Kontent qismiga oʻtish

Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy
arabcha: حنظلة بن صفوان الكلبي
Misr hokimi
Mansab davri
721 – 724
Hukmdor Yazid II
Oʻtmishdoshi Abdurahmon ibn Xolid al-Fahmiy
Vorisi Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy
Ifriqiya hokimi
Mansab davri
742 – 745
Hukmdor Hishom ibn Abdulmalik
Al-Volid ibn Yazid
Yazid III
Ibrohim ibn al-Volid
Marvon II
Oʻtmishdoshi Kulsum ibn Iyod al-Kushayriy va Balj ibn Bishr al-Qushayriy
Vorisi Abdurahmon ibn Habib al-Fihriy
Shaxsiy maʼlumotlari
Otasi Safvon al-Kalbiy
Janglari

Berberlar isyoni

Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy (arabcha: حنظلة بن صفوان الكلبي) Umaviylar xalifaligi davrida 721—724, keyinchalik 737—742-yillarda Misr hokimi, 742—745-yillarda Ifriqiya hokimi boʻlgan.

Misr hokimligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanzala ibn Safvon al-Kalbiy taxminan 720-yilda Umaviylar xalifasi Yazid II tomonidan Misr hokimi etib tayinlangan ukasi Bishr ibn Safvon al-Kalbiy bilan birga Misrga kelgan. U yerda mirshablar boshligi (ash-shurta) boʻlan[1]. Hanzala 724-yilga qadar Misr hokimi boʻlib xizmat qilgan, biroq oʻsha yili yangi xalifa Hishom ibn Abdulmalik taxtga oʻtirgan va ukasi Muhammad ibn Abdulmalik ibn Marvonni hokim etib tayinlagan.

Bir qator muvaffaqiyatsiz Misr hokimlaridan soʻng xalifa Hishom 737-yilda Abdurrahmon ibn Xolid al-Fahmiyning oʻrniga Hanzala ibn Safvonni qayta Misr hokimi etib tayinlashga qaror qilgan.

Ifriqiya hokimligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

741-yil oktyabr oyida Magʻribda kechgan Berberlar qoʻzgʻoloni vaqtida Ifriqiya qoʻshini xalifa tomonidan yuborilgan Suriya qoʻshinlari bilan birga Bagdura jangida berberlar tomonidan yoʻq qilingan. Hokim Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy jang maydonida halok boʻlgan, uning jiyani va vorisi Balj ibn Bishr al-Qushayriy esa qoʻshinning qolgan qismi bilan Ispaniyada panoh topdi, natijada butun Ifriqiya berber isyonchilarining hujumi uchun ochiq qolib ketdi.

Umaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik ixtiyorida qoʻshimcha kuch boʻlmaganligi uchun tezda Hanzala ibn Safvonni Ifriqiyaga hokim etib tayinladi. Hanzala butun Magʻrib (Misrdan gʻarbdagi Shimoliy Afrika) va Andalus (Ispaniya) ustidan nazorat oʻrnatish vakolatiga ega boʻldi. Shuningdek, unga Ifriqiyani himoya qilish va Berber qoʻzgʻolonini bostirish uchun zarur kuchlarni toʻplab, u yerga yetib borish buyurildi. Misrni Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiyning qoʻliga topshirgan holda Hanzala 742-yil fevralda gʻarbga tomon yoʻl oldi. Barqa (Kirenaika) va Tripolidan (Tarobulus al-Gʻarb) qoʻshimcha kuchlarni yigʻib, 742-yilning aprel oyida Qayravonga yetib keldi.

Ifriqiyada berberlar qoʻzgʻolonini bostirgach, Hanzala oʻz eʼtiborini Al-Andalusga (Ispaniya) qaratdi. U yerda Andalusiya arablari va yangi kelgan Suriya jundlari (xalifa Hishom 741-yilda Ifriqiyaga yuborgan harbiy kuchlarning qolgan qismi) oʻrtasida haqiqiy ichki kurash ketayotgan edi. 743-yilning boshida Hanzala ibn Safvon amakivachchasi Abu al-Xattor ibn Daror al-Kalbiyni oʻzining noibi sifatida Kordovaga yubordi. Abu al-Xattor u yerda Andalus hukumatini oʻz qoʻliga olib, kelishmovchilikni bartaraf etdi.

  • Kennedy, Hugh „Egypt as a province in the Islamic caliphate, 641–868“, . Cambridge History of Egypt, Volume One: Islamic Egypt, 640–1517. Cambridge: Cambridge University Press, 1998 — 62–85-bet. ISBN 0-521-47137-0. 
Oʻtmishdoshi:
Bishr ibn Safvon al-Kalbiy
Misr hokimi
721–724
Vorisi:
Muhammad ibn Abdulmalik ibn Marvon
Oʻtmishdoshi:
Abdurahmon ibn Xolid al-Fahmiy
Misr hokimi
737–742
Vorisi:
Hafs ibn al-Volid ibn Yusuf al-Hadramiy
Oʻtmishdoshi:
Kulsum ibn Iyod al-Qushayriy

Balj ibn Bishr al-Qushayriy

Ifriqiya hokimi
742–745
Vorisi:
Abdurahmon ibn Habib al-Fihriy