Kechirmas bobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kechirmas bobo maqbarasi
Kechirmas ota maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy yodgorlik
Turi Maqbara
Manzili Boʻston shahri
Shahar Ellikqalʼa tumani
Mamlakat Qoraqalpogʻiston
Koordinatalar 41°43′07″N 60°44′04″E / 41.718696660798415°N 60.734475111631355°E / 41.718696660798415; 60.734475111631355 G OKoordinatalari: 41°43′07″N 60°44′04″E / 41.718696660798415°N 60.734475111631355°E / 41.718696660798415; 60.734475111631355 G O
Qurilishi boshlangan XIIXIV asr
Qurilishi tugagan XVIXIX asr
Egasi Davlat mulkiga tegishli
Map
Kechirmas bobo maqbarasi xaritada

Kechirmas bobo maqbarasi (yoki Kechirmas ota maqbarasi) — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanidagi tarixiy yodgorlik[1]. Maqbara XIIXIV va XVIXIX asrlarga tegishli boʻlib, bugungi kunda Ellikqalʼa markazi boʻlgan Boʻston shahrida joylashgan. Maqbara Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[3].

Maqbara tarixi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kechirmas bobo qadimgi davrda bu hududda yashagan avliyolardan biri boʻlgan. Bu shaxsning Muhammad paygʻambar bilan zamondosh boʻlganligi taxmin qilinadi. Kechirmas bobo oʻz davrida odamlarni davolaganligi sababli vafotidan keyin bu shaxsning qabri yordamga muhtoj boʻlgan mahalliy aholi uchun ibodat va shifo maskaniga aylangan. Bugungi kunga kelib maqbara Qoraqalpogʻiston Respublikasining eng koʻp tashrif buyuriladigan ziyoratgoh manzillari qatoridan joy olgan[4]. 2020-yil koronavirus pandemiyasi tufayli turistlar oqimi ancha kamaygan boʻlishiga qaramay Ellikqalʼa tumaniga ichki turizm yoʻnalishi boʻyicha „Kechirmas ota ziyoratgohi va shifo maskani“ va „Norinjon bobo“ arxeologik yodgorligi va tumandagi boshqa tarixiy obyektlarga 40 mingdan ortiq ziyoratchi tashrif buyurgani xabar qilingan[5].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy aholi Kechirmas boboning turli kasalliklar davosiga yoʻl ochib qoʻyganiga ishonib kelishadi. Bu kasalliklardan biriga yoʻliqqan kishi faqat qilgan xatolaridan tavba qilish orqali tuzalishi mumkinligi aytiladi. Shuningdek, agar bu odam davolangandan keyin ham xuddi shunday xatoga yoʻl qoʻysa, butun umri davomida kasal boʻlib qolishi mumkinligiga mahalliy aholi ishonib keladi. „Kechirmas bobo“ nomi shu sababli kelib chiqqani taʼkidlanadi[6][7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil. 
  2. „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  3. „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
  4. „ИҚТИСОДИЁТДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ“. 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  5. „Ellikqal’a – turizm o‘chog‘iga aylanadi – Qoraqolpogʻiston Axborot Agentligi“. kknews.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  6. „MAUSOLEUM OF KECHIRMAS BOBO“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
  7. „KECHIRMAS BOBO MAQBARASI“. 2023-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.