Nikolay Onoprienko
Nikolay Onoprienko | |
---|---|
Tavalludi |
1911-yil 19-dekabr Rossiya imperiyasi, Ural viloyati, Temir tumani Oʻyil qishlogʻi |
Vafoti |
1979-yil 12-noyabr Orenburg, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Xizmatdagi yillari | 1931-1954 |
Unvoni | Polkovnik |
Mukofotlari |
Nikolay Nikolayevich Onoprienko (1911–1979) – sovet ofitseri, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945) va polkovnik (1944).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Onoprienko 1911-yil 19-dekabrda Oʻyil qishlogʻida (hozirgi Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyati) tugʻilgan.
Yetti yillik maktabni tugatib, avval otasining fermasida, keyin kolxozda ishlagan.
1931-yil iyul oyida Ishchi va dehqon Qizil Armiyasi safiga chaqiriladi. 1932-yilda Oʻrta Osiyo harbiy okrugi (Oʻzbekiston SSR, Termiz) 14-Turkiston togʻli otishmalar polkiga qarashli polk maktabini tamomlagan. Soʻngra, shu polkda otryad komandiri va vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilishni davom ettirgan. 1935-yilda Toshkentdagi V. I. Lenin nomidagi Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy bilim yurtining toʻliq kursiga imtihon topshirgan. 247-piyoda polkida esa vzvod komandiri, rota komandiri yordamchisi, rota komandiri lavozimlarida xizmat qilishni davom ettiradi. 1938-yil dekabr oyida oʻqishga yuborilgan. 1939-yilning iyul oyida „Vystrel“ piyoda ofitserlari uchun Oliy miltiq va taktika malaka oshirish kurslarini tugatgan. Oʻqishni tugatgandan keyin, Oʻrta Osiyo harbiy okrugi 83-Turkiston otishma diviziyasining 45-togʻ otishma polkiga oʻtkazilgan. U yerda razvedka rotasi komandiri, 1939-yil oktyabrdan polk maktabi boshligʻi, 1941-yil avgustdan polk komandirining jangovar ishlari boʻyicha yordamchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Urush tugagandan soʻng, N. N. Onoprienko Sovet Armiyasida xizmat qilishni davom ettiradi. 1947-yil fevral oyida Sovet Qurolli Kuchlarining qisqarishi bilan komandir lavozimiga tayinlangan. 1947-yil noyabr oyidan boshlab Chkalov shahridagi Chkalovskiy (Dzerjinskiy) tumani harbiy komissari[1] boʻlgan. 1954-yil sentyabr oyida polkovnik N. N. Onoprienko zaxiraga oʻtkaziladi.
Nikolay Onoprienko Orenburgda yashab[2], Obldorstroytrestda ishlagan[3]. 1979-yil 12-noyabrda vafot etgan. Orenburgda dafn qilingan[4]. Qarindoshlari ham vafot etgandan soʻng, qahramonning dafn qilingan joyi tashlandiq holatda qoldirilgan. 2014-yilda qayta tiklanib, yangi qabr toshi oʻrnatiladi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramonining „Oltin Yulduz“ medali (29.06.1945)
- Lenin ordeni (29.06.1945)
- uchta Qizil Bayroq ordeni (02.11.1943, 07.13.1943, 06.13.1952)
- 3-darajali Suvorov ordeni (28.04.1944)
- 3-darajali Kutuzov ordeni (16.02.1945)
- Aleksandr Nevskiy ordeni (6.10.1943)
- Qizil yulduz ordeni (30.04.1947)
- „Jasurlik uchun“ medali (20.09.1942)
- Jangovar xizmatlari uchun medali (3.11.1944)
- „Moskva mudofaasi uchun“ medali (1944)
- „Varshavani ozod qilganlik uchun“ medali
- SSSRning boshqa medallari[4]
- Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri (Buyuk Britaniya, 05.10.1944[5])
- Jasurlar xochi (Polsha)
- „Gʻalaba va erkinlik“ medali (Polsha)
- „Odra, Nisa va Boltiqboʻyi uchun“ medali (Polsha)
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qahramon nomi Orenburgdagi Qahramonlar xiyobonidagi granit plitaga oʻyib yozilgan[6].
- Qahramon nomi Orenburg Xotira uyidagi marmar lavhada abadiylashtirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Orenburjsi – Geroi Sovetskogo Soyuza[sayt ishlamaydi].
- ↑ Do 1957 goda gorod Chkalov.
- ↑ Geroi Otechestva. // Vecherniy Orenburg. – 2022. – 14 sentyabrya. – № 68.
- ↑ 4,0 4,1 „Nikolay Onoprienko“ (ru). Герои страны.
- ↑ Kartoteka inostrannix nagrad. // OBD „Pamyat naroda“.
- ↑ Informatsiya na sayte obщestvennogo proekta Privoljskogo federalnogo okruga „Geroi Otechestva“.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. – M.: Voenizdat, 1988. – T. 2 /Lyubov – Yaщuk/. – 863 s. – 100 000 ekz. – ISBN 5-203-00536-2.
- Kollektiv avtorov. Velikaya Otechestvennaya: Komdivi. Voenniy biograficheskiy slovar. Komandiri strelkovix, gornostrelkovix diviziy, krimskix, polyarnix, petrozavodskix diviziy, diviziy rebolskogo napravleniya, istrebitelnix diviziy. (Ibyanskiy – Pechenenko). – M.: Kuchkovo pole, 2015. – T. 4. – S. 1038—1040. – 330 ekz. – ISBN 978-5-9950-0602-2.
- Rossovskiy V. P. Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik. – Chelyabinsk: Yujno-Uralskoe knijnoe izdatelstvo, 1989. – S. 321—322. – 508 s. – ISBN 5-7688-0185-5.
- Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik / V. P. Rossovskiy; red. Ye. A. Urbanovich; res. U. A. Batirov, N. M. Rumyansev. – izd. 2-e, pererab. i dop. – Orenburg: IPK „Yujniy Ural“, 2005. – S. 60—61. – 595 s. – ISBN 5-94461-009-3.
- Moxunov G. A. Geroi Orenburjya. – Izd. 3-e, dop. i pererab. – Orenburg: OGAU, 2016. – 374 s. – ISBN 978-5-88838-982-9.
- Orenburjsi – Geroi Sovetskogo Soyuza: bibliograficheskiy ukazatel / Bibliogr. otd.; sost. N. A. Kuznesova. – 1. – Orenburg: Oblastnaya nauchnaya biblioteka imeni N. K. Krupskoy, 1987. – S. 89—90. – 155 s.
- Aktyubinsi – Geroi Sovetskogo Soyuza. – Alma-Ata, 1966. – S. 39—40.
- Vo imya Rodini. – Izd. 2-e. – Moskva, 1982.
- Geroi Sovetskogo Soyuza – kazaxstansi / pod red. N. Zvereva. – Alma-Ata: Kazaxstan, 1968. – T. 2. – S. 135—136. – 25 600 ekz.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari
- Varshavani ozod qilganlik uchun medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Moskva mudofaasi uchun medali bilan mukofotlanganlar
- “Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan” medali sohiblari
- Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- 1979-yilda vafot etganlar
- 12-noyabrda vafot etganlar
- 1911-yilda tugʻilganlar
- 19-dekabrda tugʻilganlar