Kontent qismiga oʻtish

Joʻrabek qabristoni

Koordinatalari: 41°27′8″N 69°31′11″E / 41.45222°N 69.51972°E / 41.45222; 69.51972
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joʻrabek qabristoni
Joylashuv Yashnobod tumani, Toshkent
Turi Qabriston
Ochilish sanasi 1910-yil
Xarita
Map
Koordinatalari 41°27′8″N 69°31′11″E / 41.45222°N 69.51972°E / 41.45222; 69.51972

Joʻrabek qabristoni — Toshkent shahrining Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi yuzasida joylashgan Islom ota masjidining orqa qismida joylashgan qabriston[1].

Qabriston xalq orasida „Joʻrabek“ nomi bilan tanilgan boʻlib, 1910-yilda tashkil topgan. Qabriston Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli sharafiga shunday nomlangan. Maydoni 1,38 gektarni tashkil qiladi[1].

Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yashab oʻtgan ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan va shu yulda halok boʻlganlar orasida Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli alohida oʻrin tutadi. U Buxoro amirligiga qarashli hozirgi Kitob tumanining hokimi boʻlgan. Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli 1868-yilda mustamlakachilarga qarshi kurashda yengiladi. Shundan soʻng u Qoʻqon xoni Xudoyorxon buyrugʻiga koʻra, ruslarga tutib beriladi. Turkiston general gubernatori Fon Kaufman bu isteʼdodli oʻzbek sarakardasini gubernator mahkamasida tarjimon sifatida oʻz xizmatiga oladi va unga polkovnik unvoni beriladi. 1901-yilda rus armiyasi general mayori unvoniga koʻtariladi. Joʻrabek Qalandarqori oʻgʻli 1876-yilda Peterburgga sharqshunoslar kongressiga vakil qilib yuboriladi. Bu anjumanda Joʻrabek koʻpchilik sharqshunoslarni chiqishlari bilan lol qodiradi[2].

1905-yili Rossiyada inqilob boshlanganda Joʻrabek vaziyatdan foydalanib, doʻsti Bobobek bilan Turkistonda ozodlik uchun kurash boshlaydi. 1906-yili 16-noyabrdan 29-dekabrga qadar general Joʻrabek toʻrt marta ziyolilar majlisini oʻtkazadi va bu majlislarda Turkiston xalqlariga iqtisodiy va siyosiy erkinliklar yaratilishi talab qiladi. 1906-yil 24-yanvarga oʻtar kechasi Joʻrabek oʻzining Qorasuvdagi bogʻida sirli ravishda oʻldirib ketiladi. Chunki Chor Rossiya amaldorlari undan shu yoʻl bilan qutulishgan. Keyinchalik Joʻrabek qoʻlyozmalari kolleksiyasi sharqshunoslik institutida saqlangan. Keyinchalik Milliy universitetning asosiy kutubxonasiga oʻtkazilgan. Bu qoʻlyozmalar Joʻrabekning gʻoyat keng bilimli zukko shaxs ekanidan dalolat beradi. Joʻrabek sharq olimlari merosini qunt bilan oʻrgangan va ilm maʼrifatga katta ahamiyat bergan. Tumandagi mahallaning hozirgi idorasi Joʻrabekning Qorasuv boʻyidagi dala hovlisida joylashgan. Uning binosi koʻchmas madaniy obeʼkt sifatida muxofazaga olingan[2].

Obodonlashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek Yashnobod tumanida joylashgan Otamozor qabristonini 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 946,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 „TOSHKENT SHAHRIDAGI QABRISTONLARNING SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 26-noyabr.
  2. 2,0 2,1 vakillikuz. „«Ислом ота» жоме масжиди“ (uz). vakillik.uz (2015-yil 17-sentyabr). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.