Kontent qismiga oʻtish

Ash-Shatra

Koordinatalari: 31°24′35″N 46°10′18″E / 31.40972°N 46.17167°E / 31.40972; 46.17167
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ash-Shatra

arabcha: الشطرة
31°24′35″N 46°10′18″E / 31.40972°N 46.17167°E / 31.40972; 46.17167
Mamlakat Iroq
Muhofazot Zi Qar muhofazoti
Asos solingan 1872
Markazi balandligi 4 m
Aholisi
 (2014)
254,000[1] (taxminan)
Ash-Shatra xaritada
Ash-Shatra
Ash-Shatra

Ash-Shatra (shuningdek, Shatrat al-Muntafiq) Iroq janubidagi shaharcha. Nosiriya shimoli-sharqida joylashgan. Shahar Zi Qar muhofazoti tarkibiga kiruvchi ash-Shatra tumanining maʼmuriy markazidir. Ash-Shatra Gʻarraf kanali 7-magistral bilan kesishgan joyda joylashgan. U qadimgi Lagash shahridan 22,35 km (13,9 milya) gʻarbda joylashgan[2]. 2009-yilda aholisi 254,000 kishini tashkil etgan[3][4].

Ash-Shatra 1872-yilda Usmonlilar davrida Iroqda, Basra viloyati tarkibida tashkil etilgan. Koʻp oʻtmay, shahar Bagʻdod bilan kuchli savdo aloqalari oʻrnatib, Iroq janubidagi don savdosi markaziga aylandi. Shatra Gʻarraf kanali boʻyidagi eng muhim shaharga aylanib, „Kichik Bagʻdod“ nomini ham olgan[5]. Shahar Basra viloyatining Muntafiq sanjogʻi tarkibidagi xuddi shu nomdagi qazo (tuman)ning maʼmuriy markazi boʻlgan. Shaharning asl rasmiy nomi „Shatrat al-Muntafiq“ boʻlgan, ammo mahalliy aholi uni Usmonli hukumati „Shatrat al-Amara“ rasmiy nomini bergan yaqin atrofdagi Qalʼat Solih shahridan farqlash uchun „ash-Shatra“ deb soddalashtirgan[6].

1889-yil yozida ash-Shatrada vabo avj oldi. Kasallik shaharda 700 ga yaqin aholi, shu jumladan shaharning qaymaqami (leytenant-gubernator) oʻlimiga sabab boʻldi. Kasallik boshlanishidan oldin aholi soni 5000 nafarga yaqin edi, ammo kasallik avj olgandan keyin shahar vaqtincha tashlab ketilgan[7].

Al-Shatra Usmonlilar davrida Iroqning janubida hukmronlik qilgan Muntafiq qabila ittifoqining tayanchi boʻlgan. 20-asr boshlarida shahar qabilaning hokimiyat markazi hisoblangan[8]. Unda 4000 nafarga yaqin aholi istiqomat qilgan. Ularning deyarli barchasi shia arablar boʻlib, kam sonli yahudiy va mandean jamoalari ham yashagan. Shahar bozorida 300 taga yaqin doʻkon boʻlgan va bozordan atrofdagi hududlarda hukmron boʻlgan muntafiq qabilalari foydalangan. Yahudiylar jamoasi qishloqdagi boshlangʻich maktabni boshqargan[6].

2003-yilda AQShning Iroqqa bostirib kirishi vaqtida AQSh dengiz piyodasining jasadi ash-Shatra ko‘chalarida sudrab yurilib, shahar maydonida osib qoʻyilgan[9][10].

  1. „Archived copy“. 2016-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-dekabr.
  2. "31.4114°,46.4072° — 31.4097°,46.1717° : 22.35 km / 13.89 m (great circle distance)" (distance between Ash Shatrah and Lagash) (Wayback Machine saytida 2011-07-18 sanasida arxivlangan), Movable Type Scripts, accessed 19 February 2014
  3. „"aš-Šaţrah" World Gazetteer“. 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. "Iraq City & Town Population" Tageo
  5. Anthropological Series. Field Museum of Natural History, 1940 — 259-bet. 
  6. 6,0 6,1 Lorimer, John Gordon (1915), Gazetteer of the Persian Gulf, 'Oman, and Central Arabia, Superintendent Government Printing, hdl:2027/uc1.31158010565033
  7. Epidemiological Society of London. Transactions of the Epidemiological Society of London. Bogue, 1894 — 129–130-bet. 
  8. United Service Institution of India. Journal of the United Service Institution of India. United Service Institution of India, 1924 — 190-bet. 
  9. Baker, Peter and Sheridan, Mary Beth (14 April 2003) "Marines Rescue Seven U.S. Prisoners; Iraqis Alert Unit Bound For Tikrit" The Washington Post p. A-1
  10. Wright, Evan (2004) Generation Kill: Devil Dogs, Iceman, Captain America, and the New Face of American War G.P. Putnam's Sons, New York, p. 228, ISBN 0-399-15193-1