Kontent qismiga oʻtish

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Mamlakat: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Taʼsis etilgan sanasi: 1991-yil (Xalq taʼlimi vaziri sifatida)

2023-yil 1-yanvar

Amaldagi shaxs: Hilola Umarova
Rahbarlik qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Qarorgohi: Toshkent shahri
Vakolat muddati: belgilanmagan
Sayt: uzedu.uz/y3/leaders/index

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga rahbarlik qiladi. 1991-yilda Xalq taʼlimi vaziri lavozimi sifatida taʼsis etilgan. 2023-yil 1-yanvardan Xalq taʼlimi vazirligi negizida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tuzilgach, lavozim taʼsis etilgan[1]. Amaldagi vazir – Hilola Umarova[2].

  • Oʻzbekistondagi maktabgacha va maktab taʼlimiga oid yagona davlat siyosatini yuritish
  • Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini oʻquv-tarbiya jarayoniga joriy etish ishlariga rahbarlik qilish
# F. I. Sh Boshlanish Tugashi Muddat Lavozimi
1 Joʻra Yoʻldoshev 22.07.1991 11.08.2000 9 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
2 Risboy Joʻrayev 11.08.2000 7.05.2004 3 yil 8 oy Xalq taʼlimi vaziri
3 Turobjon Joʻrayev 7.05.2004 26.03.2008 3 yil 10 oy Xalq taʼlimi vaziri
4 Gʻayrat Shoumarov 28.04.2008 26.02.2010 1 yil 9 oy Xalq taʼlimi vaziri
5 Avazjon Marahimov 2.03.2010 30.06.2011 1 yil 3oy Xalq taʼlimi vaziri
6 Temur Shirinov 4.07.2011 7.02.2013 1 yil 7oy Xalq taʼlimi vaziri
7 Ulugʻbek Inoyatov 7.02.2013 20.06.2018 5 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
8 Sherzod Shermatov 20.06.2018 17.11.2021 3 yil 4 oy Xalq taʼlimi vaziri
9 Baxtiyor Saidov 17.11.2021 30.12.2022 1 yil 1 oy Xalq taʼlimi vaziri
10 Hilola Umarova 30.12.2022 hozirgacha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri[3]
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. „Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“. Lex.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
  2. „Раҳбарият“. uzedu.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
  3. „O‘zbekistonning barcha xalq ta’limi vazirlari — bitta suratda“. Daryo.uz. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.