Kontent qismiga oʻtish

Muhsin ibn Ali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhsin ibn Ali
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Ota-onasi

Muhsin ibn Ali (arabcha: مُحْسِن ٱبْن عَلِيّ, shuningdek, Mohsin deb ham ataladi) – Fotima binti Muhammad va Ali ibn Abu Tolibning kenja oʻgʻli, Islom paygʻambari Muhammadning nabirasi. Husayn va Hasan ibn Alining ukasi. Muhsinning taqdiri bilan bogʻliq bahs-munozaralar mavjud boʻlib, baʼzi kanonik shia manbalari uning xalifa Umar boshchiligida uyiga qilingan bosqindan keyin vafot etgani haqida xabar beradi[1]. Shu bilan bir qatorda, sunniylar Muhsin goʻdakligida tabiiy sabablar tufayli vafot etgan deb hisoblashadi[2].

Muhsin soʻzi arabcha tildan olingan boʻlib, „xayrli“[3], „xayr-ehson qiluvchi“[4] yoki „yordamchi“ maʼnolarini bildiradi.

Milodiy 632-yilda (hijriy 11-yil) paygʻambar Muhammad vafot etganidan soʻng, ansorlar (Madinaning tub aholisi) musulmon jamiyati oʻzaro yangi rahbar tayinlash uchun Saqifaga yigʻilishdi[5]. Germaniyalik olim Madelung tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, bu uchrashuvda muhojirlar (Makkadan kelgan muhojirlar) ishtirok etmagan. Ansorlar ularni Muhammadning oʻlimidan keyin oʻz shahri Makkaga qaytib ketadi deb ishongan va oʻz shaharlari Madina ustidan nazoratini tiklash uchun toʻplanishgan[6].

Muhammadning sahobalari Abu Bakr va Umar bu voqeadan xabar topib, shoshilinch ravishda yigʻilishgan[7]. Qizgʻin yigʻilishdan soʻng, Saqifada yigʻilganlar Abu Bakrni jamiyatning yangi boshligʻi sifatida kelishib olishgan[6].

Saqifa voqeasi Muhammadni dafn etishga hozirlik koʻrayotgan oilasi va koʻpchilik muhojirlarni chetlab oʻtgani aytiladi[6]. Arab tarixchisi al-Balozuriy (vafoti: 892) tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, yangi rahbar sifatida Abu Bakrning tayinlanishiga boʻlgan norozilik sabab Banu Hoshim va bir necha sahobalar Fotimaning uyiga toʻplanishgan[1]. Madelung bergan manbalarga koʻra, ular orasida Muhammadning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib va uning hamrohi Zubayr ibn Avvom ham bor edi[6]. Norozi tomonlar, jumladan, Fotima ham eri Alini Muhammadning qonuniy vorisi[2] deb hisoblagan[8]. Katta ehtimol bilan Muhammadning Gʻadir Xum yigʻilishida aynan Alini oʻzidan keyin jamoatni boshqarishi uchun tayinlagani bois ham noroziliklar ortgan. Shuningdek, xalifa Ali ham ushbu vaziyatni Abu Bakrga tushuntirgan deb hisoblaniladi[9].

Aliga qarshi tahdidlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumotlarga koʻra, Saqifa ishidan keyin Abu Bakr ittifoqchisi Umarga Ali bay’ati bilan shugʻullanishni buyurgan[7]. Sunniy olimi at-Tabariy (vafoti: 923) taʼkidlaganidek[6], Umar qurolli olomonni Alining qarorgohiga olib borib, agar Ali va uning tarafdorlari Abu Bakrga bay’at bermasalar, uyga oʻt qoʻyish bilan tahdid qilgan[10]. Koʻp oʻtmay, voqea shiddat bilan avj olgan va Zubayr ibn Avvom qurolsizlantirilgan holda olib ketilgan[6]. Ammo „Al-Imoma va al-siyasa“ asarida xabar qilinganidek[1], Fotimaning iltijolaridan soʻng, olomon Alining bay’atisiz orqaga chekingan[10]. Shu bilan bir qatorda, al-Balozuriy Umarning tahdididan soʻng Ali darhol taslim boʻlib, Abu Bakrga bay’at berganini aytgan[11]. Kanonik „Sahihi Buxoriy“ va „Sahihi Muslim“da keltirilgan rivoyatga koʻra esa Ali Fotimaning vafotidan keyin Abu Bakrga bay’at qilgan[11].

Fotimaning uyiga hujum

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fotimaning uyi, hozirgi Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Al-Masjid an-Nabaviy

Fotimaning uyida boʻlib oʻtgan yuqoridagi janjaldan keyin aynan nima boʻlgani nomaʼlum[6]. Baʼzi shia manbalari, jumladan, „Kitob al-Kafi“ Fotimaning Umar[1] boshchiligidagi bosqin paytida jarohat olganini xabar qilgan[1].

Zoʻravonlik haqidagi daʼvolar sunniy manbalari tomonidan qatʼiyan rad etiladi[7]. Biroq bunday daʼvolar baʼzi sunniy tarixiy manbalarda, jumladan, al-Javhariyning (vafoti: 935[11]) „As-Saqifa va Fadak“ asarida uchraydi. Unda keltirilishicha, Umar va uning odamlari birinchi marta Fotimaning uyiga oʻt qoʻyish bilan tahdid qilgan. Iltimoslarga qaramay, ular uyga kirib, Ali va uning tarafdorlarini uydan chiqarib yuborishgan[11]. „Al-Imoma va as-siyasa“ kitobining qolgan qismida Ali oʻz uyidan kuch bilan chiqarib yuborilgani va unga oʻlim bilan tahdid qilingani tasvirlangan[1]. Muoviya I (h. 661–680) Siffin jangi oldidan Alining zoʻravonlik bilan hibsga olinganiga ishora qilgani maʼlum[12]. Tarixchi at-Tabariy xalifa Abu Bakr oʻlim toʻshagida yotganida Saqifada sodir boʻlgan voqealardan afsusda boʻlganini taʼkidlab[1], garchi itoatsizlik belgisi sifatida eshikni qulflab qoʻygan boʻlsalar ham, hech qachon uni ochishmagan boʻlsalar edi, deya pushaymon boʻlgani haqida yozgan[11].

Zamonaviy qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madelung bergan maʼlumotlarga koʻra, Ali va uning tarafdorlariga nisbatan kuch ishlatilganligi noaniq. Shunga qaramay, tarixchi Fotimaning uyi tintuv qilinganiga oid dalillar (sunniy manbalarda) borligini qayd etgan. Madelungning yozishicha, Ali keyinchalik oʻzining yonida qirq kishi boʻlganida ularga qarshilik koʻrsatgan boʻlardim, deb qayta-qayta aytgan[6]. Shu bilan bir qatorda, tarichi Buehler zoʻravonlik haqidagi daʼvolarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni taklif qilgan, chunki ular oʻsha davrning siyosiy kun tartibini aks ettirishini taʼkidlagan[2]. Bundan farqli oʻlaroq, Veccia Vaglieri shia ayblovlari hatto boʻrttirilgan boʻlsa ham faktlarga asoslangan, degan fikrda[13]. Tarixchi olim Abbosning yozishicha, baʼzi taniqli sunniy manbalarida Umarning bosqinini va Fotimaning ushbu hujumdan olgan jarohatlari eslab oʻtilgan[7].

Sunniy qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayrim sunniy mualliflar Fotimaning Muhsin ismli beshinchi farzandi borligini qayd etishgan[1]. Al-Balozuriy Fotimaning farzandlari orasida Muhsinning goʻdakligida vafot etganini taʼkidlagan[2].

Shia qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi shia manbalari, jumladan, „Kitob al-Kafi“ Fotima Umar[1] boshchiligida uyiga qilingan hujum paytida jarohat olganini xabar beradi[1]. Boshqa koʻpchilik manbalarda, shuningdek, olim Hassan Abbos Fotima uyiga bosqin uyushtirilgan vaqtda oʻgʻliga homilador boʻlganini[1], oʻlimidan oldin otasi Muhammad uning ismini Muhsin deb qoʻyishni aytgani haqida maʼlumot bergan[7].

Fotimaning oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotima hijriy 11-yilda (milodiy 632-yil, otasi Muhammadning oʻlimidan keyin olti oy ichida) vafot etgan[2]. Shia va sunniy manbalariga koʻra, oʻsha paytda Fotima taxminan oʻn sakkiz yoki yigirma yetti yoshda boʻlgan[7]. Sunniylik nazarida Fotima Muhammadning vafotidan keyin chuqur qaygʻudan vafot etgan[13]. Ammo shialikka doir fikrlarga koʻra, Fotimaning Umar bosqini paytida olgan jarohatlari uning tushkunlikka tushib qolishiga va koʻp oʻtmay oʻlimiga sabab boʻlgan[2].

Baʼzi manbalar qisman sunniylarning „Sahih al-Buxoriy“ toʻplamidagi anʼanaga asoslanib, Fotima hech qachon Abu Bakr va Umar bilan yarashmaganligini[6] xabar qiladi[1]. Shuningdek, Madelung tomonidan Abu Bakr va Umarning kechirim soʻrash uchun Fotima oʻlim toʻshagida yotgan vaqtida uni ziyorat qilish uchun borgan deb hisoblaydi[6]. „Al-Imoma va al-siyasa“da[1] keltirilishicha, Fotima ularga Muhammadning „Fotima mening bir qismimdir, kim uni gʻazablantirsa, meni gʻazablantirgan boʻladi“, degan soʻzlarini eslatgan[7]. Oʻlim arafasida turgan Fotima ularning ikkoviga haqiqatan ham uni gʻazablantirganliklarini, tez orada Xudo va paygʻambari Muhammadga ularning ishidan shikoyat qilishini aytgan[7]. Biroq sunniy maʼlumotlariga koʻra, Fotima keyinchalik Abu Bakr va Umar bilan yarashgan, biroq Madelung tomonidan bu maʼlumot Fotimaning gʻazabi keltirib chiqaradigan oqibatlarni bartaraf etish uchun oʻylab topilgan deb taxmin qilingan[6].

Tabariyning taʼkidlashicha, Fotima oʻlim arafasida Abu Bakrning dafn marosimda ishtirok etmasligi xohlagan[7], shu boisdan Ali uning bu iltimosini amalga oshirgan[14]. Vasiyatiga binoan Ali Fotimani tunda yashirincha dafn qilingan[1]. Shu sababdan uning Madinadagi aniq koʻmilgan joyi nomaʼlumligicha qolmoqda[7].

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Khetia 2013.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Buehler 2014.
  3. Boozari 2011.
  4. „Translation and Meaning of محسن in Almaany English Arabic Dictionary“. Almaany.com. Qaraldi: 2019-yil 23-iyun.
  5. Walker 2014.
  6. 6,00 6,01 6,02 6,03 6,04 6,05 6,06 6,07 6,08 6,09 6,10 Madelung 1997.
  7. 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 Abbas 2021.
  8. Amir-Moezzi 2022.
  9. Mavani 2013.
  10. 10,0 10,1 Jafri 1979.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Soufi 1997.
  12. Hazleton 2009.
  13. 13,0 13,1 Veccia Vaglieri 2022a.
  14. Aslan 2011.