga Zelensk deb atalgan. Zelenskiy qatagʻonga uchraganidan soʻng, 1937-yilda shahar nomi bolsheviklar dohiysi sharafiga Leninsk deb oʻzgartirilgan. 1991-yilda shaharning tarixiy nomi qayta tiklangan.

Asaka 2010-yildan tumanga boʻysunuvchi shahar maqomida, ungacha esa u viloyatga boʻysungan.[4]

Asaka Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati markazi hisoblanadi, 1990-yillarning oxirida yiliga 250 ming donagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Daewoo avtomobil zavodi qurib bitkazilgan. UzDeu Avto amalda shahar miqyosidagi ishlab chiqarish korxonasi hisoblanadi.

Shuningdek, shaharda boshqa bir qator zavodlar: UzDongVonKo, paxta tozalash, yogʻ-moy, avtoremont, temir-beton uskunalar, qurilish materiallari, kislorod ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar bor.

Shahardan Andijon — Qoʻqon temiryoʻl liniyasi oʻtgan, shaharning oʻzida „Asaka (temiryoʻl stansiyasi)“ temiryoʻl stansiyasi bor. Shahar, shuningdek, Margʻilon, Fargʻona va Andijonga olib boruvchi avtomobil yoʻllari tuguni ham hisoblanadi.

Shahar yaqinida neft va tabiiy gaz qazib olinadi.

Oʻquv muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asakada savdo, tibbiyot, sanoat, xalq xoʻjaligi, iqtisodiyot kollejlari, shuningdek, akademik litsey bor.

  1. "Asaka (shahar)" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. G. P. Fyodorov „Moya slujba v Turkestanskom krae. (1870-1910). XVIII“.
  3. Naselenie Ferganskoy dolini v konse XIX — nachale XX vv. (etnokulturnie protsessi). Russkie v Ferganskoy doline (Wayback Machine saytida 2012-02-04 sanasida arxivlangan): „Russkoe selo bilo osnovano na meste neskolkix kishlakov v Mingtyubinskoy volosti Andijanskogo uezda, i poselensi poluchili zdes bolshoe kolichestvo oroshaemoy zemli“.
  4. Postanovlenie Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan ot 19-noyabrya 2010 goda № 200-II „Ob obʼedinenii territoriy goroda Asaka i Asakinskogo rayona Andijanskoy oblasti i otnesenii goroda Asaka k kategorii gorodov rayonnogo podchineniya“ Asaka soʻzi „Assakkana“ soʻzining mahalliylashib ketganidan keyingi holatidir. Bu hududda avvallari qadimda sak qabilasi yashagani aytiladi.
  • Rahmonov Sobirjon, Asaka, T., 1999.Oʻtkirbek Sulaymonov