Kontent qismiga oʻtish

Mir Sayyid Ali Hamadoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mir Sayyid Ali Hamadoniy
میر سید علی همدانی
Tavalludi tax. milodiy 1312-yil (hijriy 712-yil)
Vafoti tax. milodiy 1384-yil (hijriy 786-yil)
Xatlon, Temuriylar imperiyasi
Fuqaroligi Eron

Mir Sayyid Ali Hamadoniy (forscha: میر سید علی همدانی ; tax. 1312–1384) – fors olimi, shoiri va Kubroviyya tariqatidagi soʻfiy avliyo. U Eronning Hamadon shahrida tugʻilgan va soʻfiylik bilan shugʻullangani uchun Markaziy Osiyo va Kashmirda islomni targʻib qilgan. Olim Kashmirda vafot etgan va 1384-yilda 71-72 yoshlarida Tojikistonning Xatlonida dafn etilgan. Hamadoniy hayoti davomida Shohi Hamadon („Hamadon shohi“), Amiri Kabir („Buyuk qoʻmondon“) va Ali Soniy („ikkinchi Ali“) kabi sifatlar bilan ulugʻlangan[1].

Hayotning ilk davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sayyid“ unvoni uning paygʻambar Muhammadning avlodi boʻlganligini, ehtimol uning oilasining har ikki tomonidan (ham ota, ham ona tarafdan) boʻlganligini koʻrsatadi[2][3].

Hamadoniy oʻzining ilk yillarini Eronning Semnon shahrida boʻlgan mashhur Kubroviy avliyo Alauddavla Semnoniy huzurida oʻtkazgan. Ustozining Ibn Arabiyning "Vahdatul-vujud" („vujud birligi“) talqiniga qarshi boʻlishiga qaramay, Hamadoniy ushbu taʼlimotni yoqlovchi "Risolayi vujudiya" risolasini hamda Ibn Arabiyning "Komil inson" gʻoyasini aks ettiruvchi "Fusus al-Hikam" asariga ikkita sharh yozgan. Hamadoniy Ibn-Arabiy falsafasini Janubiy Osiyoga tanitgan[4].

Sayyid Ali Hamadoniy koʻp sayohat qilgan va dunyoning turli burchaklarida, xususan Afg‘oniston, Oʻzbekiston, Xitoy, Suriya, Kashmir va Turkiston kabi oʻlkalarda islom dinini targʻib qilgan[5][6].

Tojikistonning Koʻlob shahridagi Mir Sayyid Ali Hamadoniy maqbarasi

Sayyid Alining uchinchi safariga 1383-yilda Amir Temurning Iroqni egallab, Forsga uchinchi marta bostirib kirishi va oʻsha davrga qadar mahalliy ishlarda muhim rol oʻynagan Hamadondagi alaviy sayyidlarini yoʻq qilishga qaror qilgani sabab boʻladi. Shu sababli Sayyid Ali 700 nafar sayyid bilan Hamadonni tark etib, Temur gʻazabidan omon qolish umidida Kashmir tomon yoʻl oladi. Hamadoniy allaqachon u yerga ikki izdoshini: Sayid Tojiddin Semnoniy va Mir Sayid Hasan Semnoniyni vaziyatni tahlil qilish uchun yuborgan edi. Kashmir hukmdori Shibuʼddin Mir Sayid Hasan Semnoniyning muridi edi va shuning uchun Hamadoniyni Kashmirda podshoh va uning vorisi Qutubiddin kutib oladi. Oʻsha paytda Kashmir hukmdori Dehli sultoni Feruzshoh Tugʻloq bilan urushayotgan edi, ammo Hamadoniy ular oʻrtasidagi tinchlikka vositachilik qiladi. Hamdoniy Kashmirda olti oy turgan. Sharofiddin Abdulrahmon Bulbulshohdan keyin u Kashmirga tashrif buyurgan ikkinchi mashhur musulmon edi. Hamadoniy Makkaga borib, keyin 1379/80-yillarda Qutubiddin davrida Kashmirga qaytib, 1381/82-yillarda Ladax orqali Turkistonga qaytgunga qadar Kashmirda islomni yoyishda bir yil ishlydi. 1383/84-yillarda uzoqroq qolish niyatida uchinchi marta Kashmirga boradi, biroq kasallik tufayli ertaroq qaytishga majbur boʻldi. Hamadoniy Markaziy Osiyoga qaytayotganda Pokistonning shimoli-gʻarbidagi Mansehra shahri yaqinida vafot etadi[7]. Jasadini shogirdlari ziyoratgohi joylashgan Tojikistonning Koʻlob shahriga olib ketishadi[4].

Hamadoniy Kashmirda islom dini taʼsirini yoyish uchun harakat qila boshlagan. U Erondan Kashmirga turli hunarmandchilik va sanoatni olib kelgan deb hisoblanadi. Olim oʻzi bilan mamlakatga 700 ta Sayyid olib kelgani aytiladi[8][4][9]. Kashmirdagi toʻqimachilik sanoatining oʻsishi uning ipakka boʻlgan talabini oshirdi, bu esa oʻz navbatida Kashmir musulmon guruhlari Ladaxga joylashishiga[10][11], zarbchilik va yozish kabi hunarmandchilikni oʻzlari bilan olib kelishiga taʼsir koʻrsatadi[12].

Hamadoniy siyosat, davlat boshqaruvi va ijtimoiy xulq-atvorga oid "Zaxirat ul-muluk"[13][14] deb atalgan kitob yozgan.

Bitta qoʻlyozma (Razo kutubxonasi, Rampur, 764; 929/1523 da koʻchirilgan) Hamadoniyning oʻn bir asarini oʻz ichiga oladi (uning silsilasi Nav’i Xabushoniyga boradi; qoʻlyozmada u bilan bogʻliq ikkita hujjat mavjud)[15].

  • Nuriya risolasi tafakkur risolasi;
  • "Maktubot isolasi" Hamadoniyning maktublari toʻplami;
  • Dur Mu’rifati va siroti inson, insonning jismonan va axloqiy xususiyatlari haqida soʻz boradi.
  • Dur Haqoiki Tavba, tavbaning tabiati bilan bogʻliq;
  • Hallil Nususi allal Fusus, Ibn Arabiyning "Fusus-ul-hikam" asariga sharh;
  • Sharhi qasida Xamriya Fariziya, Umar ibn ul-Forizning (hijriy 786 (milodiy 1385-yilda vafot etgan) sharob qasidasiga sharh;
  • Risolat ul-Istalahot, tasavvufiy atama va iboralar haqida risola;
  • Ilmul qiyofa yoki risola-i qiyofa fiziognomiyaga oid inshodir. Buning nusxasi AQSh Milliy Tibbiyot kutubxonasida mavjud.
  • Dah Qoida tafakkur hayotining oʻnta qoidasi haqida;
  • Kitob ul-Mavda Fil Qurba qarindoshlar oʻrtasida mehr-muhabbatga oid anʼanalarni toʻplagan;
  • Kitob us-Sab’ina Fi Fadhaʼil Amiril Moʻminin, Alining yetmishta fazilati haqida;
  • Arbaʼina Amiriya – insonning kelajak hayotiga oid qirq anʼana;
  • Ravzt ul-Firdavs soʻfiylik boʻyicha "Manazil us-Solihin" nomli kattaroq asardan parcha;
  • "Avrod-ul-fotiha"da Allohning birligi va Uning sifatlari haqida tushuncha berilgan;
  • Chil Asror (Qirq sir) – Alloh va Muhammadni madh etuvchi qirqta sheʼrlar toʻplam;.
  • "Zaxirat ul-muluk" siyosiy axloq va yaxshi davlat qoidalariga oid risola.

Sayid Abdurrahmon Hamdoniy oʻzining "Salari ajjam" kitobida Sayyid Ali Hamadoniy qalamiga mansub 68 kitob va 23 risolani sanab oʻtgan[16].

  1. Sir Walter Roper Lawrence. The Valley of Kashmir. Asian Educational Services, 2005 — 292-bet. ISBN 978-81-206-1630-1. 
  2. „HAMADĀNI, SAYYED ʿALI – Encyclopaedia Iranica“. www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2018-yil 7-dekabr.
  3. Usmoniylar davlatida „Xonadon ahli“ uchun beriladigan soliq imtiyozlari koʻp odamlarni nasl guvohnomalarini sotib olishga yoki nasabnoma tuzishga undagan. Teseyyüd fenomeni – Zodagon ajdodlarni soxlashtirishni ragʻbatlantirish – etnik, sinf va diniy chegaralarda tarqalgan. 17-asrda Usmonli byurokrati 300 000 firibgar borligini hisoblagan. 18-asrda Anadoluda deyarli barcha yuqori tabaqali shahar aholisi Muhammaddan kelib chiqqanligini daʼvo qilgan
  4. 4,0 4,1 4,2 Rafiabadi, Hamid Naseem. World Religions and Islam: A Critical Study, Part 2. Sarup & Sons, 2003 — 97–105-bet. ISBN 9788176254144. 
  5. Stellrecht, Irmtraud. The Past in the Present: Horizons of Remembering in the Pakistan. Rüdiger Koppe, 1997. ISBN 978-38-96451-52-1. 
  6. Barzegar, Karim Najafi. Intellectual movements during Timuri and Safavid period: 1500–1700 A.D.. Delhi: Indian Bibliographies Bureau, 2005. ISBN 978-81-85004-66-2. 
  7. S. Manzoor Ali, „Kashmir and early Sufism“ Rawalpindi: Sandler Press, 1979.
  8. Rafiabadi, Hamid Naseem. Saints and Saviours of Islam (en). Sarup & Sons, 2005 — 255-bet. ISBN 978-81-7625-555-4. 
  9. Rafiabadi, Hamid Naseem. World Religions and Islam: A Critical Study (en). Sarup & Sons, 2003 — 1–102-bet. ISBN 978-81-7625-414-4. 
  10. Shah-e-Hamadan: Commemorative Volume (en). Institute of Kashmir Studies, 1988 — 180-bet. 
  11. Bora, Nirmala. Ladakh: Society and Economy (en). Anamika Publishers & Distributors, 2004 — 73-bet. ISBN 978-81-7975-012-4. 
  12. Fewkes, Jacqueline H.. Trade and Contemporary Society Along the Silk Road: An Ethno-history of Ladakh, Routledge Contemporary Asia. Routledge, 2008 — 44–45-bet. ISBN 9781135973094. 
  13. Kaw, M. K.. Kashmir and Its People: Studies in the Evolution of Kashmiri Society. A.P.H. Publishing Corporation, 2004. ISBN 9788176485371. Qaraldi: 2015-yil 7-iyul. 
  14. Farooq, M. Umar „5“, . Mir Sayyid Ali Hamadan's Dhakiratul Muluk An Annotation and Translation. Srinagar: Shah-i-Hamadan Institute of Islamic Studies, 2009 — 240–242-bet. 
  15. Deweese, Devin „Two Narratives on Najm al-Din Kubra and Radi al-Din Lala from a Thirteenth-Century Source: Notes on a Manuscript in the Raza Library, Rampur“, . Reason and Inspiration in Islam: Essays in Honour of Hermann Landolt Lawson: . I.B. Tauris, 2005 — 298–339-bet. ISBN 9780857716224. 
  16. „Shah Hamdan History-SHAH-E-HAMDAN AMERICAN FOUNDATION FOR EDUCATION“. shaffe.org.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Jon Renard 2005: Tasavvufning tarixiy lugʻati (Dinlar, falsafalar va harakatlar tarixiy lugʻatlari, 58), ISBN 0810853426