Chust pichog'i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chust pichog’i[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust pichog’iNamangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoq turi[1]. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi: u sochni osongina kesadi. Tig’ini to’g’ri o’tkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi. Oʻzbekistonda „Chust pichog’i“ atamasi „Yuqori sifatli pichoq“ iborasi bilan ma’nodosh sanaladi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O’rta Osiyoda mil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida mahalliy aholi pichoqchilk hunari bilan shug’ullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda faqat pichoq ishlab chiqarilgan. Shu sababli butun dunyoga Chust pichog’i nomi mashhur bo’lgan[3]. Bugungi kunda „yorma“, „bodomcha“, „chamandasta“, „chumchuq“ va „etik sopli“ pichoqlari yasalib, chet elga eksport qilinmoqda[4].

O’ziga xosligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi. Haqiqiy Chust pichogʻi har doim tashqi goʻzalligi bilan boshqa pichoqlardan ajralib turadi. Odatda uning tigʻi tekis, kengligi 3-4 sm va uzunligi 10 dan 20 sm gacha bo’ladi. Haqiqiy Chust pichogʻining sopi fil suyagi, saygʻoq yoki bugʻu suyagidan yasalgan bo’ladi. Marvarid, kumush yoki rangli toshlar bilan bezatilgan bo’lib, metall qismi o’yma naqshlar bilan ishlangan bo’ladi. Shu sababli bu pichoqlar xalq tilida „Guldor pichoq“ deb ataladi[5].

Chust pichog’i turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust pichoqlari pichoqning shakli va kengligiga qarab bir necha turlarga boʻlinadi: tor, qiyshiq tigʻi bor, biroz tol bargini eslatuvchi „Tolbargi pichoq“, muhrasi (keskir tomoniga qarama-qarshi tomon) tekis „to’gʻri pichoq“, tig’i biroz egilgan „Hisori pichoq“, „Qozoqi pichoq“ va „Bodomcha pichoq“, tig’ining yuqori qismida chuqurchasi bo’ladigan „Soylik pichoq“ va xuddi shunga o’xshash yuqori cheti – qo’shkamalak boʻylab chuqurchaga ega „Kamalak pichoq“ va „Qushsoylik pichogʻi“ kabi turlarga bo’linadi. Chustda anʼanaviy pichoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz maqsadiga ega. Oshxonada ishlatish, goʻshtni kesish yoki sabzavotlarni tozalash va maydalash uchun pichoqlar mavjud. Hatto mevalarni tozalash uchun maxsus kichik pichoqlar, ovchilar uchun qulay pichoqlar, daraxtlarni kesish uchun ham maxsus pichoqlar ham bor[5].

Chust pichoqchilik maktabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tigʻi uzunroq, tigʻining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan boʻladi. Chust shahrida pichoqchilik anʼanalari hali ham davom etib kelmoqda. Fargʻona vodiysida Chust asosiy pichoq tayyorlash joyi boʻlib, u boshqa pichoqchilik maktablaridan mutlaqo farq qiladi. Chust pichoqlari shaklining soddaligi hamda siqiqligi bilan mashhur. 1932-yilda Chustda „Qizil kuch“ nomli artel ochilib, unda pichoqlar ishlab chiqarila boshlanadi. Baʼzi ogʻir qoʻl mehnatlari stanoklarda bajarilgan. Oldin ustalar pichoq tigʻlarini yasash uchun eski arralar hamda podshipniklardan foydalanganlar. Pichoq dastalari esa hayvon shoxlaridan va yogʻochlardan yasalgan. 1949-yildan boshlab artel tuman maishiy xizmat koʻrsatish kombinati deb yuritildi. Keyinchalik, 1970-yilda Chust shahrida pichoq ishlab chiqarish zavodi qurildi. Chust pichoqlarining dovrugʻi butun mamlakatga taraldi. Chust pichoqlari sobiq Ittifoq koʻrgazmalaridagina emas, balki Hindiston, Suriya, Polsha, Turkiya, Bolgariya, Vengriya, Belgiya, Shvetsiya va boshqa chet mamlakatlardagi koʻrgazmalarda ham munosib oʻrinlarni egalladi. 1980-yili Nyu-Delida ochilgan III-Xalqaro Osiyo yarmarkasiga 10 xil Chust pichogʻi yuborilgan edi[6].

Chust pichog’i tuzlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chust pichog’i ham boshqa milliy pichoqlar kabi uchta qismdan: tigʻ, dasta va qindan iborat. Tigʻ-pichoq tigʻi, pichoqning gulbanddan yuqorigi, yaʼni kesadigan qismi. Qadimdan tigʻni oʻtkirlash va silliqlashga katta eʼtibor berilgan. U bigiz, qalam, naqsh, naycha qalam kabi oʻygʻich qalamlar bilan bezatiladi. Chust pichoqlari dastasi oʻziga yarasha usullar bilan yasaladi. Ular suqma dasta, yorma dasta hamda naqshinkor dastalarga boʻlinadi[6]..

Gʻilofi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek milliy pichoqchiligida qin yasash alohida hunar hisoblanadi. Bu anʼana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Qadimdan qinning poynagi kumush, tilla kabi materiallardan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan[7].

  1. https://uzbekistan.travel/uz/o/%D1%81hust-shahri-hunarmandchilik-markazi/, Chust shahri hunarmandchilik markazi
  2. https://www.centralasia-travel.com/ru/countries/uzbekistan/places/chust, Знаменитые чустские ножи и тюбетейки, Central Asia Travel
  3. https://sputniknews-uz.com/20180729/Chust-picholarining-siri-nimada--8996759.html, Chust pichoqlarining siri nimada? Ramiz Baxtiyorov, 29.07.2018
  4. Yangi Oʻzbekiston gazetasi, №209 (209), Namanganga kelsangiz... Orifjon Joʻrayev, 31.10.2020,
  5. 5,0 5,1 https://www.asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/chust-legend-of-steel/, Стальная легенда Чуста, Asia Travel Discoveries
  6. 6,0 6,1 Texnologiya va dizayn darslarini tashkil etish, Oʻquv qoʻllanma, B.Qurbonov, Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kabs-xunar turlari, Guliston, 2020
  7. https://oyina.uz/uz/teahause/606, Oʻzbek pichoqlari haqida 6 fakt, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, 01.04.2022