Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Muzaffar Murodovich/Portal:Mushuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Portal description

{{{1}}}

Mushuklar yoki uy mushuklari (Felis Silvestris Catus) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Oldin uy mushugini alohida tur sifatida ham qarashgan. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shim. va Jan. Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuqboʻladi. Mushuk bolasini 2-2,5 oygacha sut bilan boqadi. Keyin turli oʻljalar keltirib bera boshlaydi. Mushuklarning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra Mushugi oʻsimliklar mevasi, baliqchi Mushuk, asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (mas, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya Mushugi kenja turi barcha xonaki Mushuklarning nasl boshi hisoblanadi. Xonaki Mushuk kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 10 000 yil ichida mushuklar kemiruvchilarga ov qilganligi sababli odam tomonidan qadrlangan. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan (yana qarang Xonaki mushuklar). 1958-yil „Tabiat sistemasi“ asarida Karl Linney tomonidan uy mushugiga Felis catus nomi berilgan. Iogan Xristian fon Friber 1775-yilda yovvoyi mushukka Felis silvestris nomini berdi. Uy mushugiga Felis silvestris catus nomini biriktirish 2003-yilning mart oyida Zoologik nomenklatura boʻyicha xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan. Mushuklarni xonakilashtirish bundan 9500-yil oldin Yaqin Sharqning Serhosil Yarimoy tumanida roʻy bergan. (Full article...)

{{Flex columns

1 =

Selected species - show another

Ragdoll mushukchasi

Mushukcha — bu yosh mushuk. Tugʻilgandan soʻng, mushukchalar birlamchi altrisitlikni namoyon etadilar va omon qolish uchun butunlay onalariga bogʻliqdirlar. Odatda yetti kundan oʻn kungacha koʻzlarini ochmaydilar. Taxminan ikki hafta oʻtgach, mushukchalar tez rivojlanadi va uyasi tashqarisidagi dunyoni kashf qila boshlaydi. Yana uch-toʻrt hafta oʻtgach, ular qattiq ovqat yeyishni va sut tishlarini oʻstirishni boshlaydilar. Uy mushukchalari juda ijtimoiy hayvonlardir va odatda odamlar bilan muloqot qilishdan zavqlanadilar. (Full article...)