Hind bo'ri
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Hind bo'risi | ||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||
| ||||||||||||
Panthera tigris jacksoni | ||||||||||||
Canis lupus pallipesning tarqalishi
|
Hind bo'risi[1] - Bo'rilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri bo'lib Janubi-g'arbiy Osiyodan tortib Hindiston submintaqasigacha bo'lgan hududlarda yashaydi. Hind bo'rilari odatda kichik guruhlarda harakatlanib, qolgan turdosh kulrang bo'rilarga nisbatan kamroq ovoz chiqaradi va ayyorligi bilan mashhur.[2][3] Hind bo'risi dunyodagi kulrang bo'rilar orasida eng katta xavf ostidagisi hisoblanadi va ularning soni 2000-3000 orasida deb taxmin qilinadi.[4]
Tashqi ko'rinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hind bo'risi tashqi ko'rinishidan yevroosiyo bo'risiga o'xshasa-da, jussasi kichikroq, ustidagi yungi kaltaroq va tagida esa deyarli yungi yo'q.[5] Yelkasigacha bo'lgan balandligi odatda 57-72 sm, vazni esa erkaklarida 19dan 25 kggacha, urg'ochilarida 27dan 22 kggacha bo'ladi.[6] Katta yoshli bo'rining burnidan dumigacha bo'lgan uzunligi 103-147 sm oralig'ida farqlanadi. Yungi odatda kulrang-qizg'ish bilan qizg'ish-oq ranglarda bo'ladi.
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ularning yashash odat qolgan kulrang bo'ri kenja turlariga o'xshab ketsa-da, ular nisbatan kichik 6-8 bo'ridan iborat to'dalarda yashashadi.[7] ular odatda oktabrning o'rtalaridan dekabrning oxirlarigacha bolalaydi. ularning yashash hududlarida boshqa yirtqichlar ham uchraydi, jumladan Bengal yo'lbarsi, Bengal tulkisi, qo'ng'ir ayiq, tillarang chiyabo'ri, Osiyo sheri, qoplon. Hind bo'rilari odatda antilopa, kemiruvchilar va yovvoyi quyonlarni o'v qiladi. Ushbu bo'rilar tungi payt uyg'oq bo'ladi va quyosh botgandan to quyosh chiqishiga qadar ov qilishadi. Bu bo'rilar tezligi va chidamliligi bilan qolgan turdoshlaridan ajralib turadi.[8] Ular turli xil o'ljalar turli xil usullar orqali ov qiladi.[2] Yovvoyi quyon va ba'zi kemiruvchilarni o'v qilganda tarqalib yurishsa, antilopani ovlaganda jamoaviy ov qilishadi. Antilopa tez bo'lganligi sabab bir nechta bo'rilar antilopani jarlik, o'ra yoki butalar orasiga haydab borishadi. U yerda qolgan bo'rilar kutib turishadi va jamoaviy tashlanadi.
Tarqalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avvalari hindlar bo'rilar odamlarga yoki chorva mollariga tashlansa ham ularga hosilga la'mat tegadi deb tegishmagan. ammo brinatiyaning hindistonda hukmronlik paytida odamlar va chorvachilik mollariga tashlangani uchun ularni ov qilish boshlandi. Britaniya hukmronligining 1871 va 1916-yillar oralig'ida 100 000dan ortiq hind bo'rilari o'ldirilgan. hozirgi kunda hind bo'rilari hindistonning turli shtatlarida uchraydi, jumaladan Gujarot, Rajastan, Haryana, Uttar Pradesh, Madya Pradesh, Jharkhand, Maharashtra, Karnataka, Kerala va Andra Pradesh. Ular asosan muhofaza qilinadigan hududlarda yashagani sababli ularning soni 2000-3000 orasida ekanligi taxmin qilinadi.[4] Butan ham mavjudligi aytilsada, ularning odamlar ko'rgani haqida hech qanday ma'lumot mavjus emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ IndiaInternational Wolf Centerhttps://wolf.org › Asia
- ↑ 2,0 2,1 "Indian Wolf". Wolf Worlds. Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
- ↑ Hegde, S. (Director) (2016). Walking with Wolves (Motion picture) Arxivlandi Qaraldi: 2020-yil 1-yanvar.
- ↑ 4,0 4,1 "Wildlife Protection Act 1972" legislative.gov.in
- ↑ Blanford, W. T. (1888)."Canis pallipes. The Indian Wolf" Fauna of British India: Mammalia. London: Taylor and Francis. pp. 137–140.
- ↑ Locke, A. (1956). The tigers of Terengganu. London: Museum Press Ltd..
- ↑ „Indian wolf“. Qaraldi: 2023-yil 20-sentabr.
- ↑ Mivart, G. (1890), Dogs, Jackals, Wolves and Foxes: A Monograph of the Canidæ, London: R.H. Porter : Dulau, pp. 9-10