Kontent qismiga oʻtish

Kim Little

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Little
Little 2019-yil oktabrda „Arsenal“dagi oʻyinida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kim Alison Little[1]
Tavallud sanasi 29-iyun 1990-yil (1990-06-29) (34 yosh)[1]
Tavallud joyi Mintlaw, Shotlandiya[2]
Boʻyi 5 fut 4 inches (1.62 m)
Ampluasi Hujumkor yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OL Reign
(Arsenaldan ijaraga olingan)
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2004 Buchan Girls FC
2005—2006 Hibs Girls FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 Hibernian Ladies 48 (88)
2008—2013 Arsenal 94 (81)
2014—2016 Seattle Reign 63 (32)
2015—2016Melbourne City (ijara) 12 (9)
2017– Arsenal 91 (44)
2022–OL Reign (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Shotlandiya 19 yoshgacha 8 (6)
2007—2021 Shotlandiya 140 (59)
2012—2021 Buyuk Britaniya 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-may 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-iyun 2021-yil uchun)

Kim Alison Little (1990-yil 29-iyunda tugʻilgan) – shotlandiyalik futbolchi, Amerika NWSL jamoasining OL Reign jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi (Angliya FA WSLning „Arsenal“ jamoasidan ijaraga olingan, u yerda klub sardori boʻlgan)[3]. 2021-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlashdan oldin Little Shotlandiya ayollar terma jamoasida ikkinchi sardor hisoblangan.

Little 16 yoshida Shotlandiya terma jamoasini katta xalqaro miqyosda himoya qila boshlagan va jamoasining Euro-2017 va 2019-yilgi jahon chempionatiga chiqishiga yordam bergan. Little 2012-yilgi London Olimpiadasining chorak finaliga qadar yetib borgan va yana 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida kechgan oʻyinda Buyuk Britaniya terma jamoasi uchun tanlangan ikki shotlandiyalik futbolchilardan biri boʻlgan.

Kim Little 2010-yilda FA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan. 2013-yilda u PFA tomonidan „Yilning eng yaxshi ayol oʻyinchisi“ mukofotining birinchi sovrindori boʻlgan. 2016-yilda u ketma-ket ikkinchi yil nomzodi qoʻyilganidan keyin BBC tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan.

Shotlandiyaning Aberdin shahrida tugʻilgan va Aberdinshirning Mintlaw shahrida oʻsgan Little yoshligida otasi va akasi bilan futbol oʻynay boshlagan[4]. U yoshligida oʻzining boshlangʻich maktabi; Mintlaw boshlangʻich maktabi va Mintlaw Boys Club jamoalari uchun toʻp surgan[5]. 10 yoshdan 14 yoshgacha,2005-yilda Hibernian Girlsga qoʻshilishdan oldin Buchan Girls klubida oʻsmir darajasida oʻynagan[6]. 13 yoshida Little Mintlaw Akademiyasiga qoʻshilgan va oʻynagan[5]. Hibernian Girls bilan birga boʻlganida, Little mashgʻulot uchun Aberdinshirdan Edinburghga uch yarim soatcha yoʻl bosi oʻtgan[6]. Little yoshligi haqida shunday deydi: „Futbol menga yoshligimdan imkoniyatlar bergan. Sayohat qilish, turli muhitlarda oʻynash va butun Yevropadan haqiqatan ham yaxshi oʻyinchilarga qarshi chiqish imkoniyatiga ega boʻlish ajoyib edi va men oʻynashni davom ettirishga qaror qilgandim“[5]. Little Hertfordshire universitetida oʻqib, u yerda „Arsenal LFC“ klubida oʻynab, sport fani boʻyicha diplom olgan[7][8].

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hibernian LFC, 2006–2008

[tahrir | manbasini tahrirlash]

16 yoshida Little 2006-yil 8-avgustda Almondvale stadionida RCD Espanyolga qarshi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi oʻyinida Shotlandiya Ayollar Premer-ligasining (SWPL) Hibernian LFC jamoasi uchun debyut oʻyinini oʻtkazgan. Hibernian jamoasi oʻsha yozda klubni tark etgan faxriylar Pauline Hamill, Nikcy Grant va Debbie McWhinnie oʻrniga oʻz yoshlar jamoasiga Little va boshqa oʻyinchilarni oʻz safiga qoʻshib olgan edi[9]. SWPL ligasidagi debyutida u Hutchison Vale LFC ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdgan. Little Hibernian bilan ishlagan vaqtida klubga SWPL chempionligi, Shotlandiya kubogi va Premier liga kubogini yutishda yordam bergan. U jamoa bilan UEFA ayollar chempionlar ligasida ikki marta ishtirok etgan[10]. 2006—2007-yilgi mavsumda Hibernian har bir oʻyinda gʻalaba qozongan, Little klub uchun 30 ta oʻyinda 55 ta gol urgan[11]. Keyingi mavsumda u klub bilan 18 ta oʻyinda 33 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[6].

Arsenal, 2008–2013

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Little (oʻngdan yuqori ikkinchi) Arsenal bilan, 2009-yil

FA Ayollar Premier ligasi, 2008–2010

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning mart oyida 17 yoshida Little FA Ayollar Premier ligasi milliy divizioni jamoasi Arsenal jamoasi safiga qoʻshilgan. U klub uchun birinchi golini aprel oyida, Emirates stadionidagi 5000 muxlis oldida Chelsea ayollar jamoasi ustidan 4:1 hisobidagi gʻalabada kiritgan. Arsenal bosh murabbiyi Vic Akers jurnalistlarga: „Ushbu qizni eslab qoling, u katta oʻyinchi boʻladi“, degan[12]. Little 2008-yil 5-may kuni Arsenal jamoasining Leeds United ustidan 4–1 hisobida gʻalaba qozongan ayollar kubogi finalida oʻynay olmagan[13].

2008—2009-yilgi mavsumda liganing har bir oʻyinida Little maydonda harakat qilgan va 24 ta gol urgan[14]. „Arsenal“ 20–1–1 hisobi bilan mavsum jadvalida birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u Premier liga kubogi finalida Doncaster Rovers Belles ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan va Angliya ayollar kubogi finalida, Derbidagi Pride Parkda deyarli 25 000 muxlis oldida Arsenal jamoasi Sunderland jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etganida gol urgan[15]. Biroz vaqt oʻtgach, 2008—2009-yilgi mavsumni LIttle oʻzining eng esda qolarli mavsumi deb taʼrifladi, chunki Arsenal Amerikadagi Ayollar Professional Futboli (WPS)ga bir qancha yetakchi futbolchilar ketganiga qaramay, trebl yutib olishga muvaffaq boʻlgan[16].

Keyingi mavsumda Littlening yarim himoyadan urgan ajoyib goli Arsenal jamoasiga Kelly Smithning ketishini yengishga yordam bergan[17]. Barcha musobaqalarda 47 ta gol urgan[18] jamoa muntazam mavsumni 20–1–1 hisobida birinchi oʻrinda yakunlagan. Little 22 ta gol bilan liga toʻpurari boʻlgan. U 2010-yil iyun oyida FA oʻyinchilari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Arsenal 2010-yilgi Ayollar kubogi finaliga ketma-ket beshinchi yil kubokni koʻtarish umidida maydonga tushgan. Little birinchi boʻlimda penalti tepganiga qaramay, qoʻshimcha boʻlimdan soʻng ular Evertonni 3:2 hisobida magʻlub etishgan[19].

FA WSL, 2011–2013

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Little (oʻngda) Bristol Academyga qarshi, 2013-yil may

2011-yilda Angliyada ayollar futbolining yuqori divizioni sifatida FA Ayollar Premier ligasi oʻrniga FA WSL tashkil etildi. 2011-yilgi mavsumda Little toʻqqizta gol bilan ligada ikkinchi toʻpurar boʻlgan. U 2011-yil 7-may kuni Doncaster Bellesga qarshi oʻyinda dubl qayd etgan[20]. Arsenal jamoasi 10-2-2 hisobi bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallagan[21]. 2011-yilgi Ayollar kubogi finalida Little oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan va Arsenal jamoasining Bristol Academy ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyindagi gollardan birini kiritgan. Oʻyindan soʻng Arsenal jamoasi bosh murabbiyi Laura Harvey Littleni „jahon darajasidagi futbolchi“ deb taʼriflagan.

2012-yilgi mavsumda Little 11 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Arsenal jamoasi 10–4–0 hisobidagi magʻlubiyatsiz rekord bilan muntazam chempionlikni va ketma-ket toʻqqizinchi marta Angliya chempionligini qoʻlga kiritgan[22]. 26-aprel kuni Chelsea jamoasiga qarshi oʻyinda u 47 va 90-daqiqalarda gol urib, Arsenal klubining 3:1 hisobida gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshgan[23]. Little 6-may kuni Liverpool LFC jamoasiga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalabada yana bir dublni oʻz hisobiga yozib qoʻygan[24]. Little Professional Futbolchilar Assotsiatsiyasi tomonidan 2012—2013-yilgi mavsumda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topilgan, bu sovrin ayollarga berilgan birinchi yil hisoblanadi[25]. Mukofotni olgandan soʻng, Little shunday degan: „Koʻp yillar davomida men bu voqeani televizorda tomosha qildim, shuning uchun bu yerga kelib, birinchi mukofotni qoʻlga kiritish juda ajoyib“[26].

2013-yilgi mavsum oldidan Arsenal bosh murabbiyi Laura Harvey AQShning Seattle Reign klubiga joʻnab ketdi. Yangi bosh murabbiy Shelley Kerr qoʻl ostida Arsenal 10–3–1 natijasi bilan oddiy mavsumda uchinchi oʻrinni egalladi[27]. Little klub safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[28].

Seattle Reign FC, 2014–2016

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boston Breakersga qarshi oʻyinda ozgina, 2014-yil aprel

2013-yil noyabr oyida Little Arsenaldagi 6 yillik faoliyatidan soʻng Amerika Milliy Ayollar Futbol Ligasi (NWSL) klubi Seattle Reign FC safiga qoʻshilgan. Laura Harvey bir yil oldin Arsenal jamoasidan Seattle Reignga murabbiylik qilish uchun ketgan va Littleni oʻzining asosiy transfer maqsadiga aylantirgan edi[29]. Shartnoma imzolanishi haqida Harvey shunday degan: „Kim Little jahon darajasidagi futbolchi. Uning isteʼdodi va isbotlangan tajribasi jamoamiz uchun keyingi mavsumlarda katta boylik boʻladi. Kimga qariyb toʻrt yil murabbiylik qilgan inson sifatida, uning ijodkorligi va gol urish qobiliyati NWSL uchun qiziqarli taklif boʻlishiga shubha qilmayman“[30].

Reighn jamoasidagi birinchi uchrashuvida Little Boston Breakersga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, Seatlle jamoasining 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan[31]. Aprel oyi davomida ligadagi eng yuqori toʻrtta golni urib, Reignning toʻrtta oʻyinda magʻlubiyatsiz oʻtishiga yordam berganidan soʻng, u NWSL oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi[32]. Little liga tarixida may oyidagi sharafni qoʻlga kiritgani holda ikki marta oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan birinchi oʻyinchi boʻldi. Uning ketma-ket beshta oʻyinida bir oy davomida urilgan gollar oʻtgan mavsumda Abby Wambach oʻrnatgan liga rekordiga tenglashib oldi[33]. Olti oʻyinda uchta gol va toʻrtta golli uzatma Seattlega 4–1–1 hisobidagi rekordni qoʻlga kiritishga va bir necha hafta oldin 2014-yilgi NWSL Shield (muntazam mavsum nomi) sovrinini qoʻlga kiritishga yordam berganidan keyin u iyul oyida uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[34][35]. Reign muntazam mavsumni 16–2–6 natija va 54 ochko bilan yakunladi; ikkinchi oʻrindagi Kansas City jamoasidan 13 ochko oldinda edi[36]. Jamoaning pley-off yarim finalida Washington Spiritga qarshi oʻyinida Little bitta gol urib, Reignga 2:1 hisobida gʻalaba qozonish va Kansas City jamoasiga qarshi chempionat finaliga chiqishga yordam berdi[37]. Jamoa Kansas City ustidan 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[38]. Little klubdagi birinchi mavsumida liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning muntazam mavsumdagi 16 ta goli ham Littlega liganing „Oltin butsa“ sovrinini taqdim etdi[39]. Uning yettita golli uzatmasi esa ligada ikkinchi oʻrinni egalladi[40].

"Kim Little men shu paytgacha birga oʻynagan eng iqtidorli oʻyinchi. U barcha narsada zoʻr. Littlening toʻp uzatishlari, koʻrish qobiliyati va texnik mahorati, menimcha, dunyodagi eng yaxshisi".– Hope Solo

2015-yilgi mavsumda Reignga qaytganidan soʻng, Little 10 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi (ligada 15 gol bilan Crystal Dunndan keyin ikkinchi). Uning yettita uzatmasi ligada birinchi oʻrinni egalladi[41]. Reign muntazam mavsumni ketma-ket ikkinchi marta NWSL Shield bilan birinchi oʻrinda yakunladi[42]. Pley-offga chiqqandan soʻng, Seattle toʻrtinchi oʻrinni egallagan Washington Spirit jamoasi bilan toʻqnash keldi va 3:0 hisobida gʻalaba qozonib, chempionat finaliga yoʻl oldi[43]. Portlanddagi chempionat finalida Seattle FC Kansas City jamoasiga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[44]. Little, jamoadoshlari Lauren Barnes, Beverly Yanez va Jess Fishlock bilan birga NWSL Best XI jamoasiga kiritildi[45].

2016-yilgi mavsumning dastlabki bir necha oyi davomida bir qator hujumkor oʻyinchilar jarohati tufayli oʻynolmay qoldi, jumladan Manon Melis[46], Jess Fishlock[47] va Megan Rapinoe[48]. Jamoaning mavsumdagi ikkinchi oʻyinida Little ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, u 79-daqiqada gol urdi va Boston Breakersga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz hissasini qoʻshgan[49]. Keyingi haftada u Kansas City jamoasiga qarshi oʻyinda yagona gol urgan[50]. Little muntazam mavsumni oltita gol va ikkita golli uzatma bilan yakunlagan. Seattle oddiy mavsumni 8–6–8 natija bilan beshinchi oʻrinda yakunladi va ikki ochko farqi bilan pley-off yoʻllanmasini qoʻldan boy berdi[51].

2016-yil 17-oktyabrda Little 2017–2018 FA WSL mavsumi oldidan Arsenal LFC jamoasiga qaytishini eʼlon qildi. Harveyning aytishicha, Littlega koʻp yillik shartnoma boʻyicha „aql bovar qilmaydigan taklif“ berilgan, ammo boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan[52].

Melbourne City (ijara), 2015–2016

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kim Little Brisbane Roarga qarshi oʻyinda, 2015-yil dekabr

2015-yil oktyabr oyida Little Avstraliyaning W-Liga jamoasi Melbourne Cityga Seattle Reign FC jamoasidagi jamoadoshi Jess Fishlock bilan 2015—2016-yilgi mavsum uchun ijaraga shartnoma imzolagani eʼlon qildi[53]. 9-noyabr kuni u Shotlandiya terma jamoasi safida oʻynaganida klubdagi ilk oʻyinidan soʻng liganing eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[54]. 6-dekabr kuni Little Shotlandiya terma jamoasi aʼzosi Jen Beattie tomonidan oʻyindagi birinchi golga yordamchilik qildi va keyin 80-daqiqada Melbourne Victory darvozasiga gol urgan va Melbourne City jamoasining raqibi ustidan 4:0 hisobidagi gʻalabasini mustahkamladi hamda „Shaharliklar“ ning mavsumdagi rekordini 8–0–0 taga yetkazgan[55][56]. Little mavsumni Melbourne City uchun 12 oʻyin oʻtkazib, 9 gol urib, Larissa Crummerdan ortda qolgan holda yakunlagan. Melbourne City muntazam mavsumda ham Grand finalda gʻalaba qozongan[57]. Little Grand finalda oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi mukofotiga sazovor boʻlgan[58].

4-fevralda Little 2016—2017-yilgi mavsumda Melbourne Cityga qaytmasligini eʼlon qildi va oʻzining W-Ligadagi vaqtini „men uchun bir yillik holat“ deb aytgan va 2016-yil oktyabr oyida boshqa imtiyozlarni tilga olgan[59]. Keyinchalik u Seattle Reign FCdan Arsenal LFCga oʻtganini eʼlon qilgan.

Arsenalga qaytishi, 2017-yildan hozirgi kungacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning may oyida Little Arsenal jamoasi bilan mashgʻulot paytida Littlening xochsimon paylari yorilib, mavsumning eng koʻp qismini oʻtkazib yuborishiga toʻgʻri keldi[60][61]. 2018-yil 14-mart kuni FA WSL Continental Tires Cup finalida Arsenal Manchester City ayollar jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etib, beshinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi[62].

Littlening 2018-yil oktyabr oyida Chelsea ayollar jamoasiga qarshi oʻyinida (5:0) fibula suyagini sindirib olgan. Uchrashuv hakamlari „xavfli oʻyin“ oqibatida Littleni jarohatlagan Chelsea futbolchisi Drew Spenceni maydondan chetlatmagani uchun tanqid qilingan[63]. Taxminlarga koʻra, jarohat uning 10 hafta mobaynida jarohat sabab oʻynolmasligini tasdiqlagandi[63]. Arsenal jamoasi 2018—2019-yilgi mavsumda Superligada gʻolib chiqdi, bu 7 yil ichida birinchi liga chempionligi edi[64].

Little 2019-yil avgust oyida Arsenal jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi. U 2020-yilning fevral oyida jarohatlangan oyogʻi operatsiya qilindi[65].

OL Reign (ijara), 2022-yil

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Little 2022-yilning iyunida qisqa muddatli ijara asosida sobiq klubi OL Reignga qaytgan[66].

Xalqaro karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Little Shotlandiya tarkibida, 2009-yil

Little 2007-yilning fevral oyida 16 yoshida Megan Sneddon oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushib, Shotlandiya ayollar terma jamoasi safida debyut qilgan[67]. Milliy terma jamoa murabbiyi Anna Signeul 16 yoshida Littleni kattalar jamoasiga taklif qilishga ikkilanmagan: „Kim – ajoyib isteʼdod. Uning qanchalik oldinga siljishini chegarasi yoʻq. Uning texnikasi, tezligi va kuchi bor va u oʻyinni juda yaxshi oʻqiy oladi“[68]. 2008-yil mart oyida Shotlandiya Rossiyaga magʻlub boʻlgan oʻyinida Little birinchi xalqaro golini kiritgan.

Littlening 50-uchrashuvi 2011-yil mart oyida Kipr kubogida Shotlandiyaning raqibi Angliyaga qarshi oʻyinda (2:0) hisobni ochuvchi golini kiritgan. Bu Shotlandiya oʻz raqiblarini ikkinchi marta magʻlub etishi edi va 1977-yildan beri birinchi marta – Little tugʻilishidan 13 yil oldin magʻlub etishgan edi[69].

2012-yil 16-iyun kuni Little Shotlandiya terma jamoasining Isroilga qarshi 8:0 hisobidagi gʻalabasi vaqtida birinchi xet-trigini qayd etgan. 2012-yil oktyabr oyida u Shotlandiyaning UEFA ayollar oʻrtasidagi Euro-2013 saralash pley-offida Ispaniyaga qarshi oʻyinning ikkala oʻyinida ham gol kiritgan. Ikkinchi oʻyinda Verónica Boquete qoʻshimcha boʻlimlarda maydonga tushganidan keyin gol urib, Ispaniyani 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratishiga sababchi boʻlgan[70].

2013-yil fevral oyida Little AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Shotlandiyaning yagona golini kiritgan va unda AQSH 4:1 hisobida gʻalaba qozongan[71]. 2013-yilgi Kipr kubogida Little turnirning guruh bosqichida Angliyaga qarshi oʻyinda (4:4) Shotlandiya terma jamoasi tarkibida gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan[72]. U jamoaning beshinchi oʻrin uchun Gollandiyaga qarshi oʻyinining 11-daqiqasida yana bir gol urgan va natijada Shotlandiya 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[73].

Ogʻir jarohati sabab UEFA ayollar oʻrtasidagi Euro-2017 musobaqasini Little oʻtkazib yuborgan[74]. Jarohatdan tuzalgach, u Shotlandiyaga 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga chiqishga yordam bergan, bu ularning jahon finalida birinchi marta chiqishlari boʻlgan. Little saralash bosqichida Shveysariyaga qarshi kechgan asosiy gʻalabada gollardan birini kiritgan.

Jahon chempionati-2019 ga tayyorgarlik jarayonida Little va uning jamoasi Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 1:0 hisobida gʻalaba qozongan[75]. 2019-yilgi jahon chempionatida u Argentina bilan 3:3 hisobida durang boʻlgan oʻyinning hisobni ochuvchi golini kiritgan[76].

Jahon chempionatidan keyingi birinchi oʻyini Euro-2021 saralashida Kiprga qarshi oʻyinda Shotlandiya 8:0 hisobida gʻalaba qozonib, beshta golni oʻz hisobiga yozib qoʻygan[77].

2021-yil 1-sentyabrda Little Shotlandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[78]. U Shotlandiya terma jamoasi safida jami 140 ta oʻyinda maydonga tushib, 59 ta gol urgan.

Buyuk Britaniya olimpia terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Little (chapdan uchinchi) Buyuk Britaniya ayollar olimpiya futbol terma jamoasi bilan, 2012-yil

Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining shotlandiyalik futbolchilarning Britaniya jamoasida oʻynashiga qarshi boʻlishiga qaramay, Little 2012-yilgi London Olimpiadasida Buyuk Britaniya terma jamoasida ishtirok etish tarafdori edi: „Men nima uchun kimdir oʻyinchini oʻynashni toʻxtatishini xohlashini tushunmayapman. Olimpiada kabi yirik turnir bu eng katta sport tadbiridir. Agar imkonim boʻlsa, uni ikki qoʻlim bilan qoʻllayman – albatta oʻynagan boʻlardim“[79][80][81].

Little 18 oʻyinchidan iborat tarkibga chaqirilgan, u jamoa menejeri Hope Powell tomonidan tanlangan ikkita ingliz boʻlmagan oʻyinchilardan biri, ikkinchisi shotlandiyalik Ifeoma Dieke edi. Little jamoaning Yangi Zelandiyaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan birinchi oʻyinidan oldin Birlashgan Qirollik madhiyasini kuylamaslikni tanlagan[82]. Daily Telegraph gazetasi Britaniya olimpia assotsiatsiyasi bundan gʻazablanganini xabar qilgan[82]. Hope Powellning aytishicha, u xavotirda emas, chunki baʼzi oʻyinchilar madhiyani kuylash orqali oʻyin oldi tayyorgarliklarini toʻxtatmaslikni afzal koʻrishadi[83]. Ikki erkak uelslik futbolchi ham madhiyani kuylamaslikka shaxsiy qaror qabul qilishgan[84].

Little jamoaning ikkinchi guruh bosqichidagi oʻyinida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, Kamerunga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[85]. Har uchala oʻyinda ham gʻalaba qozonib, turnirning guruh bosqichida „E“ guruhi jadvalida birinchi oʻrinni egallagan Buyuk Britaniya chorak finalga yoʻl oldi va u yerda „City of Coventry“ stadionida 28 828 tomoshabin oldida Kanada terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. Little oʻyinni boshlab, 82 daqiqa oʻynadi, ammo Buyuk Britaniya 2:0 hisobida magʻlub boʻldi va turnirdan chiqib ketdi[86].

Little Buyuk Britaniya tomonidan 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun[87] tanlab olingan, COVID-19 pandemiyasi tufayli oʻyini 2021-yilgacha kechiktirilgan ikki shotlandiyalikdan biri edi. Buyuk Britaniya yana Olimpiada turnirining chorak finaliga chiqdi va u yerda Avstraliyaga 4:3 hisobida magʻlub boʻldi.

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Little odatda Laura Harveyning 4–3–3 tarkibidagi hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi, lekin Shotlandiya terma jamoasida oʻynaganida chuqurroq rolga ega boʻlgan[88]. 2012-yil iyul oyida FIFA.com saytiga bergan intervyusida Little shunday degan: „Mening deyarli barcha maqsadlarim yarim himoyadan keladi. Bu mening tabiiy pozitsiyam. Lekin men doimo oldinga intiladigan, ijobiy boʻlishga, gol yaratishga va gol urishga harakat qiladigan futbolchiman“[89].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Little 2014-yilda bergan intervyusida professional futbolchi Tom Pett bilan uzoq muddatli munosabatlarda boʻlganini tasdiqlagan[90]. 2016-yilda u Athlete Ally milliy namoyishida ishtirok etgan[91].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
14-aprel 2022-yil holatiga ko'ra[92]
Klub, mavsum hamda musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kuboklar Kontinental Jami
Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Hibernian 2006–2007 SWPL 1 30 55 30 55
2007–2008 18 33 18 33
Jami 48 88 48 88
Arsenal 2008–2009 WPL 21 24 21 24
2009–2010 22 22 5 9 27 31
2011 WSL 12 9 8 3 20 12
2012 14 11 8 3 22 14
2013 14 3 4 5 18 8
Jami 83 69 25 20 108 89
Seattle Reign FC 2014 NWSL 23 16 2 1 25 17
2015 20 10 2 0 22 10
2016 20 6 20 6
Jami 63 32 4 1 67 33
Melbourne City (ijara) 2015–2016 W-League 12 9 12 9
Arsenal 2017 WSL 1 0 0 0 1 0
2017–2018 9 3 1 0 10 3
2018–2019 14 8 5 3 19 11
2019–2020 12 5 4 3 5 4 21 12
2020–2021 16 5 2 0 18 5
2021–2022 18 6 4 1 12 4 34 11
Jami 70 27 16 7 17 8 103 42
OL Reign (ijara) 2022 NWSL 0 0 0 0
Jami karyera 276 225 20 8 42 28 338 261

Xalqaro ishtiroklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
15-iyun 2021-yil holatiga ko'ra[93]
Yil Shotlandiya Buyuk Britaniya
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
2007 9 0
2008 14 3
2009 11 1
2010 14 9
2011 12 4
2012 14 9 4 0
2013 16 4
2014 13 6
2015 10 9
2016 4 1
2017 4 2
2018 6 3
2019 10 8
2020 2 0
2021 1 0 1 0
Jami 140 59 5 0

Xalqaro gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Shotlandiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi[94]
# Sana Joy Raqib Natija Musobaqa
1. 12-mart 2008 GSP stadioni, Nicosia Rossiya Rossiya 2-3 2008 Cyprus kubogi
2. 17-sentyabr 2008 McDiarmid parki, Perth Shveysariya Shveysariya 4-0 Doʻstona
3. 28-sentyabr 2008 McDiarmid parki, Perth Slovakiya Slovakiya 6-0 UEFA ayollar Euro-2009 saralashi
4. 29-oktyabr 2009 Tynecastle stadioni, Edinburgh Gruziya Gruziya 3-1 2011 FIFA ayollar jahon kubogi saralashi
5. 3-mart 2010 GSZ stadioni, Larnaca Janubiy Afrika Janubiy Afrika 2-1 2010 Cyprus kubogi
6. 1-aprel 2010 Falkirk stadioni, Falkirk Bolgariya Bolgariya 8-1 2011 FIFA ayollar jahon kubogi saralashi
7.
8. 23-may 2010 Strathclyde Homes stadioni, Dumbarton Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 2-0 Doʻstona
9. 5-iyun 2010 Stadion Niedermatten, Wohlen, Aargau Shveysariya Shveysariya 3-3
10.
11. 19-iyun 2010 Georgi Asparuhov stadioni, Sofia Bolgariya Bolgariya 5-0
12. 23-iyun 2010 Proszowianka Proszowice, Proszowice Polsha Polsha 2-1
13.
14. 4-mart 2011 GSP stadioni, Nicosia Angliya Angliya 2-0 2011 Cyprus ayollar kubogi
15. 21-avgust 2011 Falkirk stadioni, Falkirk Shveysariya Shvetsariya 5-0 Doʻstona
16. 12-oktyabr 2011 Ness Ziona stadioni, Ness Ziona Isroil Isroil 6-1 UEFA ayollar Euro-2013 saralashi
17.
18. 6-mart 2012 Paralimni stadioni, Paralimni Janubiy Afrika Janubiy Afrika 2-0 2012 Cyprus ayollar kubogi
19.
20. 26-may 2012 Stark’s parki, Kirkcaldy Shvetsiya Shvetsiya 1-4 Doʻstona
21. 16-iyun 2012 Tynecastle stadioni, Edinburgh Isroil Isroil 8-0 UEFA ayollar Euro-2013 saralashi
22.
23.
24. 15-sentyabr 2012 Parc y Scarlets, Llanelli Uels Uels 2-1
25. 20-oktyabr 2012 Hampden parki, Glasgow Ispaniya Ispaniya 1-1
26. 24-oktyabr 2012 La Ciudad del Fútbol, Las Rozas Ispaniya Ispaniya 2-3
27. 9-fevral 2013 EverBank maydoni, Jacksonville, Florida Qoʻshma Shtatlar Qoʻshma Shtatlar 1-4 Doʻstona
28. 8-mart 2013 GSZ stadioni, Larnaca Angliya Angliya 4-4 2013 Cyprus ayollar kubogi
29. 13-mart 2013 GSP stadioni, Nicosia Niderlandiya Niderlandiya 1-0
30. 26-sentyabr 2013 Fir parki, Motherwell Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina 7-0 2015 FIFA ayollar jahon kubogi saralashi
31. 13-fevral 2014 Eerikkilän Urheiluopisto, Eerikkilä Finlandiya Finlandiya 1-3 Doʻstona
32. 12-mart 2014 GSZ stadioni, Larnaca Janubiy Koreya Janubiy Koreya 1-1 2014 Cyprus ayollar kubogi
33. 14-iyun 2014 Fir parki, Motherwell Shvetsiya Shvetsiya 1-3 2015 FIFA ayollar jahon kubogi saralashi
34. 19-iyun 2014 Solitude, Belfast Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya 2-0
35. 13-sentyabr 2014 Fir parki, Motherwell Farer orollari 9-0
36. 25-oktyabr 2014 Tynecastle stadioni, Edinburgh Niderlandiya Niderlandiya 1-2
37. 6-mart 2015 GSZ stadioni, Larnaca Italiya Italiya 2-3 2015 Cyprus ayollar kubogi
38. 9-mart 2015 GSZ stadioni, Larnaca Janubiy Koreya Janubiy Koreya 2-1
39. 11-mart 2015 Ammochoston stadioni, Larnaca Niderlandiya Niderlandiya 3-1
40.
41.
42. 22-sentyabr 2015 Ajdovščina stadioni, Ajdovščina Sloveniya Sloveniya 3-0 UEFA ayollar Euro-2017 saralashi
43.
44.
45. 27-oktyabr 2015 FFM Training Centre, Skopje Shimoliy Makedoniya Makedoniya 4-1
46. 8-aprel 2016 St Mirren parki, Paisley Sloveniya Sloveniya 3-1
47. 23-yanvar 2017 Paralimni stadioni, Paralimni Daniya Daniya 1-1 Doʻstona
48. 1-mart 2017 Ammochostos stadioni, Larnaca Yangi Zelandiya Yangi Zelandiya 3-2 2017 Cyprus ayollar kubogi
49. 12-iyun 2018 Kielce City stadioni, Kielce Polsha Polsha 3-2 2019 FIFA ayollar jahon kubogi saralashi
50. 30-avgust 2018 St Mirren parki, Paisley Shveysariya Shveysariya 2-1
51. 4-sentyabr 2018 Loro Borici stadioni, Shkoder Albaniya Albaniya 2-1
52. 4-mart 2019 Bela Vista Municipal stadioni, Parchal Islandiya Islandiya 4-1 2019 Algarve kubogi
53. 8-aprel 2019 Pinatar Arena Football Centre, San Pedro del Pinatar Braziliya Braziliya 1-0 Doʻstona
54. 19-iyun 2019 Parc des Princes, Paris Argentina Argentina 3-3 2019 FIFA ayollar jahon kubogi
55. 30-avgust 2019 Easter Road, Edinburgh Kipr Kipr 8-0 UEFA ayollar Euro-2021 saralashi
56.
57.
58.
59.
  • BBC yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2016 (gʻolib)[95], 2015 (nomzod)[96]
  • PFA tomonidan yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2013
  • FA yilning eng yaxshi ayol futbolchisi: 2010[97]
  • FA Ayollar kubogining eng yaxshi oʻyinchisi: 2011[98]
  • NWSL eng qimmat futbolchisi: 2014
  • NWSL Oltin butsa: 2014[99]
  • NWSL Eng yaxshi XI: 2014, 2015
  • NWSL Ikkinchi XI: 2016
  • NWSL oyning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil aprel, 2014-yil may[100], 2014-yil[101], iyun 2015-yil[102]
  • Haftaning NWSL futbolchisi: 19-hafta (2015)[103], 2-hafta (2016)[104], 3-hafta (2016)[105]
  • W-League Player of Grand Final mukofoti: 2016[106]

Hibernian LFC

  • SWPL chempionati: 2006–2007
  • Ayollar oʻrtasidagi Shotlandiya kubogi: 2006–2007
  • Premer-liga kubogi: 2006–2007[11]
  • Premer-liga chempionligi: 2008–2009, 2009–2010[107]
  • FA Ayollar Superligasi: 2011, 2012, 2018–2019[107]
  • Angliya kubogi: 2008–2009, 2010–2011, 2012–2013[108]
  • Premer-liga kubogi: 2008–2009[109]
  • WSL kubogi: 2011[110], 2012[111], 2013[112], 2018

Seattle Reign FC

  • NWSL chempionati sovrindorlari: 2014, 2015
  • NWSL Shield (muntazam mavsum gʻoliblari): 2014, 2015[113]

Melbourne City FC

  • W-League Champions (Grand final gʻoliblari): 2015–2016[114]
  • W-League Premerers (muntazam mavsum gʻoliblari): 2015–2016[115]
  • Caudwell, Jayne (2011), Womenʼs Football in the UK: Continuing with Gender Analyses, Routledge,ISBN 041556087X
  • Grainey, Timothy (2012), Beyond End It Like Beckham: Ayollar futbolining global fenomeni, Nebraska universiteti matbuoti,ISBN 0803240368
  • Scraton, S., Magee, J., Caudwell, J. (2008), Women, Football and Europe: Histories, Equity and Experience (Ifi) (1-jild), Meyer & Meyer Fachverlag und Buchhandel GmbH,ISBN 1841262250
  • Smit, Kelli (2012), Footballer: My Story, Transworld,ISBN 9781446488591
  • Styuart, Barbara (2012), Footballer: My Story, Greystone Books,ISBN 1926812603
  • Uilyams, Jan (2003), A Game for Rough Girls?: A History of Womenʼs Football in Britain, Routledge,ISBN 0415263387
  1. 1,0 1,1 „Women's Olympic Football Tournament London 2012 – List of Players Great Britain“. FIFA (24-iyul 2012-yil). 23-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
  2. „Kim Little – Scotland National Team“. 2018-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2018-yil.
  3. „Kim Little rejoins Arsenal Ladies“. Arsenal F.C. (17-oktabr 2016-yil). 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2016-yil.
  4. „Lady Imps out to upset trailblazing Kim Little's Arsenal ambition“. The Independent (3-oktabr 2013-yil). 18-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Spotlight on Kim Little“. Scottish Football Association (8-mart 2013-yil). 2016-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Little on Big Progress“. Hibernian FC (19-mart 2013-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  7. Leighton. „Free-scoring Kim Little keeps Arsenal chasing treble“. The Guardian (11-oktabr 2009-yil). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  8. Corsie. „Rachel Corsie: Kim Little a role model for all of Scottish football“. The Away End. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  9. White, Neil. „Hibs women turn to youth for Europe test – Football“. The Sunday Times (6-avgust 2006-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  10. Hislop. „Former Hibs star Kim Little signs for Seattle Reign“. Edinburgh Reporter (22-noyabr 2013-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2013-yil.
  11. 11,0 11,1 „Kim Little: My debt to Hibs“. Scottish Football Association (19-mart 2013-yil). 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2013-yil.
  12. Kessel, Anna. „The invincibles“. The Guardian (4-may 2008-yil). 2-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2012-yil.
  13. Lansley, Peter. „Arsenal's real Invincibles go for their FA Cup hat-trick – Women's FA Cup final“. The Times (5-may 2008-yil). 24-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  14. „16. Kim Little“. Arsenal F.C.. 2009-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2009-yil.
  15. „Arsenal win FA Women's Cup“. BBC Sport (4-may 2009-yil). 10-may 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  16. „Catching up with Scotland's rising star and Arsenal midfielder Kim Little“. Our Game Magazine (2-may 2011-yil). 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  17. Leighton, Tony. „Free-scoring Kim Little keeps Arsenal chasing treble“. The Guardian (11-oktabr 2009-yil). 13-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2010-yil.
  18. „Statistics 2009–2010“. Arsenal F.C.. 2012-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2009-yil.
  19. Leighton, Tony. „Everton upset Arsenal to win FA Women's Cup“. BBC Sport (3-may 2010-yil). 4-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  20. „DONCASTER BELLES VS. ARSENAL 0 – 3“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  21. „2011 WSL“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  22. „2012 WSL“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  23. „ARSENAL VS. CHELSEA 3 – 1“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  24. „LIVERPOOL VS. ARSENAL 0 – 2“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  25. „PFA Awards: Arsenal's Kim Little named Women's Player of Year“. BBC Sport (29-aprel 2013-yil). 2013-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2013-yil.
  26. Drysdale. „Aberdeen-born footballer Kim Little wins PFA Player of the Year“. STV News (29-aprel 2013-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  27. „2013 WSL“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  28. „Kim Little“. Soccer Way. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  29. „Scotland & Arsenal midfielder Kim Little agrees Seattle switch“. BBC Sport (20-noyabr 2013-yil). 2013-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  30. „Reign Add Arsenal Star Midfielder Kim Little“. Sounder at Heart (20-noyabr 2013-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2013-yil.
  31. „Little strikes twice as Reign earn win, first shutout“. The Equalizer (13-aprel 2014-yil). 2014-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  32. Mayers, Joshua. „Reign FC midfielder Kim Little named NWSL Player of the Month for April“. The Seattle Times (2-may 2014-yil). 13-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  33. „Kim Little Voted Army National Guard Player of the Month“. National Women's Soccer League (4-iyun 2014-yil). 2014-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  34. „Kim Little Voted Army National Guard Player of the Month“. National Women's Soccer League (4-avgust 2014-yil). 2014-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  35. „Seattle Reign FC Capture NWSL Shield“. National Women's Soccer League (31-iyul 2014-yil). 2014-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  36. „2014 NWSL Standings“. National Women's Soccer League. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
  37. Oshan. „Seattle Reign will face FC Kansas City in NWSL finals“. SB Nation (24-avgust 2014-yil). 2014-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  38. Evans. „NWSL title game: Reign FC falls, 2–1, to FC Kansas City“. The Seattle Times (31-avgust 2014-yil). 2014-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  39. Oshan. „NWSL names Kim Little MVP“. Sounder at Heart (28-avgust 2014-yil). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  40. „2014 NWSL Player Statistics“. National Women's Soccer League. 2015-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  41. „2015 NWSL season“. Soccer Way. 2015-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  42. „SEATTLE REIGN WIN NWSL SHIELD FOR 2ND STRAIGHT SEASON“. ESPN (27-avgust 2015-yil). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2015-yil.
  43. „Seattle Reign shuts out Washington Spirit, 3–0, in NWSL semifinal“. The Seattle Times (13-sentabr 2015-yil). 2015-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
  44. Goldberg. „NWSL Championship Game: FC Kansas City 1, Seattle Reign 0 – Live chat and updates recap“. The Oregonian (1-oktabr 2015-yil). 2015-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2015-yil.
  45. „our Seattle Reign players make NWSL Best XI squad“. Sounder at Heart (24-sentabr 2015-yil). 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-oktabr 2015-yil.
  46. Rantz. „Seattle Reign's Manon Melis suffers tibia fracture“. Sounder at Heart (20-may 2016-yil). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2016-yil.
  47. Rantz. „Jess Fishlock out 4–6 weeks with tibia fracture“. Sounder at Heart (28-aprel 2016-yil). 2016-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2016-yil.
  48. „One Day at a Time“. Megan Rapinoe (10-iyun 2016-yil). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2016-yil.
  49. „Reign FC Shut Out the Boston Breakers With a 3–0 Victory on the Road“. Seattle Reign FC (25-aprel 2016-yil). 2019-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2016-yil.
  50. „Reign FC Triumph Over FCKC in Rematch of NWSL Championship Game“. Seattle Reign FC (1-may 2016-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2016-yil.
  51. „2016 NWSL“. Soccer Way. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2016-yil.
  52. Matt Pentz. „Kim Little transfers from Seattle Reign to Arsenal Ladies“. The Seattle Times (17-oktabr 2016-yil). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2016-yil.
  53. „Seattle's Kim Little and Jess Fishlock join Melbourne“. BBC Sport (12-oktabr 2015-yil). 2015-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  54. „W-League: Little named player-of-the-match“. Melbourne City FC (9-noyabr 2015-yil). 2015-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  55. „Melbourne City continue dominance of W-League with derby win over Victory“. The Guardian (6-dekabr 2015-yil). 2015-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  56. Cherny. „W-League Melbourne Derby: Melbourne City beat Melbourne Victory 4–0“. The Age (6-dekabr 2015-yil). 2016-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2015-yil.
  57. Lynch. „Melbourne City crown perfect season with W-League grand final win over Sydney FC“. The Age (31-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  58. Lynch, Michael. „Melbourne City star Kim Little wins player of grand final award“. The Age (31-yanvar 2016-yil).
  59. Jordan Kounelis. „Kim Little not returning to Melbourne City next season“. MFootball (4-fevral 2016-yil). 19-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2016-yil.
  60. „Kim Little ruptures cruciate ligament“. Arsenal F.C. (25-may 2017-yil). 2018-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  61. „Arsenal 1–0 Everton: How it happened“. Arsenal F.C. (14-mart 2018-yil). 2018-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2018-yil.
  62. „Continental Cup: Arsenal 1–0 Man City – Report“. Arsenal F.C. (14-mart 2018-yil). 2018-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  63. 63,0 63,1 „Kim Little: Lucy Bronze criticises officials as Arsenal's Scotland midfielder fractures leg“. BBC Sport (17-oktabr 2018-yil). 2018-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.
  64. „Kim Little: Midfielder signs a new contract with Arsenal Women“. BBC Sport (5-avgust 2019-yil). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-avgust 2019-yil.
  65. „Kim Little: Arsenal and Scotland midfielder has 'successful' foot surgery“. BBC Sport (13-fevral 2020-yil). 2020-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2020-yil.
  66. „Kim Little joins OL Reign on short-term loan deal“. www.arsenal.com.
  67. „Japan v Scotland“. The Scottish FA. 2011-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-avgust 2009-yil.
  68. „Kim, 16, is Miss match“. Daily Record (12-fevral 2007-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  69. Leighton, Tony. „England 0–2 Scotland“. BBC Sport (4-mart 2011-yil). 1-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2011-yil.
  70. Lamont. „Scotland suffer late loss to Spain in Euro 2013 play-off“. BBC Sport (24-oktabr 2013-yil). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  71. „U.S. Women's National Team Plays "2nd Leg" Against Scotland“. United States Soccer Federation (12-fevral 2013-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  72. Leighton. „Kim Little rallies Scotland for spectacular draw with England“. The Guardian (8-mart 2013-yil). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  73. Leighton. „Cyprus Cup: Scotland beat Netherlands to finish fifth“. BBC Sport (13-mart 2013-yil). 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  74. „Kim Little: Scotland and Arsenal midfielder injured before Euro 2017“. BBC Sport (25-may 2017-yil). 2017-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  75. MacNeil. „Kim Little: Brazil strike 'once in lifetime goal' says Scotland midfielder“. BBC Sport (9-aprel 2019-yil). 2019-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2019-yil.
  76. „Scotland crash out of Women's World Cup after dramatic Argentina comeback“. The Guardian. 20-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2019-yil.
  77. Southwick. „Scotland Women 8–0 Cyprus Women“ (30-avgust 2019-yil). 2019-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2019-yil.
  78. „Kim Little: Scotland midfielder retires from international football at age 31“. BBC Sport (1-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2021-yil.
  79. Leighton, Tony. „Scotland's Kim Little wants to play for Great Britain at 2012 Olympics“. The Guardian (4-sentabr 2011-yil). 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2012-yil.
  80. Drysdale. „Kim Little realises her big ambition to compete at the Olympics“. STV News. STV (26-iyun 2012-yil). 2013-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  81. „Scotland's Kim Little 'would play for Team GB'“. BBC News (22-sentabr 2011-yil). 2011-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  82. 82,0 82,1 Silverman, Rosa. „London 2012 Olympics: Team GB athletes in National Anthem singing row“. The Daily Telegraph (27-iyul 2012-yil). 15-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
  83. Clutton, Graham. „London 2012 Olympics: Team GB women's football team's Scottish players can opt out of singing national anthem“. The Daily Telegraph (27-iyul 2012-yil). 15-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2013-yil.
  84. York, Chris. „Ryan Giggs And Craig Bellamy Snub National Anthem At Olympic Opening Match“. HuffPost (27-iyul 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-dekabr 2013-yil.
  85. Fletcher, Paul. „Great Britain beat Cameroon 3–0 to progress“. BBC Sport (28-iyul 2012-yil). 28-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2012-yil.
  86. „Women's Olympic Football Tournament: Great Britain 0:2 (0:2) Canada“. FIFA. 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-dekabr 2013-yil.
  87. „Team GB: Steph Houghton, Sophie Ingle and Caroline Weir selected“. BBC Sport (27-may 2021-yil). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
  88. Campbell, Alan. „Little takes on big responsibility with forward role“. The Herald (5-aprel 2012-yil). Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  89. „Big dreams for GB's Little“. FIFA (23-iyul 2012-yil). 3-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2012-yil.
  90. „Inside Reign, Episode 2 "Little" (The second episode in a series on Seattle Reign FC, featuring personal interviews with the extraordinary players and behind-the-scenes footage of training)“. 2014-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  91. „Seattle Reign FC and FC Kansas City Team up for Athlete Ally's EveryFan Campaign“. Athlete Ally (1-may 2016-yil). 2016-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  92. „Kim Little“. Soccerway. Qaraldi: 14-aprel 2022-yil.
  93. Scottish Football Association
  94. „Kim Little“. Scottish Football Association. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2013-yil.
  95. „BBC Women's Footballer of the Year: Kim Little wins award“. BBC Sport (24-may 2016-yil). 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2016-yil.
  96. „BBC Women's Footballer of the Year nominations revealed“. BBC Sport (26-aprel 2015-yil). 2016-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  97. „Key figures honoured at Women's awards“. The Football Association. 2012-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2010-yil.
  98. Giuseppe Muro. „Harvey pays tribute to 'world-class' Little“. Arsenal F.C. (23-may 2011-yil). 2011-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-may 2011-yil.
  99. „Kim Little Wins 2014 NWSL Golden Boot“. Yahoo! Sports (21-avgust 2014-yil). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil.
  100. Mayers, Joshua. „Reign FC's Kim Little wins NWSL Player of the Month — again“. The Seattle Times (4-iyun 2014-yil). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2014-yil.
  101. „KIM LITTLE VOTED ARMY NATIONAL GUARD PLAYER OF THE MONTH“. National Women's Soccer League (4-avgust 2014-yil). 2014-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
  102. Pentz. „Reign midfielder Kim Little voted NWSL Player of the Month“. The Seattle Times (2-iyul 2015-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyul 2015-yil.
  103. „REIGN FC KIM LITTLE VOTED NWSL PLAYER OF THE WEEK“. National Women's Soccer League (25-avgust 2015-yil). 2015-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2015-yil.
  104. „Reign FC Midfielder Kim Little Voted Player of the Week“. National Women's Soccer League (26-aprel 2016-yil). 2016-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-aprel 2016-yil.
  105. Blakely. „Kim Little named NWSL Player of the Week for second straight week“. Vavel (4-may 2016-yil). 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  106. Lynch. „Melbourne City star Kim Little wins player of grand final award“. The Age (31-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  107. 107,0 107,1 „Little leaves Ladies for Seattle Reign“. Arsenal F.C. (20-noyabr 2013-yil). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  108. „FA Women's Cup final: Arsenal Ladies beat Bristol Academy“. BBC Sport (26-may 2013-yil). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  109. Taylor. „Doncaster 0 – 5 Arsenal“. Arsenal F.C. (26-fevral 2009-yil). 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  110. Yew. „Birmingham City 1 – Arsenal 4“. Arsenal F.C. (25-sentabr 2011-yil). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  111. Dean. „Arsenal Ladies win Continental Cup in another boost for women's football“. HuffPost (11-oktabr 2012-yil). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  112. „Arsenal vs Lincoln 2–0, Continental Cup Final“. Fawsl.com. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyun 2014-yil.
  113. „SEATTLE REIGN WIN NWSL SHIELD FOR 2ND STRAIGHT SEASON“. ESPN (27-avgust 2015-yil). 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2015-yil.
  114. „Kim Little of Melbourne City celebrates a goal with team mates during W-League grand final“. ABC (30-yanvar 2016-yil). 2016-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-may 2016-yil.
  115. Lynch. „-League: Melbourne City crowned premiers“. The Age (28-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 4-may 2016-yil.