Gipomenorreya
Gipomenorreya – hayz koʻrish davri oʻzgarmagan holda hayz sikli paytida kamroq qon ketishidir.
Belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baʼzi ayollarda hayz sikli paytida kamroq qon ketishi odatiy hol boʻlishi mumkin. Bu holat genetik boʻlishi mumkin va agar anamnez yigʻilsa, ayolning onasi va/yoki opa-singlisida ham hayz koʻrish davrida qon hajmi kamligini aniqlash mumkin.
Hayz koʻrishning kamayishi gormonal kontratseptsiya usullari, masalan, ogʻiz kontratseptiv tabletkalari, gormonal oʻzgarishga olib keladigan bachadonichi kontraseptiv qurilmalari yoki Depo-Provera kabi gormonal implantlarning keng tarqalgan nojoʻya taʼsiri boʻlishi mumkin. Koʻpgina gormonal kontratseptivlarda mavjud boʻlgan nisbatan past estrogen endometriy oʻsishini pasaytiradi, shuning uchun hayz paytida ajralib tushadigan endometriy hajmi kam boʻladi[1].
Kam hayz koʻrish odatda reproduktiv hayotning u yoki bu chegaralarida, yaʼni balogʻat yoshidan keyin va menopauzadan oldin sodir boʻlishi mumkin. Buning sababi shundaki, bu vaqtda ovulyatsiya tartibsiz boʻlib, endometrial qavatlar normal rivojlanmaydi.
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gipomenorreyaning sabablaridan biri Asherman sindromi (bachadon ichi bitishmalari) boʻlib, uning yagona aniq belgisi gipomenorreya (yoki amenoreya) boʻlishi mumkin. Hayz koʻrish yetishmovchiligi darajasi adgeziyalar darajasi bilan bogʻliq[2].
- Bachadon hajmining kichikligi: hayz miqdorining kam miqdorda boʻlishi baʼzida qon ketish yuzasining odatdagidan kichikroq ekanligini anglatadi va baʼzida miomektomiya yoki bachadondagi boshqa plastik operatsiyalar paytida endometrial boʻshliq hajmi kamayganida kuzatiladi.
- Nerv va emotsional faktorlar: stress yoki haddan tashqari hayajon kabi psixogen omillar gipomenorreyaga olib kelishi mumkin. Bunday omillar tuxumdonlar siklida (estrogen va progesteron kabi gormonlarni ajratish uchun) tuxumdonlarni ragʻbatlantiradigan miyadagi markazlarning faoliyatini pasaytiradi va bu gormonlarning kam ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkin.
- Tanada yogʻ toʻqimasining kamligi: Haddan tashqari koʻp jismoniy mashqlar va notoʻgʻri dieta tanadagi yogʻ ulushi pasayishiga, natijada kam hayz koʻrishga olib kelishi mumkin. Bu hayz koʻrishning toʻliq yoʻqligi (amenoreya)ga ham olib keladi[3].
Diagnostika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qon analizlari: Hayz paytida qon oqimining pasayishining koʻp uchraydigan sabablari qon analizlari bilan aniqlanishi mumkin. Follikula stimullovchi gormon, luteinlovchi gormon, estrogen, prolaktin, insulin kabi gormonlar darajasini aniqlash uchun qon analizlari muhim ahamiyatga ega. Tuxumdon polikistozi sindromida insulin va androgenlarning yuqori darajasi kuzatiladi.
- Ultrasonogramma: Ultrasonogramma endometriumning qalinligini, tuxumdonlar hajmini, follikullalar oʻsishini, ovulyatsiyani va boshqa anormalliklarni tashxislashi mumkin.
- Boshqa testlar: Baʼzida hayz paytida kam qon hajmining sababini aniqlash uchun MRT kabi boshqa usullar talab qilinadi.
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agar jiddiy sababli anormallik aniqlanmasa, bemorni tinchlantirishdan tashqari davolash usuli kerak emas. Aks holda, davo choralari gipomenorreyaga olib kelgan anormallikni davolash bilan olib boriladi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ The New Harvard Guide to Women's Health. Harvard University Press, 2004 — 384-bet. ISBN 0-674-01282-8.
- ↑ "Traumatic hypomenorrhea-amenorrhea (Asherman's syndrome)". Fertil. Steril. 30 (4): 379–87. October 1978. doi:10.1016/s0015-0282(16)43568-5. PMID 568569.
- ↑ „Amenorrhea: Causes“. Mayo Clinic. Qaraldi: 2011-yil 24-sentyabr.