Kontent qismiga oʻtish

Gestatsion diabet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gestatsion diabet
Belgilari bir nechta belgilari[1]
Mutaxassislik akusherlik va endokrinologiya
Asoratlari preeklampsiya, o‘lik tug‘ilishi, depressiya, kesarcha kesish xavfini oshiradi[1]
Sabablari insulin yetishmovchiligi[1]
Xavf omillari ortiqcha vazn, avvalgi homiladorlikda ham gestatsion diabet boʻlganligi, naslida 2-tip qandli diabet borligi, tuxumdon polikistoz sindromi[1]
Tashxis usullari qon tahlili[1]
Davolash parhez, jismoniy mashqlar, insulin inyeksiyasi[1]

Gestatsion diabet (Gestatsion qandli diabet – GQD) diabet mavjud boʻlmagan ayollarning homiladorlik davrida qonda shakar miqdori ortib ketadigan (giperglikemiya) holati[1]. Gestatsion diabet odatda bir nechta asoratlarga olib keladi[1], jumladan, preeklampsiya xavfini oshiradi, depressiyani oshiradi, tugʻruq kesarcha kesish orqali oʻtkaziladi[1]. Homiladorlik davrida yaxshi davolanmagan gestatsion qandli diabet bilan tugʻilgan chaqaloqlarda makrosomiya, tugʻilgandan keyin gipoglikemiya va patologik sariqlik xavfi yuqori boʻladi[1]. Shuningdek, davolanmasa bolaning o`lik tug`ilishiga olib keladi[1]. Kelajakda bolalarda ortiqcha vazn va qandli diabetning 2-turi rivojlanishiga moyilligi yuqori boʻladi[1].

Sabablari va tashxis qoʻyish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gestatsion diabet homiladorlik davrida insulin yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi[1]. Xavf omillariga ortiqcha vaznlilik, avvalgi homiladorlikda ham gestatsion diabet boʻlganligi, naslida 2-tip qandli diabet borligi, tuxumdon polikistoz sindromi kabilar kiradi[1]. Tashxis qoʻyish uchun qon tahlili olinadi[1]. Xavf omillari kam boʻlganda gestatsiyaning 24-28-haftalari orasida tekshirilish tavsiya qilinadi[1][2]. Kasallik ogʻir darajada boʻlganda birinchi prenatal davrdanoq tekshirtirish kerak[1].

Profilaktikasi va davolash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homiladorlikdan avval jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanish, vazn saqlash kasallikni oldini olishga yordam beradi[1]. Gestatsion diabet parhez, jismoniy mashqlar, dori vositalari (masalan, metformin) va insulin inyeksiyalari yordamida davolanadi[1]. Qondagi qand miqdorini tekshirish kuniga toʻrt marta amalga oshirilishi kerak[2]. Bola tugʻilganidan keyin tezroq emizish (koʻkrak suti bilan boqish) tavsiya etiladi[1].

Epidemiologiyasi va prognozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gestatsion diabet homiladorlarning 3-9% ida uchraydi[2]. Bu ayniqsa uchinchi trimesterda rivojlanadi[1]. Ularning 1% i 20 yoshdan past va 1-3% i 44 yoshdan baland boʻladi[2]. Bir qator etnik guruhlar, jumladan osiyoliklar, amerikalik hindular, Avstraliyaning tub aholisi va Tinch okeani orollari aholisida bu kasallik uchrash ehtimoli yuqori[2][1]. 90% hollarda gestatsion diabet chaqaloq tugʻilgandan keyin oʻtib ketadi[1]. Baʼzan 2-tip qandli diabetni rivojlantiradi[2].

Gestatsion diabet „homiladorlikning boshlanishida glyukozananing har qanday darajada oshib ketishi“ deya izohlanadi[3]. Bu taʼrif ayolda avvaldan mavjud boʻlgan tashxislanmagan diabet yoki homiladorlikda vaqtincha paydo boʻlgan diabetligini tasdiqlaydi[4]. Ayolga gestatsion diabet tashxisi homiladorlikning 24-28-haftalari oraligʻida qondagi glyukozaning miqdori oshib ketganda qoʻyiladi. Vait klassifikatsiyasi (fizik olim Preskella Vait)[5] onada va homilada xavf omillarini baholash uchun keng qoʻllaniladi. Bu homiladorlikdagi gestatsion diabet va homiladorlikdan avval mavjud boʻlgan (pregestatsion) diabetlarni farqlash imkonini beradi. Bu ikki guruh kasallik xavf omillari va davolashga koʻra turlarga ajratilgan[6]. Gestatsion diabetning 2 ta turi bor:

  • A1 sinf: parhez orqali nazorat qilinadigan gestatsion diabet;
  • A2 sinf: dorilar yordamida nazorat qilinadigan gestatsion diabet.

Pregestatsion diabetni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:

  • B sinf: 20 va undan katta yoshda yoki 10 yildan kam davom etadigan;
  • C sinf: 10-19 yoshda boshlanishi yoki davomiyligi 10-19 yil;
  • D sinf: 10 yoshdan oldin yoki 20 yildan ortiq davom etishi;
  • E sinf: tos tomirlari kalsiylashgan qandli diabet;
  • F sinf: diabetik nefropatiya;
  • R sinf: proliferativ retinopatiya;
  • RF sinf: retinopatiya va nefropatiya;
  • H sinf: koronar arteriya kasalligi;
  • T sinf: buyrak transplantatsiyasi.

Kasallikning erta boshlanishi yoki uzoq davom etishi katta xavf tugʻdiradi.

Gestatsion qandli diabetni tashxislash uchun qondagi qand miqdoriga qarab yana ikkita mezon toʻplami mavjud[7].

Karpanter va Koustan boʻyicha 100 gramm glyukozaga tolerantlik testi yordamida gestatsion diabetni tashxislash mezonlari[8]:

  • Ochlik 95 mg/dl;
  • 1 soatda 180 mg/dl;
  • 2 soatda 155 mg/dl;
  • 3 soatda 140 mg/dl.

Diabet boʻyicha Milliy Maʼlumotlar guruhiga koʻra gestatsion diabet tashxisi mezonlari[7][9]:

  • Ochlik 105 mg/dl;
  • 1 soatda 190 mg/dl;
  • 2 soatda 165 mg/dl;
  • 3 soatda 145 mg/dl.


Xavf omillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gestatsion diabetni rivojlanishidagi xavf omillari quyidagilardan iborat[10]:

  • Tuxumdon polikistoz sindromi[11];
  • Prediabet, glyukozaga tolerantlikning buzilishi;
  • Naslida ikkinchi tip qandli diabetning boʻlishi;
  • Ona yoshi – bu xavf omili ayolning yoshi ulgʻaygan sari ortib boradi (ayniqsa 35 yoshdan oshgan ayollar uchun);
  • Ota yoshi – bir tadqiqotda, otaning yoshi 55 yoshdan oshishi xavf omili sifatida keltirilgan[12];
  • Etnik kelib chiqishi (afrikan-amerikaliklar, afrikan-kariblar, Amerikaning tubjoy aholisi, ispanlar, Tinch okeani orollari va Janubiy Osiyoliklar);
  • Ortiqcha vazn, semizlik yoki ogʻir darajada semizlik xavf omilini mos ravishda 2,1, 3,6 va 8,6 ga oshiradi[13];
  • Makrosomiya bilan bola tugʻilishiga olib kelgan oldingi homiladorlik (yuqori tana vazni bilan tug‘ilish: >4000 g);
  • Avvalgi akusherlik anamnezining yomon boʻlganligi;
  • Boshqa genetik xavf omillari: gestatsion diabetning xavfini oshirib yuboradigan, ularda maʼlum bir polimorfizm (biologiya) bilan bogʻliq boʻlgan kamida 10 ta gen mavjud boʻlsa, xususan, TCF7L2[14]. MTNR1B geni organizmning insulin va glyukozani qanday boshqarishi bilan bogʻliq boʻlgan gen hisoblanadi. Agar bu gen toʻgʻri ishlamasa, insulin ishlab chiqarilishining kamayishi va qondagi glyukoza darajasining oshishiga olib kelishi mumkin[15].

Shuningdek, chekuvchilarda bu xavf omillari ikki barobar oshishi aniqlangan[16]. Baʼzi tadqiqotlarda bo`yning kaltaligi ham xavf omili sifatida koʻrsatilgan[17].

Gestatsion diabetli ayollarning taxminan 40-60% ida aniq xavf omili aniqlanmagan[18]. Odatda, gestatsion diabetli ayollarda hech qanday alomatlar sezilmaydi, ammo baʼzi ayollarda tez chanqash, siydik chiqarishning kuchayishi, charchoq, koʻngil aynishi va qusish, siydik yo`llari infeksiyasi, qon infeksiyalari va koʻzning xiralashishi mumkin[19].

Ushbu xavf omillari boʻlgan homilador ayollar odatiy skrining tekshiruvlaridan tashqari erta skrining tekshiruvlardan oʻtishlari kerak boʻladi[20].

Patofiziologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Insulinning glyukozani soʻrilishi va metabolizmiga taʼsiri. Insulin hujayra membranasida oʻzining retseptorlari (1) bilan bogʻlanadi, bu esa oʻz navbatida koʻplab oqsillarning faollashuvini (2) boshlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: Glut-4 transporterining plazmatik membranaga translokatsiyasi va glyukoza (3), glikogen sintezi (4), glikoliz (5) va yog‘ kislotalari sintezi (6).

Gestatsion diabetning aniq mexanizmlari haligacha nomaʼlum. Uning belgisi insulin qarshiligining yuqori boʻlishi hisoblanadi. Homiladorlik gormonlari va boshqa omillar insulinning taʼsiriga xalaqit beradi, chunki u insulin retseptorlariga bogʻlanadi. Interferensiya, ehtimol, insulin retseptoridan tashqaridagi hujayra signalizatsiyasi yoʻlida sodir boʻladi[21]. Insulin aksariyat hujayralarga glyukozaning kirishiga yordam bergani sababli, insulinga rezistentlik glyukozaning hujayralarga toʻgʻri kirishiga toʻsqinlik qiladi. Natijada, glyukoza qonda qoladi, bu yerda glyukoza darajasi oshadi. Ushbu qarshilikni yengish uchun koʻproq insulin kerak boʻladi, normal homiladorlikka qaraganda taxminan 1,5-2,5 baravar koʻp insulin ishlab chiqariladi[21].

Insulinga rezistentlik homiladorlikning ikkinchi trimestrida paydo boʻladigan meʼyoriy hodisa boʻlib, GQDda keyinchalik 2-tur qandli diabet bilan ogʻrigan homilador boʻlmagan ayolda kuzatiladigan darajagacha rivojlanadi. Bu rivojlanayotgan homila uchun glyukoza manbai boʻlib xizmat qiladi. GQDli ayollarda insulinga rezistentlik mavjud, shuning uchun oshqozon osti bezining β-hujayralari funksiyasining kuchayishi uning oʻrnini bosa olmaydi. Yo‘ldosh gormonlari va kamroq darajada yog‘ toʻplanishining koʻpayishi homiladorlik paytida insulinga rezistentlikni taʼminlaydi. Bu asosan, kortizol va progesteron, qisman, yoʻldosh laktogeni, prolaktin va estradiol orqali amalga oshadi. Shuningdek, boshqa yoʻldosh gormonlari bilan birgalikda leptin, alfa oʻsma nekrozi omili va rezistin homiladorlik paytida yuzaga keladigan insulinga sezuvchanlikning pasayishida ishtirok etadi, bular orasida eng kuchlisi – alfa oʻsma nekrozi omili hisoblanadi[22].

Haligacha homiladorlik vaqtida organizmning insulinga boʻlgan ehtiyoji va GQD ning bir-biriga nomuvofiqligining sababi aniqlanmagan. Lekin bir nechta tahminlar mavjud, bular: avtoimmunitet, yagona gen mutatsiyasi, semizlik va boshqa mexanizmlar[23].

Gestatsion diabet uchun tekshiruv
Qonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuli
  • Och qoringa glyukoza testi
  • Ovqatlanib boʻlgandan 2 soat soʻngra sinama qilish
  • Tasodifiy glyukoza tekshiruvi
Glyukozaning skrining testi
Glyukozaga tolerantlik testi (GTT)

Muayyan sharoitlarda qon plazmasi yoki qon zardobida glyukozaning yuqori darajasini aniqlash uchun bir qator skrining va diagnostika testlari ishlatiladi. Ulardan biri bosqichli tekshiruv boʻlib, bunda bola yoki ona uchun xavf-xatar boʻlgan homilador ayolning birinchi tekshiruvidanoq diagnostik test oʻtkaziladi (misol uchun, tuxumdonlar polikistoz sindromi).

Qonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuliga qon namunalarida glyukoza miqdorini oʻlchash kiradi. Glyukoza miqdori jami 3 marta: och holatda, ovqatlanishdan 2 soat oʻtib va tasodifan istalgan vaqtda oʻlchanadi, diabetli bemorlarda bu koʻrsatkichlar yuqori chiqadi. Glyukoza haddan tashqari shirin taʼmga ega boʻlganligi tufayli aksariyat ayollarning bu testni oʻtkazayotganda koʻngli ayniydi, shu sababli unga qoʻshimcha taʼmini yaxshilaydigan mahsulotlar qoʻshiladi[24][25].

Hozirgi vaqtda gestatsion diabetni tashxislashda qaysi usul eng yaxshi ekanligini koʻrsatadigan tadqiqotlar yetarli emas[26]. Gemoglobin A1c (HbA1c) gestatsion diabetni tashxislash uchun tavsiya etilmaydi, chunki u homiladorlik davrida glikemiyaning GTT ga qaraganda kamroq ishonchli hisoblanadi[27].

Homiladorlik paytida gestatsion diabet tashxisi qoʻyilgan ayollarda homiladorlikdan keyin qandli diabetning 2-turi rivojlanish xavfi yuqori boʻlganligi sababli, homiladorlikdan keyin glyukozaga tolerantlik testini oʻtkazish zarur[28].

Qonda glyukoza miqdorini aniqlashning oddiy usuli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Plazmada glyukoza darajasi ochlikdan keyin 126 mg/dl (7,0 mmol/l) dan yuqori yoki har qanday holatda 200 mg/dl (11,1 mmol/l) dan yuqori boʻlsa va bu keyingi kunda tasdiqlangan boʻlsa, GQD tashxisi qoʻyiladi va boshqa testlar talab qilinmaydi[4]. Ushbu testlar odatda birinchi tashrif paytida oʻtkaziladi. Ularni davolash oson va arzon, ammo boshqa test natijalariga qaraganda sifati pastroq: sezgirligi oʻrtacha, oʻziga xosligi past va soxta ijobiy koʻrsatkichlari yuqori[29][30][31].

Glyukozaning skrining testi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glyukozaning skrining testi (baʼzan Sullivan testi deb ham ataladi) homiladorlikning 24-28 haftasigacha amalga oshiriladi va GTT ning soddalashtirilgan turi hisoblanadi. GTTdan farqli ravishda bu skrining testi uchun och holatda boʻlish talab qilinmaydi[32]. Sallivan testida tarkibida 50 gramm glyukoza boʻlgan eritma ichiladi va bir soatdan keyin qaytadan test oʻtkaziladi[33].

Glyukozaga tolerantlik testi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Glyukozaga tolerantlik testi (GTT)[34] 8-14 soat ochlikdan soʻng ertalab oʻtkazilishi kerak. Testdan oldingi 3 kun davomida parhez (bir kunda kamida 150 gr uglevodlar qabul qilish) va jismoniy mashqlar buyuriladi. Tekshiriluvchi test vaqtida oʻtirgan holatda boʻlishi kerak va chekish man etiladi.

Homiladorlikning istalgan davrida 75 gramm glyukoza bilan oʻtkaziladigan GTT yordamida gestatsion qandli diabet tashxisi qoʻyilishi lozim:

  • Och holatda glyukoza darajasi ≥92 mg/dL (5.1 mmol/L);
  • Ovqatlangan 1 soat oʻtib, glyukoza darajasi ≥180 mg/dL (10 mmol/L);
  • Ovqatlangandan 2 soat oʻtib, glyukoza darajasi ≥153 mg/dL (8.5 mmol/L).

Siydikdagi glyukozani tekshirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gestatsion diabetli ayollarning siydigida glyukoza miqdori yuqori boʻladi (glikozuriya). Dipstik testi keng qoʻllanilsa-da, u yetarlicha samarali emas[35].

Homiladorlik davrida koptokchalar filtratsiya tezligining oshishi natijasida ayollarning taxminan 50 foizida siydik tahlilida glyukoza aniqlanadi. Homiladorlikning birinchi ikki trimestrida glikozuriyaning gestatsion qandli diabet uchun sezgirligi 10 foiz atrofida boʻladi[36][37].

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homiladorlik paytida D vitaminini qabul qilish gestatsion diabetning oldini olishga yordam beradi[38]. 2014-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik paytida oʻrtacha jismoniy faollik gestatsion diabetning oldini olishda sezilarli taʼsiri aniqlanmadi. Bundan tashqari parhez gestatsion diabetning xavfini kamaytirishga foyda berishi ham aniq emas[39]. Lekin, 2015-yilgi qaydlar bu koʻrsatkichlar aksini isbotladi[40]. Yana oʻsimlik mahsulotlariga asoslangan parhez qilgan homilador ayollarda bu kasallikka uchrash xavfi kamayganligi aniqlangan[41]. Gestatsiya davrida parhez va jismoniy faollik homiladorlikda gestatsion diabetni oʻtkazish ehtimolini kamaytiradi. Ammo, bu omillar tana vazni indeksiga va tadqiqot oʻtkazilgan hududga qarab turlicha boʻladi[42].

Homiladorlik paytida kombinatsiyalangan parhez va jismoniy mashqlar birgalikda qoʻllanilganda gestatsion qandli diabet va kesar kesish xavfi kamayadi, shuningdek, gestatsion vazn ortishining pasayishi kuzatiladi[43].

2023-yilgi tadqiqot natijalariga koʻra, oʻzida kimyoviy moddalarni kam saqlaydigan oʻsimlik mahsulotlariga asoslangan parhez (shuningdek, meva-sabzavot, donli mahsulotlar, yongʻoq, choy) qilish GQD xavfini kamaytiradi[44].

Gestatsion diabetli ayol tomonidan yuritiladigan kundalik va glyukozometer toʻplami

GQD parhez va insulinni kamaytirish orqali davolanadi[45].

Qandli diabet bartaraf boʻlganini tasdiqlash uchun tugʻruqdan 6 hafta oʻtgach, takroriy GTT oʻtkazilishi kerak. Shundan soʻng 2-tur qandli diabet uchun muntazam skrining qilinadi[10].

Bundan tashqari ayol oʻz vaqtida dam olishi, glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilib turishi kerak[46]. Baʼzi GQD li ayollar probiotiklardan foydalanadilar, lekin uning qondagi glyukoza darajasiga taʼsirining foydasi tasdiqlanmagan[47].

Homiladorlik vaqtida makrosomiya rivojlanishini UTT orqali tekshirib turish mumkin. Agar ayolda gipertenziya yoki avvalgi homiladorliklarida oʻlik tugʻilish kuzatilgan boʻlsa, bunday bemorlar 1- va 2-tip qandli diabet kabi davolanadi[18].

Homiladorlikdan avval folat kislotasini qabul qilish va qoʻshimcha davolash olib borish homiladorlikni oson oʻtishiga yordam beradi[48]. Koʻp ayollar parhez va jismoniy faollik orqali GQD ni nazorat qiladi, glyukoza darajasini doimiy tekshirib turadi. Baʼzi ayollar antidiabetik dorilar, koʻpincha insulin terapiyasini oladi.

Homilador ayollardagi har qanday parhez 2,000–2,500 kkal energiyani oʻz ichiga olishi kerak[18]. Parhez qilishdan asosiy maqsad qondagi qand miqdorini oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik.[10].

Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish tavsiy etiladi[10][49]. Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanadigan homilador ayollarda ertalab va ovqatdan keyin qondagi qand miqdori jismoniy mashqlar bilan muntazam shugʻullanmaydiganlarga nisbatan past boʻladi[50]. Homilador ayollar uchun qaysi mashq turlari koʻproq foydali ekanligi hali aniqlanmagan[50].

Qonda glyukoza miqdorini oʻlchashning oddiy sharoitda olib boriladigan usuli mavjud. Lekin bunda glyukometerdan notoʻgʻri foydalanish mumkin[51]. GQD li ayollarning qonida qand miqdorini oʻlchash usullari ustidagi tadqiqotlar koʻp emas[52]. Avstraliyada Homiladorlik Diabeti Jamiyati tomonidan tavsiya etilgan maqsadli koʻrsatkichlar quyidagicha[10]:

  • och holatda kapillyarlarda glyukoza darajasi <5.5 mmol/L;
  • ovqatlangandan 1 soat o`tib kapillyarlarda glyukoza darajasi <8.0 mmol/L;
  • ovqatlangandan 2 soat o`tib kapillyarlarda glyukoza darajasi<6.7 mmol/L.

Qonda muntazam ravishda HbA1c darajasini aniqlash kerak, bu uzoqroq vaqt davomida glyukozani nazorat qilish imkonini beradi[10].

Bundan tashqari, ham ona ham bola uchun keyinchalik qandli diabet va uning asoratlari xavfini kamaytirishda bolani koʻkrak suti bilan boqishning ahamiyati katta[53].

Gestatsion diabetda bola tugʻilishi bilan barcha belgilari oʻtib ketadi. 1-homiladorlikda gestatsion diabet rivojlanish xavfi 30% ni, 2-sida esa 84% ni tashkil qiladi. Homiladorliklar oʻrtasida vaqtning bir yil boʻlishi ham GQD rivojlanish xavfini oshirib yuboradi[54].

GQD tashxisi qoʻyilgan ayollar keyinchalik qandli diabet rivojlanishiga moyil boʻlib qoladi. Qandli diabet bilan bogʻliq boʻlgan antitanachalar (glutamat dikarboksilaza, insulinoma antigen-2) boʻlgan ayollar, ikkitadan ortiq tugʻruq, semizlarda rivojlanish xavfi yuqori[55][56]. Gestatsion diabetni insulin bilan davolagan ayollarda keyingi besh yil ichida diabet rivojlanish xavfi 50% ni tashkil qiladi[57]. Xavf omillari hozirgi kunda juda koʻp[58].

Xavf birinchi 5 yil ichida eng yuqori boʻlib, keyinchalik kamayib boradi[58]. Massashutes shtatining Boston shahrida yashovchi ayollarda qandli diabet 6 yoshdan keyin 50% ida, 28 yoshdan keyin 70% ida aniqlangan[58]. Navajo hududida yashovchi GQD oʻtkazgan ayollarda 11 yildan soʻng, 50-70% qandli diabetga chalingan[59]. Boshqa tadqiqotlarda GQD dan 15 yil oʻtib bu kasallik rivojlanish xavfi 25% ga oshishi aniqlangan[60]. Qandli diabet 2-turi rivojlanishiga moyilligi kam boʻlgan aholida: ozgʻin va avtoantitanalarga ega boʻlsa qandli diabetning 1-turi rivojlanadi[56].

GQD bilan ogʻrigan ayollarda semizlik, glyukoza intolerantligi va 2-toifa diabet rivojlanish xavfi yuqori boʻladi[61]. Bu xavf omillari homiladorlikda glyukozaning qanday darajada koʻtarilishiga bogʻliq[62]. Hozirgi vaqtda genetik sezuvchanlik va atrof-muhit omillari ushbu xavfga qanchalik hissa qoʻshishi va GQDni davolash ushbu natijaga qanchalik taʼsir qilishi mumkinligi nomaʼlum[63].

2017-yil holatiga koʻra, turli xil diabetga qarshi peroral dori vositalarining foyda va zarari hali yaxshi oʻrganilmagan.

GQD boʻlgan ayollarda boshqa kasalliklar xavfi haqida statistik maʼlumotlar kam. Quddus perinatal tadqiqotida 37 962 nafar ayoldan 410 nafarida GQD aniqlangan boʻlib, koʻkrak va oshqozon osti bezi saratoniga moyillik tendensiyasi kuzatilgan, ammo bu natijani tasdiqlash uchun koʻproq tadqiqotlar oʻtkazish zarur[64][65].

GQDni oldindan aniqlash uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqish boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirga qadar olingan natijalar GQDni avtomatik tarzda aniqlashda klinik amaliyot uchun katta istiqbol borligini koʻrsatdi[66].

GQD ona va bola uchun xavf tugʻdiradi. Ushbu xavf koʻp jihatdan qondagi glyukoza darajasining nazorat qilib boʻlmaydigan darajada ortib ketishi va uning oqibatlari bilan bogʻliq. Qondagi glyukoza miqdorining oshishi bilan xavf ortadi[67].

Qonda glyukoza miqdorini nazorat qilish orqali asoartlarni kamaytirish mumkin[51].

GQD oʻtkazgan ayollarning bolalari tugʻilishi bilan intensiv terapiya boʻlimiga yotqiziladi. Bunday ayollarning farzandlari makrosomiya[67] bilan tugʻiladi, onalarda esa tugʻruqdan soʻng bachadon tiklanishini kechikishi kuzatiladi[68]. Makrosomiya esa oʻz navbatida tugʻruqni operativ olib borishga olib keladi. Makrosomiya GQD boʻlmagan ayollarning 12% ida, GQD li ayollarning esa 20% ida uchraydi[69]. Finlyandiyaning Xelsinki universiteti va Xelsinki universiteti kasalxonasida faoliyat yurituvchi tadqiqot guruhi tomonidan oʻtkazilgan 5150 ta tugʻruq hodisasini oʻrganishda onadagi GQD tugʻruq paytida homila gipoksiyasi xavfini oshiradigan omil ekanligini koʻrsatdi. Tadqiqot 2021-yil iyun oyida „Akta Diabetologika“ jurnalida chop etilgan[70]. Bundan tashqari homila ichi gipoksiyasi xavfini ham oshiradi[70]. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda gipoksiya xavfi GQD oʻtkazmagan ayollar homilasi gipoksiyasiga nisbatan 7 barobar koʻproq boʻladi[70]. Bundan tashqari, chaqaloq tugʻilgandan keyin reanimatsion jarrohlik amaliyotini oʻtkazish zarurati xavfi 10 baravarga oshgan[70].

Qondagi qand miqdori doimiy ravishda yuqori boʻlgan ayollardan tugʻilgan chaqaloqlarda qondagi glyukozaning past darajasi gipoglikemiya, sariqlik, eritrotsitlarning yuqori massasi (politsitemiya) va qondagi kalsiy (gipokalsemiya) va magniyning past darajasi (gipomagnesemiya) xavfi yuqori[71]. GQD davolanmaganda chaqaloqlar oʻpkasining toʻliq yetilmaganligi va surfaktantlar sintezining buzilishi tufayli nafas olish distress sindromiga moyilligi kuzatiladi[71].

Pregestatsion diabetdan farqli oʻlaroq, gestatsion diabet tugʻma nuqsonlarning mustaqil xavf omili ekanligi aniq koʻrsatilmagan. Tugʻma nuqsonlar odatda homiladorlikning birinchi trimestrida (13-haftasidan oldin) paydo boʻladi, GQD esa asta-sekin rivojlanadi va birinchi va ikkinchi trimestrning boshlarida kam ifodalanadi. GQD li ayollar farzandlarida tugʻma nuqsonlar rivojlanish xavfi yuqori[72][73][74].

Bunday ayollarda preeklampsiya xavfi 13% dan 37% gacha oshishi aniqlangan[75].

Epidemiologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqotlarga koʻra gestatsion diabet 3-10% homiladorlarga taʼsir qiladi[2][76].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 „Gestational Diabetes“. NIDDK (2014-yil sentyabr). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 "Drugs for gestational diabetes". Australian Prescriber 33 (5): 141–144. October 2010. doi:10.18773/austprescr.2010.066. 
  3. "Summary and recommendations of the Fourth International Workshop-Conference on Gestational Diabetes Mellitus. The Organizing Committee". Diabetes Care 21 (Suppl 2): B161-7. August 1998. PMID 9704245.  And the rest of the issue B1–B167.
  4. 4,0 4,1 American Diabetes Association (January 2004). "Gestational diabetes mellitus". Diabetes Care 27 Suppl 1 (Supplement 1): S88-90. doi:10.2337/diacare.27.2007.s88. PMID 14693936. 
  5. White P (November 1949). "Pregnancy complicating diabetes". Am. J. Med. 7 (5): 609–16. doi:10.1016/0002-9343(49)90382-4. PMID 15396063. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-medicine_1949-11_7_5/page/n74. 
  6. Gabbe S. G., Niebyl J. R., Simpson J. L. OBSTETRICS: Normal and Problem Pregnancies. Fourth edition. Churchill Livingstone, New York, 2002. ISBN 0-443-06572-1
  7. 7,0 7,1 American Diabetes Association (January 2017). "2. Classification and Diagnosis of Diabetes". Diabetes Care 40 (Suppl 1): S11–S24. doi:10.2337/dc17-S005. PMID 27979889. 
  8. "Criteria for screening tests for gestational diabetes". American Journal of Obstetrics and Gynecology 144 (7): 768–73. December 1982. doi:10.1016/0002-9378(82)90349-0. PMID 7148898. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-obstetrics-and-gynecology_1982-12-01_144_7/page/n57. 
  9. Committee on Practice Bulletins—Obstetrics (February 2018). "ACOG Practice Bulletin No. 190: Gestational Diabetes Mellitus". Obstetrics and Gynecology 131 (2): e49–e64. doi:10.1097/AOG.0000000000002501. PMID 29370047. 
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 10,5 "Gestational diabetes". Australian Family Physician 35 (6): 392–6. June 2006. PMID 16751853. 
  11. "Risk of gestational diabetes mellitus in women with polycystic ovary syndrome: a systematic review and a meta-analysis". Fertility and Sterility 92 (2): 667–77. August 2009. doi:10.1016/j.fertnstert.2008.06.045. PMID 18710713. 
  12. "Association of paternal age with perinatal outcomes between 2007 and 2016 in the United States: population based cohort study". BMJ 363: k4372. October 2018. doi:10.1136/bmj.k4372. PMID 30381468. PMC 6207919. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6207919. 
  13. "Maternal obesity and risk of gestational diabetes mellitus". Diabetes Care 30 (8): 2070–6. August 2007. doi:10.2337/dc06-2559a. PMID 17416786. 
  14. "Genetic variants and the risk of gestational diabetes mellitus: a systematic review". Human Reproduction Update 19 (4): 376–90. 2013. doi:10.1093/humupd/dmt013. PMID 23690305. PMC 3682671. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3682671. 
  15. "Update on the genetic and epigenetic etiology of gestational diabetes mellitus: a review". Egyptian Journal of Medical Human Genetics 21 (1): 13. 2020-03-23. doi:10.1186/s43042-020-00054-8. ISSN 2090-2441. 
  16. "Relation of height and body mass index to renal cell carcinoma in two million Norwegian men and women". American Journal of Epidemiology 160 (12): 1168–76. December 2004. doi:10.1093/aje/kwh345. PMID 15583369. 
  17. "Relationship between leg length and gestational diabetes mellitus in Chinese pregnant women". Diabetes Care 30 (11): 2960–1. November 2007. doi:10.2337/dc07-0763. PMID 17666468. 
  18. 18,0 18,1 18,2 ACOG. Precis V. An Update on Obstetrics and Gynecology.. ACOG (1994), December 1994 — 170-bet. ISBN 978-0-915473-22-9. 
  19. „Gestational Diabetes“. American Pregnancy Association (2020-yil 27-aprel). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  20. https://www.uwmedicine.org/sites/stevie/files/2020-11/Gestational-Diabetes-Screening-Strategies%2C-Glycemic-Targets-and-Pharmacologic-Management-OB-Consensus-Conference.pdf [formatsiz URL PDF]
  21. 21,0 21,1 "Gestational Diabetes: Detection, Management, and Implications". Clin Diabetes 16 (1): 4. 1998. http://journal.diabetes.org/clinicaldiabetes/v16n1J-F98/pg4.htm. 
  22. "Maternal circulating concentrations of tumor necrosis factor-alpha, leptin, and adiponectin in gestational diabetes mellitus: a systematic review and meta-analysis". TheScientificWorldJournal 2014: 926932. 2014. doi:10.1155/2014/926932. PMID 25202741. PMC 4151523. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4151523. 
  23. "Gestational diabetes mellitus". The Journal of Clinical Investigation 115 (3): 485–91. March 2005. doi:10.1172/JCI24531. PMID 15765129. PMC 1052018. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1052018. 
  24. "Dilution of the 75-g oral glucose tolerance test improves overall tolerability but not reproducibility in subjects with different body compositions". Diabetes Research and Clinical Practice 51 (2): 87–95. February 2001. doi:10.1016/S0168-8227(00)00209-6. PMID 11165688. https://archive.org/details/sim_diabetes-research-and-clinical-practice_2001-02_51_2/page/n12. 
  25. "Screening for gestational diabetes: one-hour carbohydrate tolerance test performed by a virtually tasteless polymer of glucose". American Journal of Obstetrics and Gynecology 156 (1): 132–4. January 1987. doi:10.1016/0002-9378(87)90223-7. PMID 3799747. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-obstetrics-and-gynecology_1987-01_156_1/page/n187. 
  26. "Different strategies for diagnosing gestational diabetes to improve maternal and infant health". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (8): CD007122. August 2017. doi:10.1002/14651858.CD007122.pub4. PMID 28832911. PMC 6483546. https://research-information.bristol.ac.uk/en/publications/different-strategies-for-diagnosing-gestational-diabetes-to-improve-maternal-and-infant-health(a5865eb5-a667-46dc-a61b-2d86ce67b7d5).html. 
  27. „HbA1c Can Underestimate Maternal Glycemia During Pregnancy“. Massachusetts General Hospital (2020-yil 27-may).
  28. Noctor, E., & Dunne, F. P. (2015). Type 2 diabetes after gestational diabetes: The influence of changing diagnostic criteria. World journal of diabetes, 6(2), 234–244. https://doi.org/10.4239/wjd.v6.i2.234.
  29. "Fasting plasma glucose as a screening test for gestational diabetes mellitus". Archives of Gynecology and Obstetrics 275 (2): 81–7. February 2007. doi:10.1007/s00404-006-0245-9. PMID 16967273. 
  30. "Fasting plasma glucose test at the first prenatal visit as a screen for gestational diabetes". Obstetrics and Gynecology 101 (6): 1197–203. June 2003. doi:10.1016/s0029-7844(03)00049-8. PMID 12798525. https://archive.org/details/sim_obstetrics-and-gynecology_2003-06_101_6/page/n83. 
  31. "Gestational diabetes: fasting and postprandial glucose as first prenatal screening tests in a high-risk population". The Journal of Reproductive Medicine 52 (4): 299–305. April 2007. PMID 17506370. 
  32. GLUCOSE TOLERANCE TEST (Archive.is saytida 2012-12-12 sanasida arxivlangan) at the Dwight D. Eisenhower Army Medical Center. Last Modified November 25, 2009
  33. „What I need to know about Gestational Diabetes“. National Diabetes Information Clearinghouse (2006). 2006-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 27-noyabr.
  34. „Glucose screening tests during pregnancy“. Medline Plus. U.S. National Library of Medicine. Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.
  35. "Indicated vs. routine prenatal urine chemical reagent strip testing". The Journal of Reproductive Medicine 52 (3): 214–9. March 2007. PMID 17465289. 
  36. "No need for glycosuria/proteinuria screen in pregnant women". The Journal of Family Practice 54 (11): 978–83. November 2005. PMID 16266604. 
  37. "Accuracy and influence of ascorbic acid on glucose-test with urine dip sticks in prenatal care". Journal of Perinatal Medicine 34 (4): 285–8. 2006. doi:10.1515/JPM.2006.054. PMID 16856816. 
  38. "Regimens of vitamin D supplementation for women during pregnancy". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2019 (10): CD013446. October 2019. doi:10.1002/14651858.CD013446. PMID 31581312. PMC 6776191. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6776191. 
  39. "Physical activity during pregnancy and the risk of gestational diabetes mellitus: a systematic review and meta-analysis of randomised controlled trials". British Journal of Sports Medicine 48 (4): 290–5. February 2014. doi:10.1136/bjsports-2013-092596. PMID 24037671. 
  40. "Effectiveness of physical activity interventions on preventing gestational diabetes mellitus and excessive maternal weight gain: a meta-analysis". BJOG 122 (9): 1167–74. August 2015. doi:10.1111/1471-0528.13429. PMID 26036300. 
  41. "Prepregnancy plant-based diets and the risk of gestational diabetes mellitus: a prospective cohort study of 14,926 women". The American Journal of Clinical Nutrition 114 (6): 1997–2005. December 2021. doi:10.1093/ajcn/nqab275. PMID 34510175. PMC 8634573. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8634573. 
  42. "Interventions designed to reduce excessive gestational weight gain can reduce the incidence of gestational diabetes mellitus: A systematic review and meta-analysis of randomised controlled trials". Diabetes Research and Clinical Practice 141: 69–79. July 2018. doi:10.1016/j.diabres.2018.04.010. PMID 29698713. 
  43. "Combined diet and exercise interventions for preventing gestational diabetes mellitus". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (11): CD010443. November 2017. doi:10.1002/14651858.cd010443.pub3. PMID 29129039. PMC 6485974. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6485974. 
  44. "The Role of Phytochemicals and Plant-Based Diets in Gestational Diabetes: Evidence from Clinical Trials". International Journal of Environmental Research and Public Health 20 (5): 4188. February 2023. doi:10.3390/ijerph20054188. PMID 36901197. PMC 10001985. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10001985. 
  45. "Treatments for gestational diabetes". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2009 (3): CD003395. July 2009. doi:10.1002/14651858.CD003395.pub2. PMID 19588341. PMC 7154381. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7154381. 
  46. "Lifestyle interventions for the treatment of women with gestational diabetes". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (5): CD011970. May 2017. doi:10.1002/14651858.CD011970.pub2. PMID 28472859. PMC 6481373. https://eprints.soton.ac.uk/385050/1/2015_GDM_Protocol_The_Cochrane_Library.pdf. 
  47. "Probiotic treatment for women with gestational diabetes to improve maternal and infant health and well-being". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2020 (6): CD012970. June 2020. doi:10.1002/14651858.CD012970.pub2. PMID 32575163. PMC 7386668. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7386668. 
  48. "Diabetes in pregnancy: a review of current evidence". Current Opinion in Obstetrics & Gynecology 19 (6): 586–90. December 2007. doi:10.1097/GCO.0b013e3282f20aad. PMID 18007138. 
  49. "The role of exercise in the prevention and treatment of gestational diabetes mellitus". Current Sports Medicine Reports 6 (6): 381–6. December 2007. doi:10.1097/01.csmr.0000305617.87993.51. PMID 18001611. 
  50. 50,0 50,1 "Exercise for pregnant women with gestational diabetes for improving maternal and fetal outcomes". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (6): CD012202. June 2017. doi:10.1002/14651858.CD012202.pub2. PMID 28639706. PMC 6481507. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6481507. 
  51. 51,0 51,1 "Intensified versus conventional management of gestational diabetes". American Journal of Obstetrics and Gynecology 170 (4): 1036–46; discussion 1046–7. April 1994. doi:10.1016/S0002-9378(94)70097-4. PMID 8166187. https://archive.org/details/sim_american-journal-of-obstetrics-and-gynecology_1994-04_170_4/page/n95. 
  52. "Different intensities of glycaemic control for women with gestational diabetes mellitus". The Cochrane Database of Systematic Reviews 2023 (10): CD011624. October 2023. doi:10.1002/14651858.CD011624.pub3. PMID 37815094. PMC 10563388. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=10563388. 
  53. "A systematic review of the literature associating breastfeeding with type 2 diabetes and gestational diabetes". Journal of the American College of Nutrition 24 (5): 320–6. October 2005. doi:10.1080/07315724.2005.10719480. PMID 16192255. 
  54. "Recurrence of gestational diabetes mellitus: a systematic review". Diabetes Care 30 (5): 1314–9. May 2007. doi:10.2337/dc06-2517. PMID 17290037. https://archive.org/details/sim_diabetes-care_2007-05_30_5/page/n317. 
  55. "Predictors of postpartum diabetes in women with gestational diabetes mellitus". Diabetes 55 (3): 792–7. March 2006. doi:10.2337/diabetes.55.03.06.db05-0746. PMID 16505245. https://archive.org/details/sim_diabetes_2006-03_55_3/page/n249. 
  56. 56,0 56,1 "Gestational diabetes identifies women at risk for permanent type 1 and type 2 diabetes in fertile age: predictive role of autoantibodies". Diabetes Care 29 (3): 607–12. March 2006. doi:10.2337/diacare.29.03.06.dc05-1118. PMID 16505514. 
  57. „Gestational Diabetes“. Diabetes Mellitus & Pregnancy – Gestational Diabetes. Armenian Medical Network (2006). 2007-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 27-noyabr.
  58. 58,0 58,1 58,2 "Gestational diabetes and the incidence of type 2 diabetes: a systematic review". Diabetes Care 25 (10): 1862–8. October 2002. doi:10.2337/diacare.25.10.1862. PMID 12351492. 
  59. "Gestational diabetes is a herald of NIDDM in Navajo women. High rate of abnormal glucose tolerance after GDM". Diabetes Care 20 (6): 943–7. June 1997. doi:10.2337/diacare.20.6.943. PMID 9167104. https://archive.org/details/sim_diabetes-care_1997-06_20_6/page/n66. 
  60. "Gestational diabetes mellitus: clinical predictors and long-term risk of developing type 2 diabetes: a retrospective cohort study using survival analysis". Diabetes Care 30 (4): 878–83. April 2007. doi:10.2337/dc06-1816. PMID 17392549. https://archive.org/details/sim_diabetes-care_2007-04_30_4/page/n129. 
  61. "Metabolic syndrome in childhood: association with birth weight, maternal obesity, and gestational diabetes mellitus". Pediatrics 115 (3): e290-6. March 2005. doi:10.1542/peds.2004-1808. PMID 15741354. 
  62. "Childhood obesity and metabolic imprinting: the ongoing effects of maternal hyperglycemia". Diabetes Care 30 (9): 2287–92. September 2007. doi:10.2337/dc06-2361. PMID 17519427. 
  63. "Long-term outcomes in mothers diagnosed with gestational diabetes mellitus and their offspring". Clinical Obstetrics and Gynecology 50 (4): 972–9. December 2007. doi:10.1097/GRF.0b013e31815a61d6. PMID 17982340. 
  64. "Gestational diabetes and the risk of breast cancer among women in the Jerusalem Perinatal Study". Breast Cancer Research and Treatment 108 (1): 129–35. March 2008. doi:10.1007/s10549-007-9585-9. PMID 17476589. 
  65. "Gestational diabetes as a risk factor for pancreatic cancer: a prospective cohort study". BMC Medicine 5 (1): 25. August 2007. doi:10.1186/1741-7015-5-25. PMID 17705823. PMC 2042496. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2042496. 
  66. "An explainable machine learning-based clinical decision support system for prediction of gestational diabetes mellitus". Scientific Reports 12 (1): 1170. January 2022. doi:10.1038/s41598-022-05112-2. PMID 35064173. PMC 8782851. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8782851. 
  67. 67,0 67,1 "Hyperglycemia and adverse pregnancy outcomes". The New England Journal of Medicine 358 (19): 1991–2002. May 2008. doi:10.1056/NEJMoa0707943. PMID 18463375. http://espace.library.uq.edu.au/view/UQ:165894/UQ165894_OA.pdf. 
  68. "Gestational Diabetes Mellitus". Clinical Diabetes 23 (1): 17–24. 1 January 2005. doi:10.2337/diaclin.23.1.17. 
  69. "Controversies around gestational diabetes. Practical information for family doctors". Canadian Family Physician 51 (5): 688–95. May 2005. PMID 15934273. PMC 1472928. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1472928. 
  70. 70,0 70,1 70,2 70,3 "Intrapartal cardiotocographic patterns and hypoxia-related perinatal outcomes in pregnancies complicated by gestational diabetes mellitus". Acta Diabetologica 58 (11): 1563–1573. 2021. doi:10.1007/s00592-021-01756-0. PMID 34151398. PMC 8505288. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8505288. 
  71. 71,0 71,1 "Gestational diabetes and its impact on the neonate". Neonatal Network 20 (6): 17–23. September 2001. doi:10.1891/0730-0832.20.6.17. PMID 12144115. 
  72. "Teratogenicity associated with pre-existing and gestational diabetes". Journal of Obstetrics and Gynaecology Canada 29 (11): 927–934. November 2007. doi:10.1016/s1701-2163(16)32653-6. PMID 17977497. 
  73. "Pre-gestational maternal body mass index predicts an increased risk of congenital malformations in infants of mothers with gestational diabetes". Diabetic Medicine 22 (6): 775–81. June 2005. doi:10.1111/j.1464-5491.2005.01492.x. PMID 15910631. https://archive.org/details/sim_diabetic-medicine_2005-06_22_6/page/n118. 
  74. "Embryonal risks in gestational diabetes mellitus". Early Human Development 79 (1): 59–63. August 2004. doi:10.1016/j.earlhumdev.2004.04.007. PMID 15449398. https://www.um.edu.mt/library/oar//handle/123456789/31614. 
  75. "Hypertension and the pregnancy complicated by diabetes". Current Diabetes Reports 6 (4): 297–304. August 2006. doi:10.1007/s11892-006-0064-1. PMID 16879782. 
  76. „Diabetes and the Risk to Your Family Tree“. www.diabetescare.net. Diabetescare.net. 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-dekabr.