Kontent qismiga oʻtish

Baxtiyor Gʻulomov (harbiy arbob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxtiyor Hisomovich Gʻulomov

O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi Baxtiyor G‘ulomov (o‘rtada) 1997-yilda
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
1992-yildan – 1998-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Murod Atayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-yanvar 1954-yil (1954-01-10) (70 yosh)
Jizzax
Qoʻshin turi maxsus xizmat
Unvoni General-leytenant

Ushbu maqola harbiy haqida. Diplomat haqida Baxtiyor Gʻulomov (diplomat) maqolasiga qarang. Shuningdek, muhandis Baxtiyor Gʻulomov haqida ham maqola mavjud

Baxtiyor Hisomovich Gʻulomov — oʻzbek davlat arbobi, harbiy. 1992—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi[1].

1954-yil 10-yanvarda Jizzax shahrida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Otasi Hisom Gʻulomov — asli samarqandlik tilshunos olim boʻlgan.

1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini va 1977-yilda Moskvadagi KGB Oliy maktabini tamomlagan. Ingliz va fors tillarini biladi.

Sovet Ittifoqi KGB tezkor xodimi sifatida ish boshlagan. 1977—1992-yillarda Oʻzbekiston SSR KGB 5-boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi, 5-boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

1992—1998-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat maslahatchisi va ayni paytda, 1997—1998-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi boʻlgan.

1998-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

2004-yilda nafaqaga chiqqunga qadar bir necha oy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan.

2017-yil 23-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus topshiriqlar boʻyicha mas’ul vakili etib tayinlangan[2][3].

1990-yilda general-mayor, 1998-yilda general-leytenant harbiy unvoni berilgan.

Oilali, oʻgʻil va qizi bor.