Toqmaq ota maqbarasi
Toqmaq ota maqbarasi | |
---|---|
Toqpaq ata maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | „Ushsay“ ovuli |
Shahar | Moʻynoq tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 43°48′11″N 58°59′26″E / 43.80302280499642°N 58.99057641106366°E |
Qurilishi boshlangan | XVII—XVIII asr |
Qurilishi tugagan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Toqmaq ota maqbarasi (yoki Toqpaq ata maqbarasi; asli ismi: Abdurahmon) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumani, Ushsay ovuli hududida joylashgan tarixiy yodgorliklardan biri. Maqbara Moʻynoq tumaniga qarashli Ushsay ovulidagi qumtepalikning tepasida joylashgan. Yodgorlik XVII—XVIII va XIX asrlarga tegishlidir. Moʻynoq tumanida moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatiga jami 12 ta madaniy meros hamda ziyorat obyektlari kiritilgan boʻlib, Toqmaq ota maqbarasi bu roʻyxatga kiritilgan obyektlardan biri hisoblanadi[1].
Toqmaq ota maqbarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[2]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toqmoq ota haqidagi xalq orasida aytilgan afsona va rivoyatlar bizgacha kam yetib kelgan. Ularning birida aytilishicha, Toqmoq ota Hakim ota bilan bir davrda Ahmad Yassaviydan birga taʼlim olgan.
Toqmaq (Toqpaq) ota toʻgʻrisida Jiyen Jirov va Kunxoʻja asarlarida ham maʼlumotlar mavjud. Masalan, Toqpaqtan esti qatti jel (Toqpaqdan esdi qattiq shamol), Bunnan bardim Házireti Toqpaqqa (Bundan bordim Harzati Toqpaqga) kabi satrlarning mavjudligi Toqmaq ota shaxsining XVIII asrning oʻrtalarida aholi orasida mashhur ekanligidan darak beradi. XIX asrda bu yerda boʻlgan vengriyalik sayyoh va olim Vamberi Toqmaq otaning „baliqchilarning piri“ ekanligini taʼkidlab, maqbara ichida choʻpon va uy buyumlarining saqlanib kelinayotganligini yozgan[4].
Qoraqalpogʻistonlik arxeolog olim X. Yesbergenov tomonidan yozilgan „Qoʻngʻirotning tarixiy va madaniy esdaliklari“ kitobida Moʻynoqdagi „Toqmaq ota“ maqbara va qabristoni haqida ham maʼlumotlar mavjud. Kitobda sirli Adaq qalʼaning mavjudligi haqida soʻz boradi. Xususan, muallif „Toqmaq ota“ qabristonidagi qadimiy bir qulfitoshdagi „Adaq“ haqida yozilgan qadimiy qoʻshiqqa eʼtibor qaratgan:
Aslimni soʻrasang Adaq ichida,
Ala buyrak edim Adjar ichida.
Qoʻshiqda kechgan joy Sariqamishdan 16—17 km masofa uzoqlikda joylashgan Adaq qalʼaning qoldiqlari hozir ham mavjudligi taxmin qilinadi[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sulton Uvays bobo maqbarasi
- Shibliy ota maqbarasi
- Yusuf Hamadoniy maqbarasi
- Shamun-Nabi maqbarasi
- Tugʻon Turk maqbarasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ochiq muloqot hayotimda unutilmas voqea sifatida katta taassurot qoldirdi“ (uz-Latn-UZ). https://yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ uza.uz „Suv ostida qolgan qalʼalar“ (uz). Uza.uz (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.