Kontent qismiga oʻtish

Bobur milliy bogʻi majmuasi

Koordinatalari: 40°43′16″N 72°26′18″E / 40.72115215523515°N 72.43838784373511°E / 40.72115215523515; 72.43838784373511
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobur milliy bogʻi majmuasi

Majmuada oʻrnatilgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykali
Joylashuvi Andijon, Oʻzbekiston
Koordinatalar 40°43′16″N 72°26′18″E / 40.72115215523515°N 72.43838784373511°E / 40.72115215523515; 72.43838784373511
Loyiha muallifi Zokirjon Mashrabov
Qurilish boshlanishi 1991
Qurilish yakunlanishi 1992
Holati davlat himoyasida
Qurilish materiali marmar
Map
Bobur milliy bogʻi majmuasi xaritada

Bobur milliy bogʻi majmuasi („Bogʻi Bobur“ deb ham ataladi) — Andijon shahrining janubi-sharqida — Buyuk ipak yoʻli yoqasi (Bogʻishamol)dagi adirda joylashgan yodgorlik majmui (meʼmori Muhammadjon Mirzayev). Bogʻi Bobur yoki Bobur Milliy Bogʻi Andijon shahridan janubi-sharqda, markazdan 8 km uzoqlikda joylashgan. Andijon shahri va atrofdagi aholining oromgoh va ziyoratgoh joyi. Bu yerda Navroʻz va Mustaqillik kunlari xalq sayillari boʻlib oʻtadi.

Tarixi va tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobur milliy bogʻi majmuasi 300 ga maydonni egallagan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro Bobur jamgʻarmasi (rahbari Zokirjon Mashrabov) tashabbusi bilan 1991 — 1992-yillar barpo etilgan. Bog‘ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan 1993-yilda foydalanishga topshirilgan[1]. Kobul shahridagi „Bogʻi Bobur“ga qiyosan qurilgan. Boqqa kirish uchun sharqona uslubda qurilgan marmar darvozayoʻlakdan koʻp pogʻonali zinalar orqali yuqoriga koʻtariladi. Birinchi supachada Boburning ulkan haykali (haykaltarosh Qodirjon Salohiddinov) oʻrnatilgan. Undan yuqoridagi supachada Bobur va jahon madaniyati muzeyi qad koʻtargan. Uning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezakrasmlarni „Boburnoma“ asari mazmunida mahalliy rassom Ulugʻbek Boltaboyev chizgan. Muzey koʻrgazmalarida Bobur jamgʻarmasi turli mamlakatlarga bir necha bor uyushtirgan ekspeditsiya natijasida toʻplangan noyob tarixiy kitoblar, Bobur asarlarining qoʻlyozma nusxalari, xususan „Xatti Boburiy“da Bobur oʻz qoʻli bilan koʻchirgan Qurʼoni karim nusxalari, Bobur davri qurolaslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qoʻyilgan. Muzeyning ikki yonidan oʻtgan marmar zinali yoʻl yana ham yuqoriga, soʻnggi supaga koʻtariladi. Bu yerda Boburning ramziy qabrsagʻanasi (Kobuldagi Bobur qabri tuprogʻidan olib kelib qoʻyilgan) bor. Ramziy qabrdan yuqoriga ketgan yoʻl bolalar oʻyin maydonchalariga olib chiqadi. Pastdan istirohat bogʻining yuqorisiga osma yoʻl (2 km) ham oʻtkazilgan. Bogʻda hunarmandchilik buyumlari doʻkoni, shuningdek choyxona, oshxona va boshqa dam olish maskanlari bor. Alohida dam olish joyida konsert koʻrish sahnasi, kurash va boshqa musobaqalar oʻtkaziladigan maydon qurilgan. Bogʻda 20 xildan ortiq mevali (yongʻoq, uzum, olma, anor, anjir, gilos va boshqalar), 10 dan ortiq manzarali daraxtlar (archa, chinor, eman, chakanda, majnuntol, mirzaterak va boshqalar) ekilgan. Istirohat bog‘ining yuqorisiga uzunligi 2 kilometr bo‘lgan osma yo‘l ham o‘rnatilgan.

Bobur milliy bogʻi majmuasi Bobur va jahon madaniyati muzeyini oʻz ichiga oladi. Muzey ko‘rgazmalarida Bobur hayoti va merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan olib kelingan kitoblar, qo‘lyozmalar, va tarixiy buyumlar, shuningdek, Bobur asarlarining qo‘lyozma nusxalari, xususan, „Xatti Boburiy“da Bobur o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan Qur’oni Karim nusxalari, Bobur davri qurol-aslahalari, saroy kishilarining kiyim-kechaklari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qo‘yilgan. Toʻplam eksponatlari orasida Bobur va uning farzandlari, xususan Boburning qiz farzandi Gulbadan-Begim tomonidan yozilgan adabiy asarlar ham mavjud. Shuningdek, Muzeyda Bobur avlodlari tomonidan Shayboniyxonlar xonlari va amirlariga yuborilgan diplomatik xatlar va turli xil sovgʻalar mavjud.

Shuningdek, majmuada Boburning uy-muzeyi mavjud boʻlib, u Bogʻishamol tepaligida joylashgan. u yerda „Boburnoma“ asaridan olingan maʼlumotlarga koʻra, Boburning buyrugʻi bilan hukmdor shoirning dam olishi va ijod qiloyatgani aks etgan hujra qurilgan. Hujra shozirgi kungacha saqlanib qolmagan, ammo „Boburnoma“ dagi tavsifga koʻra[2]:

u shahar manzarasiga ko’rk qo’shadigan balandlikning tepasida joylashgan, ayvonli kichik o'yma pavilyon bo’lgan. Va bu yer bilan xayrlashish uchun safar oldidan so'nggi kun Bobur shu yerga keladi.

— “Boburnoma” asari

Muzey ortida zinadan koʻtarilganda, bogʻ markazida, tepalikda Boburning ramziy maqbarasi joylashgan boʻlib, u yerda Agradan (dastlab dafn etilgan) va keyinchalik qayta koʻmilgan Kobul shahridagi qabridan (ikkinchi qabrdan) bir hovuch tuproq (xok) keltirilgan[3].

Bobur haykalining koʻchirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Majmuada joylashgan Bobur haykalini Boburning oʻzi tugʻilgan Andijon shahrining Eski shahar hududida joylashgan Registon maydoniga koʻchirilishi haqida xabarlar tarqadi. Andijon viloyati hokimligi rasmiy munosabatida ushbu holat Bobur shoxkoʻchasida qurilayotgan koʻprik bilan bogʻliqligi aytilgan[4][5][6].

Haykalning hozirgi 1,2 gektarlik yer maydonida esa 2ta 20 va 26 etajli turar joy majmualari qurilishi belgilangan[4][5][6].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil