Kamolon qabristoni
Kamolon qabristoni | |
---|---|
Joylashuv | Shayxontohur tumani, Toshkent |
Turi | Qabriston |
Ochilish sanasi | XV asr |
Xarita | |
Koordinatalari | 41°30′51″N 69°23′02″E / 41.51417°N 69.38389°E |
Kamolon qabristoni — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanining mashhur Kamolon mahallasida joylashgan qabriston[1]. „Bunyodkor“ shoh koʻchasi va „Samarqand-darvoza“ koʻchalari oraligʻidagi Kamolon koʻchasida, Milliy bogʻ metro bekati yaqinida joylashgan. Qabriston oʻz nomini oʻsha hududda joylashgan Kamolon darvozasi nomidan olgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qabriston xalq orasida „Kamolon qabristoni“ nomi bilan mashhurdir. Qabriston XV asrda tashkil topgan. Maydoni 6,06 gektarni tashkil qiladi[1]. Qabristonda Xoʻja Alon Bordor maqbarasi joylashgan[3][4][5]. Bazi davlat hujjatlarida „Xoʻja Alon Bordor qabristoni“ nomi ham uchraydi[1]. Shuningdek, u yerda koʻplab taniqli oʻzbek madaniyat arboblari va adabiyot namoyandalari dafn etilgan. Jumladan, yozuvchi Abdulla Qodiriy, shoir Habibiy, dramaturg va shoir Xurshid dafn etilgan.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qabriston Kamolon mahallasida joylashgan boʻlib, uning yonida Kamolon masjidi joylashgan. Qabristondan 600 metr uzoqlikda Oliy Majlis binosi joylashgan.
Obodonlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek „Zax qabristoni“ hamda „Ko‘kcha Shayx Zayniddin“ qabristonining 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 144,0 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „TOSHKENT SHAHRIDAGI QABRISTONLARNING SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH VA MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 17-dekabr.
- ↑ Toshkent darvozalari
- ↑ „ХЎЖА АЛАМБАРДОР МАҚБАРАСИ“ (uz). Qaraldi: 17-dekabr.
- ↑ „ХЎЖА АЛАМБАРДОР ЖОМЕ МАСЖИДИ“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 17-dekabr.
- ↑ „Хўжа Аламбардор мақбараси“ (uz). shosh.uz.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston etnik atlasi
- „Toshkent haqida xatlar“ Kamalan darvozasi oldidagi cherkov haqida 2010-yil 15-iyuldagi Arxivlangan nusxa