Kontent qismiga oʻtish

Ismoil Haniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ismoil Haniya
Ismoil Abdusalom Ahmad Haniya
Falastin muxtoriyati bosh vaziri
Mansab davri
2006-yil 29-mart – 2014-yil 2-iyun
Prezident Mahmud Abbos
Aziz Dweik
Avvalgisi Ahmed Qurei
Keyingisi Rami Hamdallah
Gʻazo sektoridagi Hamas hukumati rahbari
Mansab davri
2014-yil 2-iyun – 2017-yil 13-fevral
Yetakchi Khaled Mashal
Keyingisi Yahyo Sinvar
Hamas siyosiy byurosi raisi
Mansab davri
2017-yil 6-may – 2024-yil 31-iyul
Vorisi Yahyo Sinvar
Avvalgisi Khaled Mashal
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1963-yil 29-yanvar
Vafoti 31-iyul 2024-yil(2024-07-31)
(61 yoshda)
Tehron, Eron
Oʻlim sababi suiqasd
Bolalari 13 ta (shundan 3 tasi vafot etgan)
Istiqomat joy(lar)i Doʻha, Qatar
Alma mater Gʻazo islom universiteti
Gʻazoda politsiya kuchlarining bitiruv marosimi, 2012-yil 16-iyun

Ismoil Haniya (arabcha: إسماعيل هنية)(1962/1963-yil 29-yanvar – 2024-yil 31-iyul) — Hamas yetakchisi, falastinlik siyosatchi. 2007–2024-yillarda Gʻazo sektorini boshqargan[1]. U 2024-yil 31-iyulda Eronda o‘ldirilgan[2] va to vafotigacha Qatarda istiqomat qilgan[3].

Ismoil Abdusalom Haniya 1962-yil 29-yanvarda Gʻazo shahridan gʻarbdagi falastinlik qochqinlar lagerida tugʻilgan[4]. Uning ota-onasi asli Ashkelonda istiqomat qilishgan boʻlib, 1948-yilgi Arab-Isroil urushi davrida qochoqqa aylanishgan. Haniya Gʻazo islom universitetida tahsil olgan. Shu vaqtlarda islom harakatiga aʼzo boʻlgan[5].

Dastlabki faolligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haniya 1987-yilda universitetni tamomlab, birinchi intifadada qatnashgan. Hech qancha vaqt oʻtmasidan namoyishlardagi ishtiroki sababli Isroil tomonidan hibsga olingan va qisqa muddatga qamalgan. 1988-yilga kelib Hamas Gʻazodagi „asosiy qarshilik harakati“ boʻlib qoladi va shu vaqtda uni yana hibsga olishib, 6 oy muddatga qamoq jazosi tayinlanadi[5].

1989-yilda Isroil hukumati uni hibsga oladi va 3 yilga qamaydi. Muddat tugaganidan keyin u va Hamasning boshqa yetakchilari Abdul Aziz al-Rantisiy, Mahmud al-Zahar va guruhning boshqa 400 dan ortiq a’zolari bilan birgalikda Isroil va Livan orasidagi Marj al-Zuhurga oʻtkazilgan. Bu yerda yana bir yil qamoqda boʻlgan[4]. 1993-yil dekabr oyida Haniya Gʻazoga qaytib, Gʻazo islom universitetida dekan boʻlib oʻz faoliyati boshlaydi[5].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Gʻazoga qaytib, Hamasning diniy rahnamosi Ahmad Yosinning oʻng qoʻli va kotibi boʻlib olgan[4].

Falastin bosh vaziri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Hamas Gʻazodagi saylovda gʻalaba qozonadi. Hamas nomzodlari Falastin qonunchilik kengashidagi 132 oʻrindan 76 tasini qoʻlga kiritadi. 16-fevralda Hamas tomonidan Haniya Falastin bosh vaziri lavozimiga tayinlanadi[5]. U oʻz maʼmuriyati kun tartibini bayon qiladi va quyidagi fikrlarni aytadi:

Bizning hukumat mintaqada adolatli tinchlikka erishish, okkupatsiyaga barham berish va huquqlarimizni tiklash uchun bor kuchini ayamaydi[5].

Haniya bundan tashqari, AQSH va Yevropa Ittifoqi „agar Hamas zo‘ravonlikdan voz kechmasa va Isroilni tan olmasa, Falastin muxtoriyatini moliyalashtirishni to‘xtatish“ boʻyicha tahdidlarini bekor qilishga chaqirib, falastinliklar mustaqillik uchun kurashni davom ettirish huquqiga ega ekanligini va shu mojaroni hal qilish uchun xalqaro vositachilikar bilan muzokaralar oʻtkazishni xohlashini taʼkidlaydi[5].

Lekin bir yildan keyin Falastin muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbos maʼmuriyati tomonidan Haniyaning hukumati tarqatib yuborilgan. Hamas esa bu qarorni qonuniy emas deb eʼlon qilib, ishlashda davom etishadi va Gʻazo sektori ustidan toʻliq nazorat oʻrnatishadi. Hokimiyat uchun kurash atiga bir hafta davom etadi. Haniya FATH bilan sulh tuzishga bir necha bor urinadi, ammo kurash yakunida Mahmud Abbos rahbarligidagi FATH harakati Gʻazo sektoridan siqib chiqariladi[4].

Hamas siyosiy byurosi rahbari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haniya Turkiya Madaniyat vaziri Numan Kurtulmuş bilan, 2012-yil 20-noyabr

Haniya 2017-yil 6-mayda Hamas siyosiy byurosi rahbari etib saylanadi[4]. Undan oldin ushbu vazifani Xolid Mashal bajargan. 2018-yilda AQSH uni terrorchi deb eʼlon qiladi va unga nisbatan sanksiyalar qoʻllaydi[5].

Shaxsiy va oilaviy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haniya va Khaled Mashal Gʻazoda, 2012-yil 8-dekabr

Haniya oʻz amakivachchasi boʻlmish Amal Haniya bilan turmush qurgan. Ularning 13 nafar (8 oʻgʻil va 5 qiz) farzandi bor[5].

Isroil tomonidan oila a’zolarining o‘ldirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil aprel oyida Haniyaning 3 nafar oʻgʻli va bir qancha nevarasi isroilliklar tomonidan oʻldirilgan. Isroil mudofaa armiyasi esa ularning barchasini Hamasning harbiy qanoti aʼzolari ekanligi bildirgan[5].

Maʼlumotlarga koʻra, uning yana bir oʻgʻli fevralda oʻldirilgan, akasi va boshqa bir qarindoshi esa oktyabrda va bir nevarasi noyabrda halok boʻlgan[5]. U oʻz farzand-u nevaralarini „shahidlar“ degan va oila aʼzolarining vafoti Hamasning oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralardagi pozitsiyasi taʼsir koʻrsatmasligini aytib, quyidagicha soʻzlagan:

Bizning talablarimiz aniq va ravshan, biz hech qanday yon bermaymiz. Dushman agar muzokaralarning avj pallasida va harakatimiz takliflarga o‘z javobini berishidan oldin mening o‘g‘illarimga hujum qilishi bizni pozitsiyamizni o‘zgartirishga undaydi, deb o‘ylasa adashadi[5].

Haniya Qosim Sulaymoniyning dafn marosimida Ali Xomanaiyning orqasida turibdi.

Haniya 2024-yil 31-iyunda Eronning Tehron shahridagi suiqasd natijasi vafot etadi[6]. 1-avgust kuni Tehronda vidolashuv marosimi boʻlib oʻtgan[7] va 2-avgust kuni Qatar poytaxti Doha shahrida janoza oʻqilib, dafn etilgan[8].

  1. Alshawabkeh, Lina „Who are the leaders of Hamas?“ (en-GB). BBC News (2023-yil 17-oktyabr). 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-fevral.
  2. „Hamas's Ismail Haniyeh killed in Tehran home“ (en). The Jerusalem Post (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 31-iyul.
  3. „Ismail Haniyeh“ (en). Counter Extremism Project. 2023-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Kun.uz. „O‘tmishdagi aktyor, basketbolchi, shifokor: HAMAS yetakchilari haqida nimalar ma’lum?“ (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  5. 5,00 5,01 5,02 5,03 5,04 5,05 5,06 5,07 5,08 5,09 5,10 Kun.uz. „Hamasning o‘ldirilgan yetakchisi Ismoil Haniya haqida nimalar ma’lum?“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  6. Kun.uz. „Tehronda Hamas yetakchilaridan biri o‘ldirildi. Asosiy ma’lumotlar“ (2024-yil 31-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  7. Kun.uz. „HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning dafn marosimi Dohada bo‘lib o‘tadi“ (2024-yil 1-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.
  8. Kun.uz. „Ismoil Haniya Qatarda dafn etildi, Eron, Turkiya va boshqa mamlakatlarda motam marosimi o‘tkazildi“ (2024-yil 2-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-noyabr.