Mullo Mir maqbarasi
Mullo Mir maqbarasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Mullo Mir maqbarasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | ziyoratgoh |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Mullo Mir maqbarasi – (Hakim Mullo Mir maqbarasi, Xoki Mullo Mir maqbarasi) – Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Yodgorlik XVI asrda bunyod etilgan[1]. Amir Husayn Mullo Mir maqbarasi boʻlib, yonida xonoqoh ham bunyod etilgan. Xonaqoh XVI asr 90-yillarida Xokimullomir qishlogʻida qurilgan. Amir Husayn Mullo Mir 1597-yilda vafot etgan. Ushbu yil dahma toshiga yozib qoʻyilgan[2]. Mullo Mir maqbarasida marosimlar binosi, xonaqohi joylashgan. Mullo Mir kompelks yaʼni meʼmoriy majmua hisoblanadi. Xonaqoh peshtoq, keng fasad, markazida gumbaz, ravoqdan iborat. Bino tarhi 26 metrni tashkil etadi. Bundan tashqari ziyoratchilar uchun hujralar va ikki qavatli hujralar mavjud. Xonaqo toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlib, asosiy peshtoqning eni burchaklaridagi minoralari bilan birgalikda 20metr, balandligi esa 17 metrdan iborat. Bundan tashqari xonaqoh oldida jamoat xonasi ham mavjud boʻlib, gumbaz bilan qoplangan[3].
Xonaqoh fasad devorlari silliqlangan gʻisht bilan bezatilgan, va ganch qorishma bilan ishlangan. Derazalari spool panjaralar bilan qoplangan va gumbazida toʻrsimon qubbalar mavjud. Mullo Mir Mirxondning nabirasi, Xojagon naqshbandiya tariqatining vakillaridan biri hisoblanadi. XVI asrda Buxoro xonligida tariqat va soʻfizm taʼlimoti rivojlangan va Mullo Mir shu davrda ijod qilgan. U xalq orasida Mir Hazrati Eshon nomi bilan mashhur boʻlib, avliyo sifatida tanilgan[3]. Mullo Mir qabri xonaqohning sharqiy tomonida joylashgan. Xazira ustida tosh boʻlib, Qur’oni Karimdan oyatlar va nasl nasabi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ражабов 2015, s. 49.
- ↑ Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 89.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Бухоро тарихий обидалари географияси 2020, s. 90.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ражабов Қ., Мухамаджонова Л. Ромитан тумани тарихи. Тошкент: „Tafakkur“ нашриёти, 2015 — 64-bet.
- Баҳромов Қ, Шодиева Н. Бухоро тарихий обидалари географияси. Бухоро: Дурдона нашриёти, 2020 — 129-bet.