Kontent qismiga oʻtish

Iyshan qal’a majmuasi

Koordinatalari: 42°40′13″N 59°44′55″E / 42.670202°N 59.748517°E / 42.670202; 59.748517
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Iyshan qalʼa majmuasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Arxitektura yodgorligi
Turi Majmua
Manzili „Juzim bogʻ“ ovuli
Shahar Kegeyli tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 42°40′13″N 59°44′55″E / 42.670202°N 59.748517°E / 42.670202; 59.748517
Qurilishi boshlangan XVIIIXIX asr
Qurilishi tugagan XX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Iyshan qalʼa majmuasi xaritada

Iyshan qalʼa majmuasi (yoki Iyshan kala kompleksi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumanidagi tarixiy va arxitektura yodgorligi. Tarixiy obyekt XVIIIXIX hamda XX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda „Juzim bogʻ“ ovul fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Iyshan qalʼa majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulkiga tegishli hisoblanadi[2]. Shuningdek, Iyshan qalʼa majmuasi boshqa 98 ta tarixiy manzillar bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga ham kiritilgan[3].

Iyshan qalʼa majmuasi XVIII—XIX hamda XX asrlarga tegishli boʻlib, u mahalliy aholi orasida shuhrat qozongan ziyoratgoh hisoblanadi. Iyshan qalʼaning qurilish tarixi XVIII—XIX asrda yashab oʻtgan Imom Eshon nomi bilan bogʻliq. Imom Eshon 1806—1825-yillarda Xiva xonligini boshqargan Muhammmad Rahimxon davrida Xiva xonligida diniy ishlar boʻyicha xon maslahatchisi lavozimigacha koʻtarilgan ulugʻ shaxs boʻlgan. Iyshan qalʼani Imom Eshonning katta oʻgʻli Atagʻulla bunyod qildirgan. Oʻz davrida Iyshan qalʼaga qish faslini oʻtkazish maqsadida kelgan oilalar soni 40 (qirq) mingtadan ortib ketganligi aytiladi. Qalʼa qurilishi boshlangan vaqtda qishloq nomi „Kenjeli“ (oilaning eng kichik farzandi bilan bogʻliq) deb atalgan. Keyinchalik bu hudud nomi Imom Eshon nomi bilan bogʻlanib (Iyshan — qoraqalpoq tilida) „Iyshan qalʼa“ deb atala boshlangan[4].