Kontent qismiga oʻtish

Obruchev (paroxod, 1852)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Obruchev paroxodi
Obruchev paroxodi (Kazalinsk)
Tarix
Rossiya imperiyasi
Nomi: Obruchev
Qurish boshlangan: 1851
Dengizga tushirilishi: 1852
Xizmatga kirishi: 1853
Xizmatdan chiqishi: 1883
Umumiy tavsif (1852)
Suv sigʻimi: 16 tonna
Uzunligi: 21,34 m
Eni: 2,79 m
Suvga botishi: 0,69 m
Tarkibi: 14 dengiz ofitserlari
Qurol-yarogʻ: 2 ta karronada

Obruchev paroxodi – Rossiya imperiyasining Orol flotiliyasi tarkibiga kiruvchi va Sirdaryodagi harbiy aloqa yoʻlllarni himoya qilish uchun moʻljallangan, metall korpusli ochiq turdagi bugʻli qurolli barkas.

Orol dengizidagi birinchi bugʻli kema, Rossiya imperiyasi dengiz flotining yagona gʻildirakli bugʻli uzun barkasi. Kema Rossiya imperiyasi armiyasi generali V. A. Obruchev sharafiga nomlangan[1] .

Kema ochiq turdagi gʻildirakli, bugʻli, uzun shaklda boʻlib, suv sigʻimi 16 tonnalik parchinlangan metall korpusga ega boʻlgan hamda qurollantirilgan. Barkasning uzunligi 21,34 metr, kengligi 2,79 metr va turli manbalardan olingan maʼlumotlarga koʻra, 0,69 metrdan 0,7 metrgacha choʻzilgan. Kemada quvvati 12 nominal yoki 40 ot kuchiga ega boʻlgan bugʻ dvigateli oʻrnatilgan; harakatlantiruvchi sifatida ikkita bortda eshkak eshish gʻildiragidan foydalanilgan, bugʻ mashinasi uchun yoqilgʻi sifatida oʻtin ishlatilgan. Barkas bugʻ quvuri, taʼminlovchi suv quvuri va tutunli gaz chiqarish quvuri bilan jihozlangan[2][3][4].

Kemaning ruderpostiga bitta muvozanatsiz rul oʻrnatilgan va navigatsiya qurilmalari orasida qoʻlda ishlaydigan lot mavjud boʻlgan. Barkasning tumshuq qismida qoʻlda tushiriladigan va koʻtariladigan admiral langari joylashgan. Shuningdek, tumshuq va quyruq qismlariga bittadan flagshtok oʻrnatilgan. Qutqaruvchi asbob sifatida qutqarish ballon va kamarlardan foydalanilgan[2].

Ovoz va yorugʻlik signallarini taʼminlash uchun barkasda bugʻli hushtak va 4 ta signalli-farqlovchi chiroqlar (bosh, yashil bortli, qizil bortli va quyruq) oʻrnatildi. Barkas ikkita 6 funtli mis karronada[C 1] bilan qurollangan va ekipaji 14 kishidan iborat boʻlgan[2][3].

Xizmat tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1851-yilda Shvetsiyadagi Korlsund zavodida [C 2] „Obruchev“ bugʻli barkasi ishlab chiqarilgan. Keyingi yili demontaj qilingan holda Perovskiy paroxodi bilan birgalikda Orenburg orqali Raim istehkomiga yetkazilgan[3]. 1853-yil bahorida bugʻ kemalarini yigʻish tugallanib, ular ishga tushirilgan va Aleksey Ivanovich Butakov qoʻmondonligi ostidagi Orol flotiliyasi tarkibiga kiritiladi[5][6]. Shunday qilib, Sirdaryo boʻylab kemachilik ochilgan. Daryo boʻyida oʻsadigan saksovuldan yoqilgʻi sifatida foydalanilgan[7]. Ikkala kema ham sayoz botishga ega boʻlgan, shuning tufayli dengizga chiqish uchun suriladigan pushtaglardan foydalanish rejalashtirilgan[8][9].

Barkas „Perovskiy“ paroxodi bilan birgalikda Oqmachit qal’asiga hujumda qatnashgan. Barkas komandiri leytenant X. P. Erdeli, hujum paytida dengiz desant kuchlarini boshqargan va jangdagi jasorati uchunuchun 4-darajali Avliyo Georgiy ordeni bilan taqdirlangan [10] .

1859-yilda „Obruchev“ Qoʻngʻirot yaqinidagi harbiy harakatlarda qatnashadi, shundan soʻng kema flotiliya qoʻmondoni bilan Amudaryo deltasiga qaytib suzib ketgan va u yerda daryoning Nukusgacha boʻlgan xaritasini tuzishda foydalanilgan, shu bilan birga kema ushbu Xiva xonligi qal’asi yonidan ikki marta suzib oʻtadi[11].

1864—1868-yillarda Qoʻqon va Buxoro xonliklariga qarshi olib borilgan jangovar harakatlarda „Perovskiy“ paroxodi va „Obruchev“ barkasi harbiy yuk tashishni amalga oshirishgan. Har ikki kema ham 1873-yilgi Xiva yurishida qatnashgan[10]. 1876-yilda Sirdaryo boʻylab kema safarini amalga oshirgan[12].

1879 va 1880-yillardagi yurishlarda kema Kazalinsk shahri yaqinida joylashgan, shuningdek, Eshon irmogʻi orqali Amudaryoga yangi oʻtish yoʻlini tadqiq qilishda foydalanilgan[12].

1883-yilda „Obruchev“ bugʻli barkasi flot kemalari roʻyxatidan chiqarilgan[3].

Kema komandirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli vaqtlarda quyidagi kishilar „Obruchev“ bugʻli barkasining komandiri boʻlib xizmat qilgan:

"Obruchev" kemasi Annamuhamed Klichevning „Kugitanskaya tragediya“[14] asarida uchraydi, yana kemaning fotosurati ham saqlanib qolgan.

  1. Kalibri 76,2 mm.
  2. Yoki „Karlzund“
  1. „Обручев Владимир Афанасьевич (1793—1866)“ (ru). kraeved.opck.org. 2013-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Паровой баркас «Обручев»“ (ru). russrivership.ru. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Широкорад 2007.
  4. Веселаго 1872.
  5. „Господство на Аральском море“ (ru). e-reading-lib.com. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.[sayt ishlamaydi]
  6. Р. Н. Рахимов. „Отдельный оренбургский корпус“ (ru). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  7. „История службы ВОСО Военно-Морского Флота“ (ru). Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  8. „Аральская флотилия. 1847—1883 гг.“ (ru). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  9. „Аральская флотилия 1847—1883 гг.“ (ru). 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  10. 10,0 10,1 „Материалы по Аральской флотилии“ (ru). 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  11. „Корабли посреди пустыни“ (ru). ВПК. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Веселаго XIII 2013.
  13. 13,0 13,1 Корабельный состав Аральской военной флотилии 2012.
  14. Кугитанская трагедия 1972.