Daniya – Norvegiya
Daniya – Norvegiya (Danmark–Norge) Daniya Qirolligi, Norvegiya Qirolligi (shu jumladan o'sha paytdagi Norvegiyaning mulki hisoblangan Farer orollari, Islandiya, Grenlandiya va boshqa mulklari ), Shlezvig gersogligi va Golshteyn gersogligidan iborat boʻlgan ko'p millatli va ko'p tillarda so'zlashiladigan ittifoqdoshlar edi. Daniya-Norvegiya Daniya Oltin qirg'og'i, Nikobar orollari, Serampur va Tarangambadi kabi bir nechta koloniyalarga ega boʻlgan. Ittifoq, shuningdek, Dano-Norvegiya Shohligi ( Det dansk-norske rige ), Egizak Qirollik ( Tvillingerigerne ) yoki Oldenburg Monarxiyasi ( Oldenburg-monarkiet ) nomlari bilan atalgan.
Mamlakat aholisining asosiy qismi daniyaliklar, norveglar va nemislardan, shuningdek, Norvegiyaning mulkiga aylantirilgan yerlarda istiqomat qiluvchi farerlar, islandlar, inuitlar va Norvegiyaning shimolida yashovchi samilardan hamda boshqa mahalliy xalqlardan iborat boʻlgan. Daniya-Norvegiyaning asosiy shaharlari Kopengagen, Kristianiya (Oslo), Altona, Bergen va Trondxaym bo'lib, asosiy rasmiy tillar sifatida daniya va nemis tillari qabul qilingan edi, ammo mahalliy xalqlar Norvegiya, Islandiya, Farer, Sami va Grenlandiya tillarida ham so'zlashgan.[1][2]
Daniya, Norvegiya va Shvetsiya tomonidan 1397-yilda Kalmar ittifoqi tashkil etildi va shakllantirildi. 1523-yilda Shvetsiya bu ittifoqdan chiqib ketganidan so'ng, ittifoq amalda tarqatib yuborildi. 1536-1537-yillarda Daniya va Norvegiya o'rtasida shaxsiy ittifoq tuzildi, u 1660-yilda zamonaviy tarixchilar tomonidan Daniya-Norvegiya deb nomlanadigan, o'sha paytda ba'zan "Egizak qirollik" deb ham ataladigan bu davlat integratsiyalashgan davlatga aylandi. 1660-yilgacha Daniya-Norvegiya de-yure konstitutsiyaviy va saylangan monarxiyaga aylangan edi, unda qirol hokimiyati biroz cheklangan bo'lib; o'sha yillarda u Yevropadagi eng mustahkam mutlaq monarxiyalardan biri sifatida tan olingan.
Daniya-Norvegiya ittifoqi 1814-yil[3] Kil shartnomasining Norvegiyani (Farer orollari, Islandiya va Grenlandiyadan tashqari hududlarini) Shvetsiyaga berish to'g'risidagi qarori qabul qilingunigacha davom etdi. Shartnoma 1814-yilgi Shvetsiya-Norvegiya urushidagi urinishga qarshilik ko'rsatgan Norvegiya tomonidan tan olinmadi. Shundan so'ng Norvegiya Shvetsiya bilan 1905-yilgacha ancha erkin shaxsiy ittifoqqa kirdi, bu ittifoq tarqalib, ikkala qirollik ham mustaqil bo'ldi.
Koloniyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya-Norvegiya o'z davrida doimiy turli xil hududlarga egalik qilgan. Eng qadimgi davrlarda Shimoliy Yevropa va Shimoliy Amerika hududlariga tegishli boʻlgan Estoniya va Norvegiya mulkiga aylangan Grenlandiya, Farer orollari va Islandiyani bunga misol qilib keltirish mumkin..
17-asrdan boshlab qirolliklar Afrika, Karib dengizi va Hindiston hududlarida o'z mustamlakalariga ega bo'lishdi. O'zining eng yuqori cho'qqisida imperiyaning kengligi taxminan 2,655,564,76 km 2 (1 025 319 kv milya) ga yetdi.
Hindiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya-Norvegiya 17-19-asrlarda Hindistonning turli qismlarida ko'plab koloniyalarni saqlab qoldi. Koloniyalarga Tranquebar va Serampur shaharlari kirgan. Uning nazorati ostida boʻlgan so'nggi aholi punktlari 1845-yilda Buyuk Britaniyaga sotilgan. Nikobar orollaridagi huquqlar 1869-yilda sotilgan.
G'arbiy Afrika
[tahrir | manbasini tahrirlash]G'arbiy Afrikaning Oltin qirg'og'ida, Daniya-Norvegiya ham vaqt o'tishi bilan turli koloniyalar va qal'alarni nazorat qildi. Qolgan oxirgi qal'alar 1850-yilda Buyuk Britaniyaga sotilgan.
Madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dan tili - rasmiy tan olingan, dominant til bo'lib, ko'pchilik zodagonlar tomonidan qo'llanilgan, Daniya, Norvegiya, Grenlandiya, Farer orollari va Shlezvigning ba'zi qismlarida cherkov tili boʻlgan.
- Oliy nemis tili - rasman tan olingan, ozchilik zodagonlar tomonidan qo'llanilgan va Golshteyn va Shlezvigning ba'zi qismlarida cherkov tili hisoblangan.
- Past nemis tili - rasman tan olinmagan, Golshteyn va Shlezvig qismlarida asosiy so'zlashuv tili boʻlgan. Ko'pincha Bergendagi ganseat savdogarlari tomonidan ma'lum darajada gapirilgan.
- Lotin tili - tashqi aloqalarda keng qo'llanilgan va ba'zi zodagonlar orasida ikkinchi til sifatida mashhur boʻlgan.
- Norveg tili - rasman tan olinmagan, asosan Norvegiyada og'zaki til sifatida ishlatilgan.
- Island tili - Islandiyada islohotdan keyin cherkov tili sifatida tan olingan, Islandiyada og'zaki va yozma til sifatida ishlatilgan.
- Farer tili - rasman tan olinmagan, asosan Farer orollarida og'zaki til sifatida ishlatilgan.
- Sami tillari - rasmiy tan olinmagan, Norvegiyada sami xalqi tomonidan gapirilgan.
- Grenlandiya tili - rasman tan olinmagan, Grenlandiya Inuitlari tomonidan gapirilgan.
- Shimoliy frizcha - rasman tan olinmagan, asosan Shlezvigning ba'zi qismlarida og'zaki til sifatida ishlatilgan.
Din
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya-Norvegiya protestant islohotidan keyin Martin Lyuterga ergashgan davlatlar qatoriga kirdi va shu tariqa Rim katolikligi oʻrniga Lyuteran protestantizmini rasmiy din sifatida oʻrnatildi. Lyuteran protestantizmi ittifoqning butun umri davomida ustunlik qilgan.
Shuningdek qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Scandinavian Dialect Syntax.
- ↑ „The Scandinavian Languages: Their Histories and Relationships“. www.sjsu.edu. 2006-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-aprel.
- ↑ Peter Burgess, J.; Hyvik, Jens Johan (October 2004). "Ambivalent patriotism: Jacob Aall and Dano-Norwegian identity before 1814" (en). Nations and Nationalism 10 (4): 620. doi:10.1111/j.1354-5078.2004.00185.x. ISSN 1354-5078. https://jpeterburgess.com/wp-content/uploads/publications/2004/2004_Ambivalent_Patriotism_Nations_and_Nationalism_10(4)_2004.pdf.