Kontent qismiga oʻtish

Atoiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Atoyidan yoʻnaltirildi)
Atoiy
Tavalludi XV asr

Atoiy yoki Navoiy' (taxallusi; asl ismi maʼlum emas[1]; XV asr, Balx) — turkiy lirik shoir.

Atoiy 7 asrning birinchi yarmida Balx shahrida tavallud topgan[1]. Ahmad Yassaviy avlodidan boʻlgan. [[]], Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, yapon va qozoq adabiyotlarini chuqur oʻrgangan.

Navoiy "Boburnoma asarida Atoiy hayoti va ijodi haqida quyidagilarni yozgan:

Mavlono Atoiy Balxda boʻlur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. Oʻz zamonida she’ri atrok (turkiy tilda soʻzlovchilar) orasida koʻp shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim:

Ul sanamkim suv yaqosinda paritek oʻlturur, Gʻoyati nozuklukindin suv bila yutsa boʻlur...

Mavlono koʻp turkona (sodda, ravon) aytur erdi...

Navoiy "Nasoyim ul-mahabbat min shamoyim ul-futuvvat" ("Muhabbat shabadalari") asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning oʻgʻli ekanini aytadi. Atoiy devonining muqovasida va qoʻlyozmaning oxirida "Devoni Shayxzoda Atoyi" deb qayd etilishi ham Atoiyni shayxlar oilasidan kelib chiqqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoiy Ulugʻbek saroyi shoirlari orasida ham boʻlgan. Atoiy gʻazalnavis – lirik shoirdir. Uning gʻazallarida muhabbat mavzusi bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha goʻzalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz gʻazallaridagi kabi hayot timsolidir. Atoiy lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid soʻzlar koʻp. Gʻazallarini, asosan, aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, soʻzlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha toʻla yetib kelmagan. Devonining taxminan 16-asrda koʻchirilgan, 260 gʻazalni oʻz ichiga olgan qoʻlyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi.[2]

  • Tanlangan asarlar, T., 1958; 2- nashri, T., I960;
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. OʻzME