Kontent qismiga oʻtish

Lomefloksatsin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lomefloksatsin — II avlod ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi keng spektrli mikroblarga qarshi bakteritsid dori vositasi. 2012-yildan boshlab u hayotiy zarur va eng muhim dorilar roʻyxatiga kiritilgan[1].

Farmakologik taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi keng taʼsir spektriga ega boʻlgan mikroblarga qarshi bakteritsid vosita. Bakteriyalarning superspirallanishga javob beradigan DNK-giraza fermentiga taʼsir koʻrsatadi, uning tetrameri bilan kompelks hosil qiladi (girazaning A2V2 subbirligi) va DNK repliktsiyasi va transkripsiyasini buzadi, bu esa mikrob hujayrasining oʻlimiga olib keladi. Beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi qoʻzgʻatuvchilar lomefloksatsinning aktivligiga taʼsir qila olmaydi. Grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan aktiv: Citrobacter diversus, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa (faqat siydik chiqarish yoʻllari infeksiyalari uchun); grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus saprophyticus; 2 mkg/ml boʻlgan minimal bostiruvchi konsentratsiya daquyidagi mikroorganizmlarga nisbatan aktiv (ammo bu mikroorganizmlar keltirib chiqargan infeksiyalarda klinik samaradorligi tqatʼiy nazorat ostidagi tadqiqotlarda oʻrganilmagan): grammusbat aerob mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus (jumladan metitsillinga chidamli shtammlar), Staphylococcus epidermidis (jumladan metitsillinga chidamli shtammlar); grammanfiy aerob mikroorganizmlar: Aeromonas hydrophila, Citrobacter freundii, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Haemophilus parainfluenzae, Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Klebsiella ozaenae, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia alcalifaciens, Providencia rettgeri, Serratia liquefaciens, Serratia marcescens; boshqa mikroorganizmlar: Legionella pneumophila. Preparatga chidamli: streptokokkning A, B, D va G guruhlari, Streptococcus pneumoniae, Pseudomonas cepacia, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma hominis va anaerob bakteriyalar. Mycobacterium tuberculosis hujayra ichida ham, hujayra tashqarisida ham joylashganda taʼsir koʻrsataveradi, ularning organizmdan chiqib ketish vaqtini qisqartiradi, infiltratlarning tezroq soʻrilib ketishini taʼminlaydi. Koʻpchilik mikroorganizmlarga past konsentratsiyada taʼsir koʻrsatadi (90% shtammlarni yoʻq qilishga qodir konsentratsiya odatda 1 mkg/ml dan koʻp boʻlmaydi). Rezistentlik kam xollarda rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Absorbsiyasi – 95-98%; oziq-ovqat isteʼmoli soʻrilishni 12% ga kamaytiradi. TCmax – 0,8-1,5 soat. 100 mg ni ogʻiz orqali yuborishdan keyin Cmax 0,8 mkg/ml, 200 mg – 1,4 mkg/ml, 400 mg – 3-5,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqatlanish Cmax ni 18% ga kamaytiradi va TCmax ni 2 soatgacha oshiradi. Plazmadagi Css 48 soatdan keyin aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 10% ni tashkil qiladi. Lomefloksatsin organlar va toʻqimalarga yaxshi kirib boradi, bu yerda uning kontsentratsiyasi plazmadagidan 2-7 baravar yuqori boʻlgan. Preparatning kichik bir qismi metabolitlarnni hosil qilish uchun metabollanadi. T1/2 – 8-9 soat; oʻrtacha buyrak klirensi – 145 ml/min. Keksa bemorlarda plazma klirensi 25% ga kamayadi. Kreatinin klirensi (CC) 10-40 ml/min/1,73 m² ga kamayishi bilan T1/2 ortadi. Buyraklar tomonidan 70-80% kanalcha sekretsiyasi orqali chiqariladi (asosan oʻzgarmagan holda, 9% – glyukuronidlar shaklida, 0,5% – boshqa metabolitlar shaklida); ichak orqali – 20-30%.

Qoʻllashga koʻrsatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis (gram-manfiy, spora hosil qilmaydigan, fakultativ anaerob bakteriyalar) yoki Staphylococcus saprophyticus (koagulaza-manfiy siydik yoʻllarining stafilokokk infeksiyasining keng tarqalgan agenti) keltirib chiqaradigan asoratlanmagan siydik yoʻllarining infeksiyalari. Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Citrobacter diversus yoki Enterobacter cloacae sabab boʻlgan murakkab siydik yoʻllarining infektsiyalari. Transrektal prostata biopsiyasi , transuretral jarrohlik paytida siydik yoʻllari infeksiyalarining oldini olish. Haemophilus influenzae yoki Moraxella catarrhalis tomonidan kelib chiqqan surunkali bronxitning kuchayishi. Oʻpka tuberkulyozi (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida): keng kazeoz-nekrotik toʻqimalarning shikastlanishi, yalligʻlanishning aniq oʻziga xos boʻlmagan komponenti, mikobakteriyalarning rifampitsingga chidamliligi yoki rifampitsinning yomon qabul qilinishi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa ftorxinolonlarga ham), homiladorlik, laktatsiya, 18 yoshgacha (skeletning shakllanishi va oʻsishi davrida).

Ehtiyotkorlik bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miya aterosklerozi, epilepsiya va epileptik sindromli markaziy nerv sistemasining boshqa kasalliklari , QT oraligʻining uzayishi, gipokaliemiya, IA sinf antiaritmik dorilarni (xinidin, prokainamid) va III sinfni (amiodaron, sotalol) bir vaqtda qoʻllash.

Dozalash rejimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichishga (ovqatlanishdan qatʼiy nazar koʻp suyuqlik bilan ichish kerak), kuniga 1 marta. Davolashning dozasi va davomiyligi kasallikning ogʻirligiga va patogenning sezgirligiga bogʻliq. Ayollarda ichak tayoqchasi tufayli asoratlanmagan sistit : 3 kun davomida kuniga 400 mg. Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis yoki Staphylococcus saprophyticus tufayli asoratlanmagan sistit : 10 kun davomida kuniga 400 mg. Siydik chiqarish yoʻllarining murakkab infeksiyalari: 14 kun davomida kuniga 400 mg. Surunkali bronxitning kuchayishi: 14 kun davomida kuniga 400 mg. Siydik chiqarish yoʻllari infektsiyalarini oldini olish : transrektal prostata biopsiyasi bilan – protseduradan 1-6 soat oldin bir marta 400 mg; transuretral jarrohlik – operatsiyadan 2-6 soat oldin bir marta 400 mg. Sil kasalligi: 400 mg/kun, 14-28 kun yoki undan koʻp. CC 30 ml/min dan kam boʻlgan va gemodializdagi bemorlarda boshlangʻich doza kuniga 400 mg ni tashkil qiladi, keyin esa kuniga 200 mg gacha kamayadi.

Nojoʻya taʼsirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dozani oshirib yuborish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davolash: qusishni qoʻzgʻatish yoki oshqozonni yuvish, adekvat gidratatsiya, simptomatik davolash. Dozani oshirib yuborishda gemo- va peritoneal dializ samarasiz (3% dan kamrogʻi chiqariladi).

Maxsus koʻrsatmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jigar sirozida dozalash rejimini korreksiyalash talab qilinmaydi (buyrak funksiyasi normal boʻlganda). Davolash davrida quyosh nuri uzoq vaqt taʼsir qilishidan va sunʼiy ultrabinafsha nurlanishidan foydalanishdan qochish kerak (kechqurun qabul qilish ultrabinafsha nurlanishiga reaksiya havfini kamaytiradi). Fotosensibilizatsiyaning birinchi belgilarida (teri sezgirligining oshishi, kuyish, giperemiya, shish, pufakshalar paydo boʻlishi, toshma, qichishish, dermatit) yoki yuqori sezuvchanlik, neyrotoksiklik namoyon boʻlishi (qoʻzgʻalish, konvulsiyalar, titroqlar, fotofobiya, hushning buzilishi, toksik psixozlar, gallyutsinatsiyalar) da davolash toʻxtatiladi. Davolash davrida transport vositalarini haydash va boshqa diqqatni jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini oshirishni talab qiladigan potentsial havfli ishlarni bajarishda ehtiyot boʻlish kerak.

Oʻzaro taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Izoniazidning farmakokinetikasiga taʼsir qilmaydi. Teofillin, kofein bilan oʻzaro taʼsir qilmaydi. Ogʻiz orqali antikoagulyantlarning faolligini oshiradi va NYaQVning toksikligini oshiradi. Lomefloksatsinni qabul qilishdan 4 soat oldin va keyin 2 soat ichida antasidlar va sukralfat qabul qilinmasligi kerak (ular bilan xelat hosil qiladi, bu uning biomavjudligini pasaytiradi). Sil bilan ogʻrigan bemorlarni davolashda lomefloksatsin izoniazid, pirazinamid, streptomitsin va etambutol bilan birgalikda qoʻllanadi (rifampitsin bilan kombinatsiyalash tavsiya etilmaydi – antagonizm mavjud). Kanalcha sekretsiyasini bloklaydigan dorilar lomefloksatsinning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi. Penitsillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, ko-trimoksazol, metronidazol bilan oʻzaro qarshilik yoʻq. Mineral qoʻshimchalari boʻlgan vitaminlar lomefloksatsinni qoʻllashdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qoʻllanilishi kerak.

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“ (html).