Kontent qismiga oʻtish

Oqtumshuq burni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oqtumshuq burni - Orol dengizining gʻarbiy sohilida, Ustyurt platosining sharqida joylashgan burun. Oqtumshuq koʻtarilmalar zonasi Kassarma antiklinalining eng baland joyida tektonik, denudatsion va abrazion jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Yuqori boʻr va eotsenning kulrang, oqsariq ohaktosh va gillaridan tashkil topgan. Dengizga ancha kirib borib, dengiz suvi yuzasidan tik koʻtarilgan. Yon bagʻirlarida surilma izlari saqlangan. Yuzasida jarliklar va karst boʻshliklari bor. Iklimi keskin kontinental. Yilning oʻrtacha temperaturasi 9,2°, yanvarniki —8, iyulniki 26°. Yillik yogʻin miqdori 100–122 mm. Tuprogʻi surqoʻngʻir, oʻsimligi siyrak; shuvoq, qirqboʻgʻin, kavrak va boshqa oʻsimliklar oʻsadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil